Adabiy til va uning me’yorlari Reja: Adabiy til haqida ma’lumot Adabiy til me’yorlari


Download 28.72 Kb.
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1288103
  1   2   3   4
Bog'liq
Adabiy til va uning me\'yorlari


Adabiy til va uning me’yorlari
Reja:

  1. Adabiy til haqida ma’lumot

  2. Adabiy til me’yorlari

Til birliklarinining vazifasi va qo‘llash doirasi mavjud. Ana shu vazifa va qo‘llanish doirasi til me’yori deyiladi.
Ijtimoiy jarayonda mavjud bo‘lgan va xalq orasida keng ishlatiladigan hamda barchaga ma’qul bo’lgan til birligi me’yor hisoblanadi. Masalan, adabiy tildagi “do‘ppi” so‘zi va uning lug‘aviy ma’nosi boshga kiyiladigan, turli ko‘rinishdagi, san’at darajasida mohirlik bilan ishlangan bosh kiyimini anglatadi. Do‘ppi deganda, oyoq kiyimi, yozuv quroli, biror asbob emas, aynan, bosh kiyimini tushunish barcha uchun me’yordir. Lekin, adabiy til me’yori o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, shevalarda bu me’yor o‘zgaradi. Farg’onada do‘ppini aynan adabiy tildagi kabi tushunilsa, Buxoroda – kallapo‘sh, Samarqand tomonlarda – qalpoq, Xorazmda – takya deb atashadi. Bu shevalarga xos me’yordir. Yoki adabiy til me’yoridagi “ertak” so‘zi Toshkent shevasida “cho‘pchak” deb aytiladi.
Demak, til me’yori deganda, ko‘pchilik tomonidan foydalanishga qabul qilingan va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turuvchi til birliklarining shakli tushuniladi.
2-tоpshiriq. Quyidagi savollarga og‘zaki javob bering.
1. Adabiy til me’yori deganda nimani tushunasiz?
2. Shevalarga xos me’yorlarga misollar keltiring va ularning adabiy tildagi me’yorini toping.
3. Adabiy tildagi me’yorga misol keltiring va uni shevaga xos me’yorini toping.
4. O‘z ona tilingizda so`zlar ayting va uning o‘zbek adabiy tildagi me’yorini aniqlang.
5. Keltirilgan misollar asosida gaplar tuzing.
II. Nazariy ma’lumot

O‘zbek adabiy til me’yorlari


Odatda, me’yorni faqat adabiy tilga nisbat berib tushuniladi. Bu uni tor ma’noda tushunish bo‘lib, uning boshqa shakllarini tan olmaslikdir. Aslida me’yor hodisasi tilning sheva, lahja, jargon, argo, atamalar kabi shakllari uchun ham tegishlidir. Shunga ko‘ra, til me’yorlarini to‘rtga bo‘lish mumkin.


1.Adabiy til me’yori. 2.Dialektal me’yor.
3.So‘zlashuv me’yori. 4.Ijtimoiy tarmoq me’yori.

Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling