Adabiy turlar va janrlar. Epik tur. Lirik tur. Dramatik tur


Dramaning asosiy janrlari


Download 77.71 Kb.
bet11/12
Sana09.05.2023
Hajmi77.71 Kb.
#1447882
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-mavzu.

Dramaning asosiy janrlari
Tragediya(yun. Tragos – echki(taka), ado - qo‘shiq)da asosan ilohiy kuchlar va mifologik qahramonlar o‘rtasidagi murosasiz kurashlar falsafasi, yuqori tabaqa vakillari (podshohlar, shahzodalar, qo‘mondonlar, dohiylar, yo‘lboshchilar, boshliqlar, yetakchilar)ning fojialari aks etgan.
Komediya(yun. Comos-quvnoq kishilar(olomon) va oide-qo‘shiq)da hayot voqea-hodisalari dramatik qahramonlarning kulguli fe’l-atvorlari, xatti-harakatlarida voqye bo‘ladi.
Drama(yun. drame-harakat) atamasi keng ma’noda – dramatik turni, tor ma’noda – drama janrini bildiradi. Drama, V.Belinskiy asoslaganidek, tragediya bilan komediya o‘rtasidagi janrdir, u ma’shum falokatni ham, yumoristik va satirik kulguni ham talab qilmaydi. Balki hayot hodisalarini yuqori darajali tarzda, jiddiy holatda tasvirlaydi.
Melodrama(yun.melos-ohang, kuy, drama-harakat), dastavval, musiqali drama asari sifatida yuzaga kelgan va undagi qahramonlar kuy jo‘rligida so‘zlashganlar (Shu sababli hozir ham Italiyada melodrama opera ma’nosida qo‘llaniladi). Unga J.J.Russo “Pigmalion”(1762) asari bilan asos solgan.
Bugungi kunda “kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, favqulodda voqealarga, tendensioz ahloq va keskin intrigalarga boy dramatik asarlar” (N.Hotamov, B.Sarimsoqov)ni melodrama deb yuritish rasm bo‘lgandir. Ayniqsa, “Otalar so‘zi aqlning ko‘zi” teleko‘rsatuvlarida bu janrlarning ko‘plab namunalari ko‘rsatilmoqda. Melodrama janrida ko‘plab kinofilm (masalan, amerikaning “Arvoh”...)lar yaratilgan, ularda qatnashuvchi xarakterlarning holat va xatti-harakatlariga uyg‘un holda musiqa chalinib turadi.
Monodrama(yun.monos-bir, yakka, yolg‘iz, drama-xatti-harakat)-bir aktyor tomonidan ijro etiladigan dramatik asardir. “Esxilga qadar bo‘lgan tragediyada bir aktyor maska va kiyimlarini o‘zgartirib, bir necha rollarni ijro etgan. Bu aktyorning bir roldan ikkinchi rolga o‘tguncha vaqt ichida qo‘shiq va musiqali tanaffus bo‘lgan. XIX-XX asr monodramalarida esa aktyor bir rolni bajarsa ham, biroq uning nutqi yo tomoshabinga, yo noma’lum personajga qaratilgan”1.

Download 77.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling