Adabiyot 10-sinf III chorak


Download 19.1 Kb.
bet1/2
Sana23.03.2023
Hajmi19.1 Kb.
#1288666
  1   2
Bog'liq
Adabiyot 10


Adabiyot 10-sinf III CHORAK

1. Turdi Farog‘iy qachon, qaysi xonlik davrida yashagan?


A) 1640- yillarda tug‘ilib, XVII asrda Buxoroda, Ashtarxoniy hukmdorlaridan Nodir Muhammad va uning o‘g‘illari hukmronligi davrida
B) 1644- yillarda tug‘ilib, Buxoroda Subxonqulixon davrida yashagan
C) 1699-1700- yillarda tug‘ilib Buxoroda Nodir Muhammad davrida
D) Tug‘ilgan yili aniq emas, Buxoroda Abdulazizxon davrida yashagan
2. Turdining XVII asarning 80- yillardan keyingi hayoti qanday kechgan?
A) ijod bilan shug‘ullangan B) sayohat qilgan C) Ashtarxoniylar saroyida yashagan
D) darbadarlikda, xor-zorlikda yashab, Subxonqulixonni hajv qiluvchi asarlar yaratgan.
3. Turdi Farog‘iyning o‘zbek adabiyotida qoldirgan merosining hajmi qanchani tashkil qiladi?
A) hajmi 440 misralik 18 ta she’r, 5 ta muxammas, 1 ta fard
B) hajmi 434 misralik 18 ta she’r, 12 tasi g‘azal, 5 ta muxammas, 1ta fard
C) hajmi 432 misralik 18 ta she’r, 11 ta g‘azal, 5 ta muxammas, 2ta fard
D) hajmi 434 misralik 18 ta she’r, 11 ta g‘azal, 5 ta muxammas, 2 ta fard
4. Tor ko‘ngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling,
To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling. Ushbu misralar muallifini aniqlang.
A) Sakkokiy B) Atoyi C) Navoiy D) Turdi Farog‘iy
5. Turdi shaxsi haqida ma’lumot beruvchi g‘azalini aniqlang.
A) “Burun” B) “Turdiman” C) A, B D) “Ayladim”
6. “Yod mandin kim berur: yaxshi zamonlar ko‘rdiman” muxammasining muallifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) Mashrab B) Ogahiy C) Muqumiy D) Turdi
7. “Yod mandin kim bo‘lur yaxshi zamonlar ko‘rdiman” Ushbu muxammas hajmi qanchani tahskil etadi?
A) 14 band, 60 satrlik B) 12 band, 60 satr C) 10 band, 50 satr D) 12 band, 50 satr
8. Behbudiy nechanchi yillarda 1899–1900-yillarda hajga boradi?
A) 1899–1900-yillarda B) 1899–1901-yillarda C) 1899–1902-yillarda D) 1899–1903-yillarda
9. Behbudiy Samar qand shahrida nechanchi yili «Samar qand» nomli gazeta va «Oyna» jurnalini nashr ettira boshlaydi.
A) 1912-yili B) 1914-yili C) 1913-yili D) 1911-yili
10. Mahmudxo‘ja Behbudiy qachon Shahrisabzda qatl etiladi.
A) 1919-yil 24-martda B) 1919-yil 25-martda C) 1918-yil 25-martda D) 1918-yil 24-martda
11. O‘zbek romanchiligining asoschisi kim?
A) Abdulla Qodiriy B) Abdulla Avloniy C) Hamza D) Abdulla Qahhor
12. Abdulla Qodiriyning nechta farzandi bo’lgan?
A) 3ta B) 2ta C) 5ta D) 4ta
13. Abdulla Qodiriyining qaysi dramasi Behbudiyning «Padarkush» dramasi ta’sirida yozilgan.
A) «Toshpo‘lat tajang nima deydir?» B) «O‘tkan kunlar»
C) «Kalvak Mahzumning xotira daftaridan» D) «Baxtsiz kuyov»
14. Abdulla Qodiriyning 1916-yilda yozgan qaysi asari dunyo adabiyotdagi nazariy mezonlarga mos keladigan o‘zbek realistik hikoyachiligini boshlab berdi?
A) «Uloqda» B) «Baxtsiz kuyov» C) «O‘tkan kunlar» D) «Kalvak Mahzumning xotira daftaridan»
15. To‘rt yoshga yetar-yetmas otasidan yetim qolgan Abdulhamid Azimbob o qo‘lida tarbiya topdi ijodkor kim?
A) G’afur G’ulom B) Hamid Olimjon C) Abdulla Qodiriy D) Usmon Nosir
16. Qaysi ijodkorning «Ko‘klam» nomli ilk she’rlar to‘plami va «Tong shabadasi» hikoyalar to‘plami talabalik yillarida chop etilgan?
A) Hamid Olimjon B) G’afur G’ulom C) Abdulla Qodiriy D) Usmon Nosir
17. «Qadrdon dalalar» va «Hukm» qissalarini, keyinchalik «Ufq» trilogiyasini yozgan ijodkor to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.
A) Said Ahmad B) Abdulla Qhhor C) O’lmas Umarbekov D) Abdulla Oripov
18. Saodat kampir qaysi asar qahramoni?
A) «Hukm» B) «Ufq» C) «Tong shabadasi» D) «Qorako‘z majnun»
19. Boburning soliq ishlariga bag‘ishlab yozgan asarini aniqlang?
A) “Vaqfiya” B) “Muxtasar” C) “Mubayyin al-zakot” D) “Harb ishi”
20. 1526- yilning 12-dekabrda Bobur hayotida qanday voqea sodir bo‘ldi?
A) onasidan ayrildi B) zaharlandi C) Hindistonni qo‘lga kiritdi D) Samarqandni qo‘lga kiritdi

Download 19.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling