Adabiyot. 10- sinf. 2- chorak
Download 34.5 Kb.
|
Adabiyot. 10- s-WPS Office
Adabiyot. 10- sinf. 2- chorak. 1. Turkiy tilda yaratilgan birinchi yirik hajmli falsafiy-didaktik, adabiy-ma‘rifiy asar nomi qaysi qatorda berilgan ? a) "Qutadg‘u bilig" b) "Hibat ul-haqoyiq" c) "Devoni lug‘ot at-turk" d) "Mahbub ul-qulub" 2. Xusrav Dehlaviy Nizomiydan necha yil keyin "Xamsa" asarini yaratdi ? a) 100 yildan so‘ng b) 150 yildan so‘ng c) 200 yildan so‘ng d) 250 yildan so‘ng 3. Jomiy "Xamsa"sining birinchi dostoni qaysi ? a) "Mahzan ul-asror" b) "Matla ul-anvor" c) "Hayrat ul-abror" d) "Tuhfat ul-ahror" 4. Navoiy ta'biricha, saxovatdan ham ulug‘ himmat nima ? a) o‘z mehnati bilan kun kechirish b) olijanoblik c) yaxshilik d) xushmuomalik 5. "Qutadg‘u bilig" asaridagi Kuntug‘di qanday ramziy ma‘noga ega ? a) davlat timsoli b) adolat timsoli c) aql timsoli d) qanoat timsoli 6. "Saddi Iskandariy" dostonida tadbirkor va adolatli podshoh, mohir sarkarda yetuk olim va katta qalbli inson sifatida tasvirlangan qahramon nomini aniqlang ? a) Arastu b) Suqrot c) Iskandar d) Doro 7. "Qilmishlari tog‘ri, tili tinch, yetuk, bilimli, hushyor, yomonlarga misli olov edi". "Qutadg‘u bilig" asarida ushbu ta‘rif qaysi qahramonga berilgan ? a) Kuntug‘diga b) Oyto‘ldiga c) O‘zg‘urmishga d) O‘gdulmishga 8. "Saddi Iskandariy" dostonida Doroning xiroj olib kelish uchun yuborgan elchisiga Iskandar qanday javob beradi ? a) "xirojni o‘z vaqtida to‘laymiz" b) "xirojni kamroq to‘laymiz" c) "xirojni ortig‘i bilan to‘laymiz" d) "tuxum tug‘adigan qushlar allaqachon uchib ketgan" 9. Navoiy qaysi asarini "shavq dostoni" deb ataydi ? a) "Saddi Iskandariy" b) "Hayrat ul-abror" c) "Farhod va Shirin" d) "Layli va Majnun" 10. Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O‘gdulmish, O‘zg‘urmish qaysi asar qahramonlari ? a) "Qutadg‘u bilig" b) "Devon-u lug‘ot at-turk" c) "Miftoh ul-adl" d) "Saddi Iskandariy" 11. "Xamsa"ning qaysi dostoni 89 bob, 7215 baytdan iborat ? a) "Saddi Iskandariy" b) "Hayrat ul-abror" c) "Farhod va Shirin" d) "Layli va Majnun" 12. "Qutadg‘u bilig"da zulm va adolat nimaga o‘xshatiladi ? a) zulm - o‘tga, adolat - suvga b) zulm - pichoqqa, adolat - shamshirga c) zulm - nafsga, adolat - sog‘liqqa d) zulm - o‘limga, adolat - hayotga 13. "Qutadg‘u bilig" asari qahramoni O‘zg‘urmish Kuntug‘diga to‘rt narsani bajo qilishini vergul so‘ngra unga xizmat qilishi aytadi" a) nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik b) dard-u kasalsiz omonsizlik c) tuganmas boylik d) barcha javoblar to‘g‘ri 14. "Saddi Iskandariy" dostonida Doroning qo‘shini Iskandar lashkariga nisbatan juda ko‘p bo‘lsa ham, nega yengildi ? a) Iskandarning jangchilari dovyurakligi uchun dushmanni yengdi b) Doroning yaqin amaldorlaridan ikki kishi uni o‘ldirdi c) Iskandarga qo‘shimcha kuchlar yetib keldi d) Iskandar bu urushga ikki yil tayyorgarlik ko‘rgan edi 15. "Qutadg‘u bilig" asari qahramoni Oyto‘ldi nimalarning bir yerda turmasligini ta‘kidlaydi ? a) yulduz, oy, boylik b) havo, g‘ubor, amal c) kun, davr, makon d) oqar suv, ravon til, baxt-davlat 16. "Mahzan ul-asror" dostoni muallifi kim ? a) Nizomiy Ganjaviy b) Alisher Navoiy c) Abdurahmon Jomiy d) Xisrav Dehlaviy 17. "Haft avrang" asari nechta dostondan iborat ? a) 1 ta b) 4 ta c) 5 ta d) 7 ta 18. "Saddi Iskandariy" dostonida Kashmir shohi Mallu nimalarni o‘g‘irlab ketdi ? a) xazina va oziq-ovqatlarni b) Iskandarni qizi va o‘g‘lini c) shamol va olovni d) sehrli uzukni Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling