«Adabiyot» -sinflar uchun «A» «B» Mavzu: adabiyot so‘z san’ati


b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu


Download 0.79 Mb.
bet170/260
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#251728
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   260
Bog'liq
Adabiyot-5

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:


SHER BILAN DURROJ (Nasriy bayoni)

To‘qayda bir yirtqich sher bor edi. Vahshatda osmon sheridek qo‘rqmas edi. U har safar bolalaganda zavqqa to‘lar, biroq chumolilar uning bolasini talab o‘ldirishardi. Shuning uchun u o‘zining ajralmas bu boyligi - farzandini og‘zida tishlab asrar edi.

O‘sha to‘qayda bir durroj ham bo‘lib, bu yirtqich sherning vahmidan doim qo‘rquvda edi. Sher bo‘lsa bolasini og‘zida tishlab, dam-badam to‘qayning goh u yog‘iga borardi, goh bu yog‘iga. Sher durroj pusib yotgan joyga borib qolsa, bu notavon pirr etib uchar, sher qo‘rqqanidan seskanib ketar, bolasiga ham tishi botib ketardi. Tishi bilan o‘z bolasini, o‘z jigarporasini yarador qilardi.

Doim unga shu g‘am ichida g‘am, g‘am emas, motam ustiga motam edi. Bu tashvishdan ko‘ngii ozor topib, u durroj bilan o‘rtoq bo‘la boshladi. U dedi:

- Mening senga hech qasdim, dushmanligim yo‘q. Xotirjam bo‘lib, meni o‘zingga ishonchli do‘st deb bil. Qo‘rqishni yig‘ishtir, hamdamim, sirdoshim bo‘l; aysh va xursandlik vaqtida birga kuylashadiganim bo‘l. Men ham sening kuylaringni eshitib, shod bo‘lay; nag‘malaring bilan qayg‘udan ozod bo‘lay. Shart shuki, senga bir ziyon yetsa, falak seni hiyla bilan bandga solsa, marhamat qo‘lini senga yordam uchun cho‘zay, bitta panjam bilan dushmanni yerga barobar qilay. Sadoqat masalasida o‘zimni ko‘rsatib, seni dushman tuzog‘idan xalos aylay.

Sher ko‘p sehr bilan (o‘z fikrini tushuntirishga) tirishdi, ham sadoqatli bo‘lishga ahd qildi. Oralarida bir-birlariga shunday muhabbat paydo bo‘ldiki, bunga osmonning o‘zi ham hasad qilardi. Qayerda yirtqich sher dam olib yotsa, atrofida durroj bemalol uchib yurardi. Sultonning tepasida humo qushi aylanganday, sher boshida durroj aylanib parvoz qilardi. Sher uning sayrashini eshitib, kuyida yolg‘on borligini fahm qilib, der edi:

— Yolg‘on gapirma, yomon bo‘ladi. To‘g‘rilar oldida yolg‘on qoralanadi.

Durroj pandni eshitmas, o‘zi bilan o‘zi mast, ataylab fig‘onini hech pasaytirmas edi.

Bir kun bir ovchi uni tutish uchun o‘z tuzog‘ini yoygan edi. u don bilan suvni ko‘rib, uning oldiga borgach, ovchi uning ustiga tuzoqni tortdi. Tuzoqda u baxtsiz qichqirib, bir necha bor: «Dod, meni tutdilar!» — dedi.

Bu so‘z sher qulog‘iga eshitildi, lekin uning bu ashulasini har galgidek yolg‘on deb o‘yladi. Bunaqa yolg‘onlarini ko‘p eshitgani uchun chin afg‘onini ham yolg‘on deb gumon qildi. Qancha u rostakamiga qichqirmasin, rostini ham yolg‘on deb hisobladi. Uni qutqarish uchun iltifot ko‘rsatmadi; natijada uning hayoti qirqildi. Kimki xohlamasa ham rost gapirsa, yolg‘on gapirganida ham xalq uni rost deydi.

So‘zda, Navoiy, nima desang ham rostni gapir; rostni kuylagan ohanglarga tahsin ayt.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling