Adabiy til uslublari


Download 25.92 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi25.92 Kb.
#1387158
Bog'liq
Adabiy til uslublari

Adabiy til uslublari


Reja:




  1. Adabiy til uslublari haqida umumiy ma`lumot.

  2. Adabiy til uslublarining urlari.

  3. Adabiy til uslublarini o`rganishda o`zbek adabiy tili tarixi fanidan tutgan o`rni.

Adabiy til taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`ziga xos uslublari mavjud bo`ladi, chunki adabiy til uslublari tizmida tashkil topgan. hunga ko`ra adabiy til tarixi, asosan uning uslublari tarixini o`rganishni qamrab oladi. Jamiyatning rivojlanishi bilan bog`liq ravishda har bir davr adabiy til uslublarining miqdori, uning xarakterli xususiyatlari va ular orasidagi o`zaro munosabat o`zgarib turadi. Adabiy til tarixi matnlar tili tarixidan iborat bo`lib, har bir davrga oid bu matnlarning til xususiyatlari bilan ajralib turadigan matnlar guruhini belgilaydi. Ma`lum guruhga kirgan yodgorliklaning til xususiyatlari yig`indisi, umumlashmasi haqida hamda adabiy tilning turlicha uslublari haqida ma`lumot beradi.
Uslub tilning tarixan takib topgan bir ko`rinishi bo`lib, o`ziga xos tarkibi birikish xususiyati va nutq vositalani va qo`llash qonuniyatlari bilan ajoalib turadi. Adabiy til uslubi - bu ma`lum darajada adabiy til matnlarida o`zining aniq ifodasini topgpn uslubiy bo`yoqdor hamda uslub jihatdan betaraf til unsurlarni ongli ravishda tanlash asosida tashkil topgan ma`lum tizimdir. Adabiy til uslublari faqat uning tizimini tashkil etish xususiyatlari jihatidangina emas, balki u yoki bu uslub tizimining yuzaga kelishi uchun asos bo`lgan omillar nuqtai nazaridan ham ajralib turadi. hu jihatdan dastlab funksional uslublarni ko`rsatish mumkin. bu uslublar tizimining xususiyati uning ishlatilishi doirasi, bu uslublarning ijtimoiy qo`llanish sohalari bilan bog`liq. Jumladan, hozirgi o`zbek adabiy tilining publisistik yoki professional- texnik uslblaridan, boshqa funksional uslublarda bo`lganidek, til vositalarini tanlash va tartibga keltirish shu matnlarning mazmuni, mohiyatini hamda ishlatilish sohasining o`ziga xos xususiyati bilan bog`langan.
Funksional uslublar bilan bir qatorda individual uslublar ham bor. Bu usullar tizimining xususiyati shundan iboratki, unda muallif o`z individual nuqtai nazari va didiga mos ravishda tilning sinonimik ifoda vositalaoini tanlab oladi. Individual uslublar asosan badiiy asarlar tilida qo`llanadi, unda qayta uslubiy bo`yoq oladi. Turli janrlarga va adabiy - badiiy yo`nalishlarga xos uslublar bilan birga ishlatiladi. Bu o`z navbatida badiiy asarlarda yozuvchi tili va yozuvchi uslubini farqlash zarurligini ham keltirib chiqaradi.
Yozuvchi tomonidan adabiy til va jonli so`zlashuv tilida tanlab olingan barcha til vositalari majmui yozuvchi tilini tashkil qiladi. Yozuvchi tilini o`rganishda asosiy diqqat muallifning adabiy tildan nimalarni o`z asari uchun tanlab olganligiga jalb qilinadi.
Yozuvchi ushbu yozish uslubi, muallif tomonidan tanlab olingan til vositalarini ishlatish, undan foydalanish usulidir. Yozuvchi uslubini o`rganish uning eng yaxshi individual, ta`sirchan va obrazli ifodalar yaratishda tanlab olingan umumtil vositalaridan qanday foydalanishga ko`proq diqqat qilinadi. Demak, yozuvchining uslubi, uning dunyoqarashi, adabiy - badiiy oqim, asarning mavzui, janri, g`oyaviy yo`nalishi va muallifning individual badiiy g`oyasiga asoslangan yozish uslubidir.
SShuni qayt etish kerakki, adabiy til tarixiga nisbatan til uslublari masalasi tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan qaralish zarur. Chunki, til uslublari tarixiy kategoriyadir.
O`zbek adabiy tili tarixida yozuvchilarning tili o`rganiladi. Muallif yashagan davr adabiy tili xususiyatlarining aks etishi aniqlanadi. Shuningdek, o`zbek adabiy tili tarixida yozuvchining o`z davri adabiy tilida qanday yangiliklar kiritganligi, uning o`zbek adabiy tilining keyingi taraqqiyotiga qanday ta`sir ko`rsatganligi aniqlanadi. Chunki, tildan foydalanish davomida yozuvchi adabiy til, milliy tilning shakllanishi va taraqqiyot bilan mos ravishda adabiy tilning rivojiga katta hissa qo`shadi. Umumxalq milliy tilini yanada takomillashtirishga ko`maklashadi.
Adabiy til ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida o`zgarib turadi. Adabiy tilning ijtimoiy funksiyasi til tarixining eng muhim masalalaridan biridir. Bu masala adabiy til tarixining madaniyat va ijtimoiy tafakkur tarixi bilan, adabiyot va adabiy yo`nalishlar tarixi bilan bog`liqliginigina emas,balki turli davrlarda adabiy til tarixining ijtimoiy-g`oyaviy kurash bilan aloqadorligini ham taqozo etadi. M: o`zbek adabiy tilining XIV-XV asrlardagi taraqqiyotining, ayniqsa Alisher Navoiyning adabiy tilga xos faoliyatining asosiy manbalarini u asos solgan eski o`zbek adabiy tili sohasida erishilgan yuksak muvaffaqiyatlari, shu davrda yashagan yirik ijtimoiy fikr va adabiyot namoyondalarining g`oyaviy-siyosiy nuqtai nazaridan, fikrlarini hisobga olmay turib to`g`ri tushuni b bo`lmaydi. Ana shuni ng o`ziyoq o`zbek adabiy tili tarixida ekstarlingvistik omillarning naqadar muhim rol o`ynashini ochiq ko`rsatadi.
Yozma yodgorliklarning janr xususiyati va nutq vositalarini tanlab ishlatish bilan bog`liq ravishda adabiy til uslublari bir qancha guruhga bo`linadi. O`zbek adabiy tilida quyidagi uslub turlarini ko`rsatish mumkin:
a) Adabiy-badiiy uslub. Bu tur tarkibida nazm uslubi va nasriy uslubning xususiyati bilan bog`liq ravishda bir qancha guruhlar ajratiladi;
b) Ilmiy bayon uslubi. Turlicha fan sohalarining xususiyatlari bilan bog`liq ravishda bu tur ham bir qancha guruhlarga (iqtisodiy fanlar uslubi kabi) bo`linadi;
v) Ijtimoiy-publisistik uslub. Ya`ni turli ijtimoiy-siyosiy mavzularda yozilgan asarlar (maqolalar, ocherklar kabi) uslubi;
g) Ishlab chiqarish texnik uslub. Bunga turli kasblar va texnikaga doir asarlar uslubi kiradi;
d) Rasmiy hujjatlar, maxsus ish yuritish uslubi. Bu o`z navbatida, qonunlar, har xil buyruqlar va farmonlar, ish yuritish hujjatlari kabilar kiradi;
e) Adabiy tilning alohida uslub turi sifatida yozishmalar, nomalar va xatlarga doir uslubini ko`rsatish mumkin.
Adabiy til tarixining turli davrlarida uning uslublari, ularning xizmat doiralari ham o`zgarib turadi. Ammo barcha uslublar uchun o`zbek adabiy tilining grammatik qurilishi va keng iste`molda bo`lgan «betaraf» so`zlar umumiy bo`lib qoladi.
Badiiy adabiyot tili adabiy tilning o`ziga xos xususiyalariga ega bo`lgan ko`rinishlaridan biridir. Badiiy adabiyot tili ham til taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga bo`ysunadi. Tilning aloqavositasi bo`lishdek asosiy vazifasi, tabiiyki, badiiy adabiyot tili uchun ham zaruriy bo`lib qoladi.


Adabiyotlar:

  1. Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1982.

  2. Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984.

  3. Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1966.

  4. Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971.

  5. www.ziyonet.uz

Download 25.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling