«Adabiyot» -sinflar uchun «A» «B» Mavzu: adabiyot so‘z san’ati


b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu


Download 0.79 Mb.
bet184/260
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#251728
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   260
Bog'liq
Adabiyot-5

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu:


Ruboiy arabcha so‘z bo‘lib, to‘rtlik degani. Sharqda keng tarqalgan she’r turi, lirik janr. To‘rt satrdan iborat bo‘ladi. Ko‘pincha birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi satrlari qofiyalanib keladi. Harflar bilan ko‘rsatganda a-a-b-a shaklida bo‘ladi. Ba’zan har to‘rt satri o‘zaro qofiyalanishi (a-a-a-a) mumkin. Qofiya misra oxiridagi ohangdosh so‘zdir. Radif misra oxiridagi takrorlanuvchi so‘zdir. Masalan:

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,

Har kimki, yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.



Qofiyadosh so‘zlar: vafo—jafo—jazo: 1, 2, 4-satrlar o‘zaro qofiyalanyapti.

Demak, qofiyalanish tizimi a-a-b-a. Radif— topqusidur.

Ruboiyda fikr tugallangan bo‘lishi kerak. Yana muhim xususiyatlaridan biri shuki, ruboiy aruz vazni hazaj bahrining axram va axrab degan shakllaridagina yozilgan. Lekin keyingi yuz yilda bunga juda kam rioya qiladilar.

Fors-tojik adabiyotida ruboiy janrida Umar Xayyom, Mirzo Abdulqodir Bedil shuhrat qozonganlar. O‘zbek she’riyatida esa Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ruboiylari juda mashhur bo‘ldi. Bugun ham ruboiylar ko‘plab yozilmoqda.




Ishlar bori ko‘nguldagidek bo‘lg‘usidur!

In’om-u vazifa — bori buyrulg‘usidur!

Ul g‘alla-yu mahmilki, deb erding, bildim,

Mahmilg‘a bo‘yu g‘alladin uy to‘lg‘usidur!

* * *

Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur,

Ko‘zdin uchadur uyqu chu oqshom bo‘ladur.

Har ikkalasi g‘amim bila sabrimdek,

Borg‘on sori bu ortadur, ul kam bo‘ladur.

* * *


Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur!

Sarrishtai ayshdin ko‘ngulni zinhor Uz, oh,

Zahiriddin Muhammad Bobur!

* * *

Ey bodi sabo, ayla Xurosong‘a guzar,



Mendin degil ul yori parishong‘a xabar.

Necha safar o‘z ko‘nglung uchun qilg‘aysen,

Emdi bizing uchun ayla bu yong‘a safar.

* * *


Ahbob, yig‘ilmoqni farog‘at tutungiz!

Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz!

Chun gardishi charx bu durur, Tangri uchun,

Bir-biri necha kun g‘animat tutungiz!







Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling