Turdi hajviy asarlarining tili va uslubi


Download 21.5 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi21.5 Kb.
#1192592
Bog'liq
Inomova Sayyora - Turdi hajviy asarlarining tili va uslubi


Turdi hajviy asarlarining tili va uslubi

Reja
1.Turdi Farog‘iy hayoti haqida.


2.Turdi Farog‘iy she’riyati.
3.Turdi Farog‘iy hajviy asarlarining tili va uslubi.

Turdi, Turdiy (asl ismi va taxallusi; fors-tojik sheʼrlaridagi taxallusi esa Farogʻiy) (XVII asr, Buxoro — taxminan 1699/1700, Xoʻjand) — shoir.
Buxoro madrasalarida taʼlim olgan. Abdulazizxon davrida saroyning amaldorlaridan, yuz urugʻining koʻzga koʻringan siyosiy arboblaridan boʻlgan. Subhonqulixon taxtga chiqqach, saroydan uzoqlashtirilgan. Ashtarxoniylarga qarshi 1685—86 yillarda koʻtarilgan xalq qoʻzgʻolonida faol ishtirok etgan. Qoʻzgʻolon bostirilgach, Turdi Jizzax, soʻng Xoʻjandga borib, muhtojlik va uzluksiz maʼnaviy tushkunlikda kun kechirgan. Turdi oʻzbek va fors tillarini yaxshi bilgan. „Dar mazammati sipohigari“ sheʼrida oʻzining asosiy kasbkori sipohiylik (harbiylik) boʻlganini, shu kasbi bilan uzoq yillar nimalarnidir tama qilib, shohlarga xizmat qilganini, lekin oxiroqibatda hech narsaga erisha olmaganini afsus bilan maʼlum qilgan. Lekin harbiylik bilan bir qatorda Turdi oʻz zamonasining oʻqimishli, Sharq adabiyotidan mukammal xabardor, hayot, jamiyat haqida keng tushunchaga ega kishilaridan boʻlgan. Uning jamiyatda tutgan mavqei esa oʻz atrofida yuz berayotgan voqea hodisalarga faol aralashishni taqozo etgan.
Turdining adabiy merosi 18 sheʼrdan iborat boʻlib, ulardan 12 tasi gʻazal, 5 tasi muxammas va bittasi fard janriga oid. 434 misra hajmidagi bu merosning 165 misrasi Subhonqulixon haqidagi mashhur hajviyani tashkil etgan („Subhonqulixon toʻgʻrisida hajviya“, 1691).
Turdi ham oʻz ijodini boshqa shoirlar kabi anʼanaviy ishq mavzuidan boshlagan. Uning: Turkona xirom ayladi ul shoʻxi diloro, Dil mulkini bir goʻshai chashm ayladi yagʻmo matlai bilan boshlangan ishqiy gʻazali lirikaning yaxshi namunalaridan hisoblanadi. Turdining lirik gʻazallari boshqa shoirlarnikidan oʻzining nihoyatda ixchamligi, yaʼni 3—4—5 baytdan iboratligi bilan ajralib turadi. Uning tasavvufiy sheʼrlari ham gʻoyat goʻzal va falsafiy teran mazmunga boy („…Ibrat ila boq, koʻzung tufroqqa toʻlmasdan burun“).
Turdi gʻazallarining aksariyati hali hech kim qalamga olmagan, oʻtkir ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-axloqiy mavzularga bagʻishlangan. Ayniqsa, shoirning: Tor koʻngullik beklar, manman demang, kenglik qiling, Toʻqson ikki bovli oʻzbek yurtidur, tenglik qiling … matlai bilan boshlanadigan gʻazalida yurtni boshqarayotgan beklarga murojaat qilib, ularni keng feʼlli, oʻzaro ittifoq boʻlishga, bir-birini urugʻchilik belgilariga qarab kamsitmaslikka chaqirish uning oʻz davridagi yuksak fikrli vatanparvar va haqiqiy insonparvar kishi boʻlganligidan dalolat beradi.
Subhonqulixon toʻgʻrisidagi hajviy muxammasi Turdining shoh asari xisoblanadi. Asarda Subhonqulixon davlat tepasiga kelgach, mamlakatda ahvol yomon tomonga oʻzgarganligi, osoyishtalik oʻrnini tartibsizlik, adlu-karam oʻrnini oʻzaro nifoq egallagani oʻz aksini topgan. Shohning aybi shundaki, u taxtga oʻtirishi bilanoq tajribali, ishbilarmon mulozimlarni quvib, ularning oʻrniga oʻz atrofida davlatni boshqarish ishidan butunlay xabarsiz, fikr mulohazalari sayoz, axloqan tuban kishilarni yigʻadi. Turdi bu asarida Subhonqulixon qiyofasida johil shoh timsolini yaratadi. Ushbu hajviy asari bilan Turdi oʻzbek hajviyotini Alisher Navoiydan keyin yangi bir bosqichga koʻtargan.
Turdi ijodi hayotiy faktlarga, teran mulohazalarga boyligi va uslubining realistik xarakteri bilan oʻzbek adabiyoti rivojiga samarali taʼsir qilgan. Maxmur, Gulxaniy kabi satirik shoirlar ijodining shakllanishida muhim bosqich boʻlgan. A. Majidiy tomonidan topilgan va 1924—25 yillarda nashr etilgan sheʼrlar qoʻlyozmasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.
Turdi ijodini oʻrganishga A. Fitrat, O. Sharafuddinov, H. Yoqubov kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. Shoirning A. Majidiy tomonidan topilgan va 1924–25 yillarda nashr etilgan sheʼrlar qoʻlyozmasi 30-yillardagi qatagʻonda yoʻqolib ketgan boʻlib, uni qaytadan topish va ilmiy muomalaga kiritish 1959-yili ushbu satrlar egasiga nasib etdi. Shoir asarlari qoʻlyozmasining kayta topilishi uning asarlari matnlarini toʻgʻri oʻqish va qayta nashr etishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu qoʻlyozma hozir Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida – 1407 raqam bilan saqlanmoqda.
Turdi taxminan XVII asrning 40-yillarida tugʻilib, Buxorodagi Ashtarxoniy hukmdorlardan Nodir Muhammad va uning oʻgʻillari – Abdulazizxon hamda Subhonqulixonlar davrida faoliyat koʻrsatgan. U bir sheʼrida oʻz oʻgmishini eslab:
Ahli davlatlar bilan yoru harif, hamdush edim,
Hoyu huyi bazmlarda shahd noʻshonoʻsh edim,
Xush zamonlar yuz qazoni boshida sarxush edim…
deb yozishidan anglanildiki, u odsin oʻtgan bir zamonlarda amaldorlar safida qaynoq va suronli hayot kechirgan, yuz urugʻining koʻzga koʻringan siyosiy arboblaridan boʻlgan. Shu bilan birga u oʻzi ham shu urugʻga mansub boʻlgani ehtimoddan uzoq emas.
Turdi oʻzbek va fors tillarini yaxshi bilardi. U qarigan chogʻlarida yozgan “Dar mazammati sipohigari” degan sheʼrida oʻzining asosiy kasb-kori sipohiylik (“harbiylik”) boʻlganini, shu kasbi bilan uzoq yillar davomida nimalarnidir tamaʼ qilib, shohlarga xizmat qilganini, lekin oxir-oqibatda hech narsaga erisha olmaganini afsus-nadomat bilan maʼlum qiladi.
Lekin harbiylik bilan bir qatorda Turdi oʻz zamonasining eng oʻqimishli, Sharq adabiyotidan mukammal xabardor, hayot, jamiyat haqida keng tushunchaga ega bir kishi boʻlib yetishgan edi. Uning jamiyatda tutgan mavqei esa oʻz atrofida yuz berayotgan voqea va hodisalarga faol aralashishni taqozo etgan. Aftidan u oddiy askar emas, balki qoʻshin boshliqlaridan biri, baʼzan biron siyosiy guruhning rahbari boʻlgan yoki biron shunday guruhga yon bosgan.
XVII asr Buxoro siyosiy hayotidagi eng muhim voqea Ashtarxoniylardan Nodir Muhammadning taxtga chiqishi, oradan koʻp oʻtmayoʻgʻli Abdulazizxon hukmdorlikni undan tortib olishi, bu ahvol bilan kelisha olmagan kichik oʻgʻli – Subhonqulixonning esa akasiga qarshi uzoq yillar davomida kurash olib borishi va nihoyat 1680 yilda oʻz maqsadiga erishuvi boʻlgan edi. Subhonqulixon davlat tepasiga kelgach, raqibiAbdulazizxonni Madina shahriga ketishga majbur etish bilan birga Turdi kabi unga yaqin turgan kishilarni ham quvgʻin ostiga oladi.
Subhonqulixon davrida zulm va jaholat avj olib, ayrim urugʻ va aymoqlarning manfaatlariga katta ziyon yetgan, mulklari tortib olingan, poraxoʻrlik kuchaygan. Ilm, madaniyat ham orqaga ketgan. “Tarixi Mxoniy” asari muallifi Yusuf Muhammad Munshi xabar berishicha, u 2000 bayt sheʼr yozgan jiyani shoir Qosim Sultonni ham vaqti klganda ayamaydioʻldirtiradi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay mamlakatda qattiq noroziliklar yuz berib, bu pirovardida yangi hukmdorga qarshi uyushgan xalq qoʻzgʻolonlariga aylanadi. Turdi shubhasiz, xalq tomonida turib, bu harakatlarda ishtirok etadi.
Lekin bu qoʻzgʻolonlar Subhonqulixon tomonidan ayovsiz ravishda bostirildi. Turdining shundan keyingi hayoti Xoʻjand tomonlarda, muhtojlik va uzluksiz maʼnaviy tushkunliqda kechgan. Uning Xoʻjand hokimi Oqboʻtabiy dargohidan ketib, Jizzax hokimiga mute boʻlib yashagan vaqtida yozgan turkiy muxammasi buning yorqin dalilidir. Uning bizgacha yetib kelgan sheʼrlarining katta qismi shu davrda yaratilgan. Turdi taxminan 1699–1700 yillarda vafot etgan.
Turdining adabiy merosi 18 sheʼrdan iborat boʻlib, ulardan 12 tasi Sharq sheʼriyatining gʻazal, 5 tasi muxammas va bittasi fard turiga oiddir. 434 misra hajmidagi bu merosning 165 misrasi Subhonqulixon toʻgʻrisidagi mashhur hajviyani tashkil etadi. biroq shu merosi bilan ham Turdi oʻzbek mumtoz adabiyoti tarixidan muhim oʻrin egallagandir.
Diqqat bilan nazar tashlansa, Turdi ham oʻz ijodini boshqa shoirlar kabi anʼanaviy ishq mavzuidan boshlagani, bu sohada oʻzigacha mavjud ijodiy tajribani puxta egallagani seziladi. Shoirning:
Turkona xirom ayladi ul shoʻxi diloro,
Dil mulkini bir goʻshai chashm ayladi yagʻmo,
matlai bilan boshlangan ishqiy gʻazali lirikaning yaxshi namunalaridan deb baholashga loyiq. Yana diqqatga sazovor tomoni shundaki, Turdining lirik gʻazallari boshqa shoirlarnikidan oʻzining nihoyatda ixchamligi, yaʼni 3–4–5 baytdan iboratligi bilan ajralib turadi. Turdining tasavvufiy sheʼrlari ham gʻoyat goʻzal va falsafiy teran mazmunga boy.
Turdi oʻzining tasavvuf bilan bogʻliq qarashlarini “Burun” radifi bilan yozilgan turkiy muxammasida shunday bayon etgan:
Lobaqodur qalbiy, qalbing bogʻlama iqbolinga,
Boʻlma gʻarra oriyat dunyovu mulku molinga,
Yod etib goʻru qiyomat, yigʻla doim holinga,
Bur nazar mo-u manidin, yonib oʻz ahvolinga,
Ibrat ila boq, koʻzung tufroqqa toʻlmasdan burun.
Lekin Turdi gʻazallarining aksariyati hali hech kim kalamga olmagan, oʻtkir ijtimoiy-siyosiy va falsafiy-axloqiy mavzularga bagʻishlangan. Ayniqsa shoirning quyidagi gʻazalida yurtni boshqarayotgan beklarga murojaat qilib, ularni keng feʼlli, oʻzaro ittifoq boʻlishga, bir-birini qabilachilik belgilariga qarab kamsitmaslikka chaqirishi, uni oʻz davrining eng yuksak fikrli, vatanparvar va haqiqiy insonparvar kishi boʻlganidan dalolat beradi:
Tor koʻngullik beklar, manman demang, kenglik qiling,
Toʻqson ikki boʻli oʻzbek yurtidur, tenglik qiling.
Birni qipchoqu xitoyu birni yuz, nayman demang,
Qirqu yuz ming son boʻlub, bir xon oyinlik qiling.
Bir yaqodin bosh chiqarib, barcha bir toʻngʻa kirib,
Bir oʻngurlik, bir tirizlik, bir yaqoyenglik qiling…
XVII asr sharoitida Buxoro xonligida turkiy, xususan, oʻzbek urugʻlari oʻrtasida oʻzaro nizolar kuchaygan boʻlib, shoir ularning bir-biridan uzoqlashib, mamlakatning esa mayda boʻlaklarga boʻlinib ketishini ularning oʻzlari uchun ham gʻoyat xatarli deb bilar, buning oldini olishga intilar edi. Shu bilan birga u xonlikning boshqarishda ishlayotgan, “oʻzbekman!” deb talonchilik bilan shugʻullanayotgan vakillarini dinsizlikda ayblashi, muttaham, bebosh sifatida fosh etishi achchiq hayotiy haqiqatga asoslangan edi.
Turdining shoh asari, albatta Subhonqulixon toʻgʻrisidagi hajviy muxammasidir. Shoir fikricha, Subhonqulixon davlat tepasiga kelishi bilan butun mamlakatda ahvol yomon tomonga oʻzgargan, osoyishtalik oʻrnini tartibsizlik, adlu karam oʻrnini oʻzaro nifoq egallagan.
Turdi yozishicha, Subhonqulixonning aybi shundaki, u taxtga oʻltirishi bilanoq tajribali, ishbilarmon mulozimlarni quvib, ularning oʻrniga oʻz atrofida davlatni boshqarish ishidan butunlay xabarsiz, fikr-mulohazalari sayoz, axloqan tuban kishilarni yigʻa boshlagan. Subhonqulixon va uning beklariga xos nuqsonlarni foshetishda Turdining hajviy qalami satrdan satrga, banddan bandga tobora oʻtkirlasha boradi. Shoir bu shoh haqida:
Bidʼatu zulm ani xilqatu asli zoti…
Fuqaro boʻldi bu shoh asrida koʻzi zoru nahif,
Zulmdan boʻldi raiyat elikim xoru zaif –
deb yozsa, uning beklariga:
Ey yuzi qora, koʻzi koʻr, qulogʻi kar beklar…
Yedingaz barchangiz itdek fuqaroni etini;
Gʻasb ila molin olib, qoʻymadingizlar bitini…
deb xitob qiladi. Subhonqulixon faoliyatida ham ayrim ijobiy tomonlar boʻlib, Turdi esa ulardan butunlay koʻz yumadi. Masalan: u shohlik bilan bir qatorda tibbiyot masalalari bilan izchil shugʻullangan va oʻz davrida “Tibbi Subhoniy” degan asarni yozgan. Biz 1972 yili Afgʻonistonda boʻlganimizda, Balxga yaqin Dehdodi qishlogʻi masjidida Subhonqulixonning katta kutubxonasi boʻlgani haqida maʼlumotga ega boʻlgan edik.
Toʻgʻrirogʻi, Turdi bu asarida Subhonqulixon qiyofasida qattiqqoʻl, johil shoh timsolini yaratishga harakat qilgan va bunga erishgan. Bunda Subhonqulixon obrazini biz toʻla tarixiy real shaxs sifatida emas, balki adabiy tip sifatida baholamogʻimiz zarur. Bu hajfiy asari bilan Turdi oʻzbek hajviyotini Alisher Navoiydan keyin yangi bir yuksaklikka koʻtardi.
Turdi Shayx Saʼdiy gʻazaliga bogʻlagan muxammasida esa oʻz ulugʻ salafi asarida insonparvarlik gʻoyalarini yanada chuqurlashtirdi. Saʼdiy bu gʻazalida shunday yozgan edi:
Nest on lolaki, dar bodiyaho jilvagarand,
Kushtagonandki, az xok bar ovarda sarand.
Mazmuni:
Sahrolarda jilva qilayotgan narsalar lola emas,
Balki soʻyilgan odamlardirki, tufrogʻdan bosh chiqarib turibdilar.
Turdi bu bayt oldiga quyidagi uch satrni qoʻshib, yangi band yaratgan va Saʼdiy gʻazallarini toʻldirgan:
Bargi har toza gule shohidi maddi nazarand,
Varaqi safhai manzur zi ahli basarand.
Xoʻshklab, dogʻ va dil tashna ba xuni jigarand.
Nest on lolaki, dar bodiyaho jilvagarand,
Kushtagonandki, az xok bar ovarda sarand.
Mazmuni:
Gulning har bir yaprogʻi kishi diqqatini oʻziga tortadi,
Uning har bir gulbargi esa ziyrak kishilarga manzur boʻladiganbir varaqdir.
U gullar labi qurigan, dili dogʻ, jigarining qoniga tashnadirlar.
Sahrolarda jilva qilayotgan narsalar lola emas,
Balki soʻyilgan odamlardirki, tufrogʻdan bosh chiqarib turibdilar.
Turdi muxammasining yana bir qimmatli tomoni shundaki, uning shu muxammasi tufayli Saʼdiyning boshqa qoʻlyozmalarda yoʻq bir gʻazali bizgacha yetib kelgan. Biz 1996 yili Sherozda boʻlganimizda, u yerdagi “Saʼdiy markazi” ilmiy xodimlari ham bu gʻazalni ulugʻ shoir asarlarining Eron nashrlaridan topib bera olmadilar.
Turdi oʻz sheʼrlarida Sharq sheʼriyatidagi badiiy sanʼatlardan mahorat bilan istifoda etgan holda, birinchi oʻringa hayotiy mazmunni qoʻyadi, koʻp oʻrinlarda uning sheʼriy uslubiga falsafiy tafakkur xosdir.
U oʻz ijodida hamma vaqt fikrni oʻtkir va tiniq holda, katta bilim va tushunchalar asosida, oʻziga va oʻz orzulariga, oʻz asarlarini jamiyat hayotini oʻzgartiraolish kuchiga qattiq ishonib qalam tebratgan.
Shuning uchun uning adabiy merosi bizning davrimizda ham katta maʼno kasb etib, kishilarimizning tarbiyasida muhim oʻrin tutmokda va xalqimizning chinakam maʼnaviy mulkiga aylangandir
Shoir Turdi XVII asrning oxirida Buxoroda ijod etgan demokratik tendensiyadagi adabiyotning yirik namoyandasidir. Turdi ijodida satira asosiy o’rinni egallaydi.
Ma’lumki, satira janrida ijod etish ma’lum darajada shoirdan ko’tarinki uslubdan voz kechib, xalq jonli tiliga xos uslubda asar yaratishni talab qiladi. Shu tufayli ham Turdi she’rlarida xalq tilida qo’llanadigan leksika ko’plab aks etgan. Masalan, «Subxonqulixon to’g’risida hajviya» she’rida og’zaki nutqqa xos bo’lgan ko’r, ko’ppak, qumaloq, qirchonu va boshqa so’zlar qo’llangan. Shu she’rdan olingan quyidagi parchada buning isboti ko’rinadi:
Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G‘asb ila molin olib, qo‘ymadingiz bitini,
Qamchilar dog‘ salib bo‘yung‘a, tilib bitini
Bu banddagi she’rda ham yedingiz, itdek, etini, molin, bitini, buyunga, tilib, tayoq kabi so’zlar og’zaki nutqqa xos so’zlardir.
Xalq jonli tiliga xos xususiyatlar faqat leksikada emas, balki morfologiyada ham ko’rinadi. Masalan, o’tgan zamon fe’lining II shaxs ko’pligida (qo’ymadingizlar) ko’plikning ikki marta qo’shilishi, shahar shevalaridagidek men olmoshiga —ga affiksi qo’shilgach, menga tarzida talaffuz qilinishi, izladim fe’lning shevalarda aytilganidek, istadim varianti ham qo’llangan.
Ne ayaq, ne bashig‘a yetdim, sarapa istadim,
Qayadim ikki yolnin ortasida hamrah istadim.
Turdi she’rlarida xalq jonli tili xususiyatlari bilan birga, g’arbiy tillarning ta’sirini ham ko’ramiz. Albatta, bunda ulug’ ozarbayjon shoiri Fuzuliyning asarlaridan ilhomlangan bo’lsa kerak. Shu ta’sir natijasida ayrim so’zlarda, ko’pincha so’zning boshnda keluvchi t tovushi d ga o’tadi.
Fitna sho’r hama ila maskun dutdi
Xublar masnadini sifla bilan dun dutdi.
O’g’uz tillarida qo’llanadigan cho’x (ko’p) so’zidan foydalangan:
Tufrag‘da jan bitsa, ravadur, ne ajab gul
Mux sarvi sixl etdi nihan ko‘zlari shahla.
Shunday qilib, Turdi bir tomondan ulug‘ Navoiy tradisiyalarini davom ettirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan Ozarbayjon shoiri Fuzuliy ijodidan ta’sirlandi.
Shu tufayli adabiy tilda Alisher Navoiy an’analarini saqlagan bo’lsa, ikkinchi tomondan o’g’uz tili elementlaridan foydalandi.
Shoir Turdi XVII asrning ikkinchi yarmida Buxoroda yashab ijod etgan. Uning bizgacha yеtib kеlgan asarlari 1924- yilda topilgan 28 bеtli shе'rlar to`plamidan iboratdir. Bu to`plam O`zbеkiston Fanlar akadеmiyasi Bеruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi, unda hammasi bo`lib 450 misraga yaqin 17 ta shе'r bor. Shе'rlarning 15 tasi o`zbеk tilida, 2 tasi tojik tilida yozilgan.
Shoir bu shе'rlarida zolim Subxonqulixon va uning amir-amaldorlari, ularning zulmi va o`zboshimchaligini fosh qiladi. Mamlakat va xalq manfaatini kuylaydi.
Xalq qo`liga tama' bila tikib ko`z,
So`zlamas ul g`amidin yuzi qarolar bir so`z.
Turdi o`z badiiy uslubi va tilining xalqqa yaqin va tushunarli bo`lishiga intildi.
Turdi shе'rlarida xalq jonli tily xususiyatlari bilan birga ozarbayjon tili, ya'ni Fuzuliy shе'riyatining samarali ta'siriny ham ko`ramiz.
Fitnayu shor hama rub ila maskun dutdi,
Yaxshiliq qilma tama', zulm ila do’ldi afaq.
Qaratqich kеlishigining qo`shimchasi -ning, -ing shakllarida ishlatiladi. Tushum kеlishigi qo`shimchasi -ni, -in bilan birga, -n, -i shakllarida ham uchraydi. Chiqish kеlishigining qo`shimchasi –din,-tin shaklida, jo`nalish kеlishigining qo`shimchasi -g`a -ga, -a shaklida qo`llanadi.
Yеtmadim hеch yеra bu qafiya paymanlig`din ...
Harakat nomlari jo`nalish kеlishigi bilan turlanganda fonеtik o`zgarish yuz bеradi.
Zarni jam aylamag`a hirsu hava bеsh tutib,
Yuzini ko`rmaga hasratda boldim eshitib nomin.
Turdi asarlari tilida Sa'diy g`azaliyoti, Navoiy hajviyoti, qardosh ozarbayjon shoiri Fuzuliy shе'riyati tilining samarali ta'sirini ko`rish mumkin.
Download 21.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling