Jaloliddin Yoriyev Bekcha o’g’li Samarqand viloyati Nurobod tumanida 2001-yil 1-aprelda tug’ulgan. Ajal kelsa soʻramasdan olib ketar, Ming bir turfa ishlaring ham qolib ketar. Taqdir azal bitib qo'ygan peshonangga


Download 0.51 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1409401
Bog'liq
Jaloliddin Yoriyev



Jaloliddin Yoriyev Bekcha o’g’li Samarqand viloyati Nurobod tumanida 2001-yil 1-aprelda tug’ulgan.
Ajal kelsa soʻramasdan olib ketar,
Ming bir turfa ishlaring ham qolib ketar.
Taqdir azal bitib qo'ygan peshonangga,
Noshukurlar bu dunyodan nolib ketar.

O'tgan hayot yo'llaringa qarab qo'ygin,
Saxiy yo'lga savoblaring solib qo'ygin.
Umring o'tar misoli sham tugab borar,
Oxiratga omonatsan yarab qo'ygin.

Tilginangdan zikr-u shukur oqib tursin,
Qibla tamon doim yuzing boqib tursin.
Uyg'ot ko'ngling barcha g'am-u g'aflatlardan,
Savoblaring gunohlarni yopib tursin.

Ajal kelsa soʻramasdan olib ketar...

She'r muallifi: ✍Jaloliddin Yoriyev

Yurgan yo'lingizda bo'layin rayhon,
Farishtalar qolsinlar lol-u hayron.
G'afilatda ozorlar cheksin shayton,
Onamga aslo dard bermagin hayot.

Go'zaldir siz bilan o'tgan har onim,
Siz mening tanimdagi shirin jonim.
Hayotman oqadi tomirda qonim,
Onamga aslo dard bermagin hayot.

Onamdan duolar olgin jon o'g'lim,
Nasihatin tinglab nurlanar ko'nglim.
Hatto g'animlar ham to'solmas yulim,
Onamga aslo dard bermagin hayot.

Baxt-u iqbolga ming bor o'rab quygin,
Yoriy onang ahvolin surab quygin,
Xizmatida har kun bir yarab quygin.
Onamga aslo dard bermagin hayot.

Onamga dard bermagin...
Shoir Jaloliddin Yoriyev so'zi✍
Mualliflik bilan himoyalangan.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling