«Adabiyot» -sinflar uchun «A» «B» Mavzu: adabiyot so‘z san’ati


b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu


Download 0.79 Mb.
bet140/260
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#251728
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   260
Bog'liq
Adabiyot-5

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu: MIRTEMIR (1910-1978)

Ko‘l-u tog‘lik,

Bog‘-u rog‘lik o‘zbek elim.

Momo yurti,

Bobo yurti, chambilbelim.

Zar-u gavhar — yaltiroq tosh,

nedir olmos,

Sen biz uchun ham non, ham osh,

mangu meros.

O‘quvchining xotirasiga bir o‘qishdayoq mixlanib qoladigan bu quyma satrlar O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir qalamiga mansubdir.

Mirtemir Tursunov 1910-yilda, o‘zi yozganidek, Qoratog‘ etaklarida — Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. Avval bobosi qo‘lida va eski maktabda tahsil olgan. So‘ng Toshkentga kelib, «Almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko‘radi. Samarqanddagi O‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o‘qiydi. O‘qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi.

Shoirning birinchi she’ri «Tanburim ovozi» 1926-yili, 16 yoshida e’lon qilinadi. 1928-yili uning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli ilk she’riy to‘plami nashr etiladi. Keyin «Zafar», «Qaynashlar», «Tong» to‘plamlari dunyo yuzini ko‘radi.

30-yillarda u juda ko‘p vaqtini tarjimalarga bag‘ishlaydi. A. S. Pushkin, M. Y. Lermontov, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko she’rlarini, dostonlarini o‘zbekchaga o‘giradi. Umuman tarjima sohasida Mirtemir nihoyatda barakali ijod qilgan. Antik dunyo shoiri Homer, shuningdek, Shota Rustaveli, Henrix Heyne, Tagor, Maxtumquli, Berdaq, Nozim Hikmat she’riy asarlari, «Manas» qirg‘iz xalq eposi, «Qirq qiz» qoraqalpoq xalq dostoni Mirtemir domla zahmatlari tufayli o‘zbek o‘quvchisiga yetib kelgan.

Shoir umri davomida o‘nlab she’rlar va dostonlar to‘plamlarini chop ettirdi. «Bong», «Poytaxt», «O‘ch», «Surat», «Qoraqalpoq daftari», «Tingla, hayot!», «Izlaganim», «Tog‘day tayanchim», «Yodgorlik» kabilar ularning ichida eng mashhurlaridir. Bu to‘plamlaming mundarijasiga qarasangiz, inson hayotining barcha pallalaridagi kechmishlar, tuyg‘ular, taassurot va xotiralar jamuljam bo‘lganini ko‘rasiz. Chunki Mirtemir xoh yirik doston yozsin, xoh sahna asarlari yoki katta-katta asarlarni tarjima qilsin, qat’i nazar, biron kun ham she’r yozishni tark etmagan. Ko‘nglidan kechgan barcha tuyg‘ulari she’rga ko‘chgan. U gohida O‘zbekistonimizning paxtazor dalalarini kezib, mehnatkash dehqonlar bilan tanishib, barchaning bunyodkorlik bilan yashayotganidan ta’sirlanib, zavqqa to‘lib shunday satrlar bitadi:

Shoir umrining oxirida «Yodgorlik» deb nomlangan she’riy to‘plam tayyorladi. Va unga so‘nggi yillardagi eng sara she’rlarini jamlab, o‘zidan keyingi avlodlariga ma’naviy tuhfa qilib qoldirdi. Mirtemir 1978-yil 24-yanvarida 68 yoshida vafot etdi.

Shoirning avlodlarga qoldirgan ijodiy merosi ardoqlanib, to‘rt jildlik «Asarlar»i nashr etildi. Mustaqillik yillari Mirtemir domlaning xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi ulkan xizmatlari taqdirlanib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling