Mundarija kirish I bob. Bolalar cholg‘u asbobida chalish faoliyatini tashkil etishning maqsad va vazifalari
Download 44.47 Kb.
|
bolalar cholgu
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. Bolalar cholg‘u asboblarida chalish faoliyatining o‘quvchilar ijrochilik malakasini rivojlantirishdagi ahamiyati.
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Kurs ishining dolzarbligi.
MUNDARIJA Kirish I BOB. Bolalar cholg‘u asbobida chalish faoliyatini tashkil etishning maqsad va vazifalari. 1.1. Bolalar cholg‘u asbobida chalish faoliyatini tashkil etishning maqsad va vazifasi. 1.2. Oddiy musiqa cholg‘u asboblarida chalish faoliyati xususida. II BOB. Bolalar cholg‘u asboblarida chalish faoliyatining o‘quvchilar ijrochilik malakasini rivojlantirishdagi ahamiyati. 2.1. Bolalar cholg‘u asboblarida chalish faoliyatining o‘quvchilar ijrochilik malakasini rivojlantirishdagi ahamiyati. 2.2 Bolalar cholg‘u asboblarida ijro etish faoliyati. XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Kurs ishining dolzarbligi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma‘naviyatni avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadiga kuchga qiyoslaydi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning ma‘naviy olami va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarimizning milliy va Jahon musiqa madaniyatining mumtoz asarlari bilan bahramand bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit yaratish musiqiy ta‘limni yanada rivojlantirish masalalari o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Chindan ham yoshlarimiz qalbida ularning musiqiy nafosat dunyosiga oshno etmasdan turib ularning ma‘naviyati haqida so‘z yuritish quruq safsata desak yanglishmaymiz. Yoshlar qalbida musiqa orqali yuksak nafosat-nafis his-tuyg‘ular , sog‘lom did, vatanga muhabbat, insonparvarlik, yuksak milliy g‘urur, milliy iftixor o‘sib shakllanib boradi. Asta-sekin ona yurtimizda aqlli, didli, madaniyatli, ma‘naviyatli avlod o‘sib yetishadi. Shu holatni teran anglagan va uzoqni ko‘ra olgan prezidentimiz-bugungi kunda musiqa san‘ati navqiron avlodimizning yuksak ma‘naviyat ruhida kamol topishida boshqa san‘at turlariga qaraganda ko‘proq va kuchliroq ta‘sir ko‘rsatmoqda deb ta‘kidladilar. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov-Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch-asarida: -Agar insonning qulog‘i yengil-yelpi ohanglarga o‘rganib qolsa, bora bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma‘naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi hech gap emas. Oxir oqibatda bunday odam-Shashmaqom singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo‘ladi deb ta‘kidlangan. Musiqa tarbiyasi umumtarbiyaning asosiy va murakkab qurollaridan biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni yuksak idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiribgina qolmay balki ma‘naviy dunyoqarashlarini shakillantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli e‘tibor, kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, o'quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-estetik tarbiyaning muhim vositasidir. Buyuk qomusiy olimimiz Abu Nasr Al Forobiy "Bu fan hammamiz uchun foydalidir" degan edi. Bobomiz Shayx Sa’diyning shunday so'zlarini keltirishimiz mumkin "Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir". Musiqa insonga tez ta‘sir etuvchi emotsional hissiyotini aktiv rivojlantiruvchi vositadir. Shu bois o'quvchilarda inson ma‘naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo'lib qoladi. Maktabda o‘quvchilarga qo'shiq kuylatish, cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish orqali yoshlarni ma‘naviy va axloqiy tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri desak mubolag‘a bo'lmaydi. Musiqaning axloqiy-estetik tarbiyadagi roli falsafa, musiqashunoslik va ijrochigagina doir adabiyotlarda yetarlicha yoritilgan bo'lsa -da, lekin musiqa kuylash shaxsni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashdagi roli haligacha ilmiy yoritilmagan. Bundan kelib chiqip bolalarga qoshiqlar kuylatish bilan bir qatorda cholg‘u asboblarini o‘rgatish, ularni musiqaga hamohang tarzda jo‘r bolib kuylatish bizning kurs ishimizning mamun mohiyatidir. Download 44.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling