Adabiy tanqidda vulgar- sostiologizm


Download 64.18 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi64.18 Kb.
#1513467
1   2
Bog'liq
Adabiy tanqidda vulgar- sostiologizm

Adabiy tanqid haqida.

  • Adabiy tanqid adabiyotshunoslik ilmining adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi sohalari qatoridagi muhim tarkibiy qismi sanaladi. Biroq bu fikrga hamma ham qo‘shilavermaydi: ayrim mutaxassislar uni adabiy-badiiy ijodning bir ko‘rinishi deb hisoblasalar, boshqa birlari ko‘proq publitsistikaga mansub etadilar. Tan olish kerakki, qarashlarda bunday turlichalik bo‘lishiga muayyan asoslar ham yo‘q emas. Bu narsa, avvalo, adabiy tanqidning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Mazkur o‘ziga xoslik shundaki, adabiy tanqid adabiyotshunoslik ilmi, adabiy-badiiy ijod va publitsistikaga xos xususiyatlarni o‘zida mujassam etadi. Shunga qaramasdan, adabiy tanqidni adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi sifatida tushunilgani to‘g‘riroq bo‘ladi va quyida biz shu xil qarashni asoslashga harakat qilamiz.
  • Inqilobdan keyingi dastlabki yillardayoq «yangi madaniyat, yangi adabiyot qanday bo‘lishi kerak?» tarzidagi savollar o‘rtaga qo‘yilgan edi. 20-yillarning o‘rtalaridan, xususan, 1925 yil qaroridan so‘ng bu masala «proletar madaniyati», «proletar adabiyoti» shakllarida yana diqqat markaziga chiqdi. Shunisi e’tiborliki, bu masalada ham qarashlar turlichaligi, ko‘pincha, bir-biriga zidligi kuzatiladi. Jumladan, shoir Oltoy o‘zining «Yer yulduzlari» she’riy to‘plamiga yozgan so‘ng so‘zida inqilob «inqilobiy adabiyot tug‘dirgan»ini ta’kidlarkan, «kuchli inqilobiy ruh bilan sug‘orilgan yosh adabiyotchilarning hammasi «proletar adabiyotining xizmatchilari» otini olish haqiga butunlay muvaffaq bo‘la olmagan bo‘lsalar ham, oralarida shunga intiluvchilar yo‘q emas» deb yozadi. Oltoy bu fikrini keyincha aniqroq qilib ta’kidlaydi: «Hali bizda aytishga loyiq proletar adabiyoti yo‘q, endi tuzilib boradi...» Aslida, Oltoyning bu fikrlari 1925 yil qaroridagi proletariat «o‘zining badiiy adabiyotini, o‘ziga maxsus badiiy shakl va uslubni ishlab chiqolmadi» degan fikrga monand edi. Biroq, bunga zid qarashlar ham mavjud edi. Masalan, Sotti Husayn fikricha, «Hozir bizda o‘zbek proletar adabiyoti va uning vakillari bor.
  • Buni inkor qilish proletar mavzuidagi milliy madaniyatni inkor qilish bo‘ladi». Qizig‘i shundaki, S.Husayn bu xulosasining dalili sifatida «Ittifoq proletar yozuvchilari
  • qurultoyi chor davrida mustamlaka bo‘lgan joylarda ham proletar adabiyoti bor» deganini keltiradi. Holbuki, ilgariroq shu maqolaning o‘zida u «Proletariat hokimiyatga chiqishi bilan o‘z vaqtida madaniy-maorif ishi bilan shug‘ullanishi lozim. Shu yo‘sinda san’at va adabiyotni ham qaytadan qurg‘usidir...» deb yozadi. Diqqat qilinsa, S.Husaynning fikrlaridan sho‘ro davrida odatga aylangan «bajaramiz»chilik isi keladi: munaqqid endigina yaratishga kirishilgan («qaytadan qurg‘usidir» - ya’ni, endi quradi, qurayapti —B.R.) narsani «bor!» deb raport beriladi go‘yo. Munaqqidning fikricha, proletar adabiyoti sanalishi uchun «proletariatning sinfiy maqsadlarini o‘z oldiga qo‘ymoq» shart qilinadi.
  • Proletar adabiyotini yaratish va rivojlantirish maqsadlari bilan tuzilgan TAPP(1924), UzAPP(1930) tashkilotlarining faoliyati adabiyot jabhasidagi g‘oyaviy kurashlarni keskinlashtirgan omillardan biri bo‘ldi. Bu tashkilotlar qarorda aytilgan «proletar yozuvchilarning gegemonlik qilish huquqi»ga ega bo‘lish yo‘lidagi sa’y harakatlarida qator bir yoqlamaliklarga yo‘l qo‘ydilar. Bu narsa, ayniqsa, adabiy merosga munosabat masalasida yaqqol ko‘rindi. Bu tashkilotlarning ayrim vakillari proletkultchilar ta’sirida bo‘lib, o‘tmish adabiy merosi yangi jamiyatda nokerak, uning an’analari proletar adabiyoti uchun asos bo‘lolmaydi qabilidagi xato fikrlarni oldinga surdilar. Masalan, Yunus Latif adabiyotimizning «oltin davri» bo‘lmish XV asr adabiyotini «saroy adabiyoti», bu davrda ijod qilgan so‘z san’atkorlarini «feodal sinfining kuychilari» deb ataydi. Munaqqid «eski adabiyotimizning shakllari XX asrda qo‘llanishga yaroqsiz» deya hukm chiqararkan, bunga klassik adabiyotning «vazn, ohang, shaklda arab-fors adabiyoti ta’sirida qolgani»ni asos qilib oladi. Albatta, davr ruhi, mavzular ko‘lami adabiyotda vazn, ohang, shakl bobida muayyan yangilanishni taqozo etardi, biroq bu yangiliklar bilan an’analar orasidagi aloqaning, yangilik asosida har vaqt an’ana yotishining inkor qilingani metodologik jihatdan mutlaqo noto‘g‘ri edi. Yosh leninchi.-1928.-6 aprel.

Download 64.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling