Termiz tumanidagi 12-umumta’lim maktabining “Musiqa” fani o‘qituvchisi Ismoilov Dostonning 4-sinf musiqa fanidan “Damli cholg‘ular” mavzusidagi ochiq darsi uchun tayyorlagan ma’lumotlari


Download 0.63 Mb.
Sana08.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1444552
Bog'liq
Termiz tumanidagi 12-umumta’lim maktabining

Termiz tumanidagi 12-umumta’lim maktabining “Musiqa” fani o‘qituvchisi Ismoilov Dostonning 4-sinf musiqa fanidan “Zarbli cholg‘ular” mavzusidagi ochiq darsi uchun tayyorlagan ma’lumotlari

Zarbli cholg‘ular guruhiga Doira, nog‘ora, qayroq, safoyil kabi o‘zbek xalq cholg‘ulari kiradi


Doira (childirmachirmandadoyradaffdapp) — oʻzbektojikuygʻur va boshqa sharq xalqlarining cholgʻu asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi oʻrikyongʻoq yogʻochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburinnikiga oʻxshash xalqachalar osiladi. Doira - zarbli cholg'u asboblar guruhiga kiradi.
Nogʻora — urib chalinadigan musiqa asbobi. Nogʻoraning koʻp xili mavjud. Kosasi tuvaksimon boʻladi. Yogʻoch va sopoldan yasaladi. Usti hayvon terisi bilan qoplanadi. Qoʻsh nogʻora karnay va surnaylar bilan qoʻshilib oʻzbek milliy ansamblini tashkil etadi. Hozirgi kunda ham bu asboblar toʻy-u tomoshalarda keng qoʻllaniladi.
Qayroq — jismi sadolanuvchi urma cholgʻu. Oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqalar Sharq xalqlarida tarqalgan. Asosan, raqqos(a), dorboz, yogʻochoyoq oʻyinchilar tomonidan qoʻllaniladi. Qayroq ikki juft silliq yupqa toshdan iborat. Xorazmda Qayroqni tosh va metall boʻlaklari uchrashi mumkin. Ijrochi har bir qoʻliga bir juftdan Qayroq olib ularni bir-biriga urib sadolantiradi.
Safoil — urma cholgʻu asbobi, ikkita tayoqchaga boʻsh qilib oʻrnatilgan temir halqalarga kichik halqachalar kiygizilgan shaqildok. Ijrochi Safoyilni yelkasiga salgina urib olish va siltash yoʻli bilan muayyan usullarni ijro etadi. Asosan, uygʻur, qisman boshqa Oʻrta Osiyo xalqlarida tarqalgan. Oʻzbek xalqi orasida mashhur uygʻurcha raqs kuylarida keng qoʻllanilgan. Oʻtmishda Safoyil darvishlarning joʻrnavoz cholgʻularidan boʻlgan. Safoyil milliy ansambllar va xalq cholgʻu asboblari orkestrlarida ham foydalaniladi.

Shu bilan birga Yevropa cholg‘u asboblaridan Litavra, baraban, tarelka kabi asboblar zarbli cholg‘ularga kiradi

Shu bilan birga Yevropa cholg‘u asboblaridan Litavra, baraban, tarelka kabi asboblar zarbli cholg‘ularga kiradi

TARELKA ASBOBINING CHALISH JARAYONI


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling