Foydalaniladigan adabiyotlar: USMON NOSIR SHE’RLARI
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. Darsning rejasi:
a) She’riy kitoblar bilan tanishtirish
b) She’rlardan ifodali tarzda o’qish
c) Baxru-bayt o’tkazish
III. She’rlardan namunalar
YO‘LCHI
Yo‘lchiman, manzilim dengizdan nari,
Lojuvard ufqning tubiga yaqin.
Ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin,
Chayqalar ko‘zlarim tikilgan sari.
O, yo‘llar!
Chu, qora toychog‘im!
Chu, qora yo‘rg‘am!
Murodga qasd qilib yugurgan yetur.
Bo‘ronni sevmasa, dil nechun tepur?
Tiriklik ne kerak bemehnat, beg‘am?!
Chu, qora yo‘rg‘am!
YURGANMISIZ BIRGA OY BILAN
Yurganmisiz birga oy bilan
Oqshom payti ko‘m-ko‘k o‘rmonda?
Maysalarga shabnam qo‘nganda
Shunday yaxshi, tinch bo‘lar ekan!
Shitir-shitir o‘ynar shabada,
Barglar musiqasi bir shirin...
Havo go‘yo tiniq, sof boda,
Ko‘ngil sezar hayotning sirin.
Men mast bo‘lib qoldim bir kecha,
Sil o‘pkamni ancha yayratdim.
Uxlamasdan to tong otguncha,
Dilginamni rosa sayratdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |