Adabiy til deb nimaga aytiladi? Milliy tilning adabiy tildan farqi nimada?
Download 14.37 Kb.
|
1-ma'ruza yuzasidan topshiriq
Adabiy til deb nimaga aytiladi? Milliy tilning adabiy tildan farqi nimada? O’zbek xalqi tarixiga mansub bo’lgan adabiy nutq me’yoriga rioya qilib yozilgan yozma yodgorliklardan qaysilarini bilasiz? O’zbek tili tarixini qanday asosiy taraqqiyot bosqichlariga ajratish mumkin? Hozirgi o’zbek adabiy tilini qanday tarixiy ildizlari bo’lgan? Hozirgi o’zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til undoshlari tizimining asosiy farqi nimada? 1. Tarixan tarkib topgan, qat’iy me’yorlarga bo’ysunuvchi, so’zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat’iy nazar barchasi uchun umumiy bo’lgan til adabiy til sanaladi. Adabiy til yozma va og’zaki shakllarga ega bo’ladi. Harflar vositasida yozma ravishda bayon qilinuvchi adabiy til shakliga yozma adabiy til deyiladi. Tovushlar vositasida og’zaki ravishda bayon qilinuvchi adabiy til shakliga og’zaki adabiy til deyiladi. 2. Qayerda yashashidan qat’iy nazar o’zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy o’zbek tili deb yuritiladi. Milliy til o’z tarkibiga sheva, so’zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so’kish, qarg’ish so’zlari), varvarizm (tilda o’rinsiz ishlatilgan chet so’zlar) kabi guruh so’zlarni qamrab oladi. Milliy tilning ma’lum qoidalarga bo’ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til hisoblanadi. 3. O’zbek tili turkiy tillar turkumiga kiruvchi tillardan biridir. O’zbek (turkiy) tilda yozilgan dastlabki yozma yodgorliklar VI-VII asrlarga tegishli bo’lib, umumturk adabiy tili sifatida shakllandi. O’rxun-Enasoy yodgorliklari (VI-VII asrlar), Mahmud Koshg’ariyning “Devonu-lug’otit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarlari shu tilda yaratilgan. 4. O’zbek tili hozirgi ko’rinishga kelguncha juda katta tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tgan. 1) Qadimgi turkiy til miloddan avvalgi davrlardan X asrgacha qo’llangan. 2) Eski turkiy til XI-XII asrlarda amalda qo’llangan. 3) Eski o’zbek adabiy tili XII-XIII asrlardan XX asr boshlarigacha qo’llangan. 4) Hozirgi o’zbek adabiy tili XX asr boshlaridan hozirgi kungacha qo’llanilmoqda. 5. Turkiy tillar qadimda mo’g’ul va tungus-manjur tillari bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik oltoy tili tarmoqlanib ketgan. Afsuski, bu davrdan xabar beruvchi yozma yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan, lekin qadimgi turkiy til davriga oid bir qancha yozma manbalarga egamiz. O’rxun-Enasoy, uyg’ur (qisman moniy), sug’d yozuvlari shular jumlasidandir. Mazkur yozuvlar hozirgi turkiy tillarning barchasi uchun umumiy sanaladi. 6. Qadimgi turkiy til konsonantizmida f, x, h, j, j undoshlari bo’lmagan. Ular eski turkiy til va eski o’zbek adabiy tili davrida turli lisoniy va nolisoniy omillar ta’sirida paydo bo’lgan. Qadimgi turkiy tilda r, l, v, g’(g), z, d, n undoshlari so’z boshida qo’llanmagan. Eski o’zbek adabiy tili va hozirgi o’zbek adabiy tilida esa bu tovushlar (“n” dan boshqalari) so’z boshida ham ishlatiladi; m undoshi qadimda so’z boshidagi “b” ning varianti sifatida qo’llangan. Qadimgi turkiy tilda undosh tovushlar so’z boshida qatorlashib kelmagan. Bu xususiyat eski o’zbek tilida ham saqlangan, ammo hozirgi o’zbek adabiy tilida esa undoshlarning so’z yoki bo’g’in boshida qatorlashib kelishi me’yoriy holatga aylangan. Download 14.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling