Adabiy til va uning me’yorlari Reja: Adabiy til haqida ma’lumot Adabiy til me’yorlari


Download 28.72 Kb.
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi28.72 Kb.
#1288103
1   2   3   4
Bog'liq
Adabiy til va uning me\'yorlari

Adabiy til me’yori deganda, hozirgi adabiy til uchun qat’iy mezon sifatida qabul qilingan me’yorlar tushuniladi. Adabiy til me’yori nutq madaniyatining asosi bo‘lib, u ham o‘z navbatida o‘nta turga bo‘linadi. Ular quyidagilardir:
1. Leksik me’yor. Bunda so‘zning asosiy va yordamchi ma’nolarini anglab ishlatish tushuniladi. So‘zlarni izohli lug‘at asosida qo‘llashni talab etadi.
2. Talaffuz me’yorlari. Bu me’yor og‘zaki nutq faoliyatida tovush va so‘zlarni to‘g‘ri aytishni o‘rgatadi.
3. Aksentologik(urg‘u) me’yor. Bunda so‘z, ibora va gaplarda urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash qoidalari tushuniladi. Gap urg‘usi va uning ishlatilishini bilish kerak bo‘ladi.
4. Fonetik me’yor. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi 6 ta unli va 24 ta undosh tovushlarni qo‘llash qoidalari shu me’yorga kiradi.
5. Grammatik (morfologik va sintakrik) me’yor. So‘z turkumlari, gap qurilishi, grammatik talablarga amal qilinish kabilar kiradi.
6. So‘z yasash me’yorlari. Bu me’yor so‘z yasashning tuzulmasi, affiksatsiya (qo‘shimcha yordamida, kompozitsion (qo‘shma so‘zlar), abbrevatsiya (so‘zlarni qisqartirish) usullarini bilishni talab qiladi.
7. Imloviy me’yor. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-qarori bilan tasdiqlangan imlo qoidalarini bilish va unga qat’iy amal qilish me’yori.
8. Yozuv (grafika) me’yorlari. Husnixat talablarini o‘rgatadi.
9. Punktuatsiyon (ishorat belgilari) me’yorlar. Tinish belgilarini qo‘llash qoidalari.
10. Uslubiy me’yorlar (nutqning 5 ta uslubiy shakllari va ularning o‘ziga xos xususiyatlar haqida qoidalar).
Dialektal me’yor. Bu me’yor shevalar va lahjalardagi so‘zlarning qo‘llanish doirasi haqida ma’lumot beradi. Aniqroq aytilsa, bir shevada me’yor bo‘lgan so‘z va iboralar, boshqa sheva uchun me’yor bo‘lmaydi. Shuningdek, o‘zbek tilidagi shevalarninmg turlari va ularning xususiyatlarini o‘rgatadi.

Download 28.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling