Adabiyot 5- sinf
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483-1530)
Download 248 Kb.
|
5-SINF 2-QISM
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR (1483-1530)
“Bobur ” so’zining ma’nosi qanday? A) arabcha “arslon” B) arabcha “she’r” D) forscha “arslon” E) forscha “she’r” Boburiylar sulolasi Hindistonda necha yil hukmronlik qiladi? A) ikki yuz yildan oldin B) uch yuz yildan ortiq D) ikki yuz yil E) yuz ellik yildan oldin “Boburnoma ” asarining muallifi kim ? A) Navoiy B) Bobur D) Mashrab E) Shayx Sa’diy 4. Bobur qachon va qayerda tug’ilgan ? A) 1483- yil 9-fevralda Andijonda B) 1483- yil 14- fevralda Andijonda D) 1483- yil 14- fevtalda Samarqandda E) 1483- yil 14- fevtalda Farg’onada 5.Otasi Umarshayx Mirzo qasi viloyatning hokimi edi? A) Andijonda B) Farg’onada D) Toshkentda E) Namanganda 6.Boburning onasi Qutlug’ Nigorxonimning otasi Yunusxon qaysi viloyatning hokimi edi? A) Andijonda B) Farg’onada D) Toshkentda E) Namanganda 7.Bobur necha yoshida Samarqandni qo’lga kiritadi? A) 12 B) 13 D) 15 E) 16 8. Bobur Samarqandni necha marta qo’lga kiritadi? A) 2 B) 3 D) 4 E) 1 9. Bobur nechanchi yili Xurosonga o’tadi ? A) 1502 B)1503 D) 1504 E) 1505 10. Bobur nechanchi yili Hindistonni qo’lga kiritadi ? A) 1525 B)1523 D) 1524 E) 1526 11.Bobur xoki hozirda qayerda ? A) Agrada B) Kobulda D) Andijonda E) Dehlida 12. Boburning nechta she’riy to’plami mavjud? A) 2 B) 3 D) 4 E) 1 13. Boburning nechta she’riy to’plami hozirgacha bizga yetib kelgan? A) 2 B) 3 D) 4 E) 1 14. Boburning nechta she’rlari bizga yetib kelgan? A) 200dan ortiq B) 300 dan ortiq D) 400dan ortiq E) 100dan ortiq 15.Bobur devonidagi she’rlaridan nechtasini ruboiylar tashkil qiladi? A) 200dan ortiq B) 300 dan ortiq D) 400dan ortiq E) 100dan ortiq 16. Bobur Samarqandni tashlab ketishga majbur bo’lganda hamda Andijonda hiyonatga duch kelganda qaysi ruboiysini yozadi? A) Tole’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi, Harishni ayladim xatolig’ bo’ldi … B) Beqaydman-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig’ishtirur laim emasmen… D) Ko’ngil tilagan murodiga yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi… E)Hajringda but un ko’ngilda qayg’u erdi, Vaslingg’a yetishmadim, jihat bu erdi… 17.Boburning qaysi G’azalida o’z yurtiga qaytishini, o’zga yurtlarda qolmaligini ta’kidlaydi? A) Tole’ yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi, Harishni ayladim xatolig’ bo’ldi … B) Beqaydman-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig’ishtirur laim emasmen… D) Ko’ngil tilagan murodiga yetsa kishi, Yo barcha murodlarni tark etsa kishi… E)Hajringda but un ko’ngilda qayg’u erdi, Vaslingg’a yetishmadim, jihat bu erdi… 18.Bobur ruboiylarida Vasl qanday ma’noni bildiradi? A) sevimli yorni B) Vatanga erishishni D) Vatandan uzoqda bo’lishni E) yoriga erishishni 19.Hijron qafasida jon qushi dam qiladur, G’urbat bu aziz umrni kam qiladur… ushbu baytda ostiga chizilgan so’zning ma’nosini toping? A) g’ariblik B) azob D) ko’ngil E) erk 20.Mumtoz adabiyotda Tuya va boshqa ulov ustiga o’rnatilgan , odam o’tiradigan , usti yopiq kajava nima deyiladi? A) dahr B) mahmil D) guzar E) ahbob 21.Ey bodi sabo, ayla Xurosonga guzar, Mendin degil yori parishonga xabar… ushbu baytda ostiga chizilgan so’zning ma’nosini toping? A) issiq shamol B) mayin shabada D) tongi shamol E) B-D javoblari 22. Boburni seningdek o’zga yo’q yori azizi, alqissaki, umri jovidonim sensan… ushbu baytda ostiga chizilgan so’zning ma’nosini toping? A) abadiy yashash B) hayotim D) boqiy umr E)A-D javoblari 23.Ruboiy so’zi qaysi tildan olingan ? A) turkcha B) forscha D) arabcha E) o’zbekcha 24.Ruboiy qofiyalanishiga ko’ra necha turga bo’linadi? A) 2 B) 3 D) 4 E) turga bo’linmaydi 25. Taronayi ruboyining qofiyalanish tartibini toping? A) a-a-a-b B) a-b-a-b D) a-a-b-a E) a-a-a-a 26. Xossayi ruboyining qofiyalanish tartibini toping? A) a-a-a-b B) a-b-a-b D) a-a-b-a E) a-a-a-a 27.Ko’pdin berikim yor-u diyorim yo’qtur, Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo’qtir. Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur. Ushbu ruboiyda qofiyadosh so’zlarni toping. A) diyorim, qarorim B) ixtiyorim , qarorim D) diyorim, qarorim, ixtiyorim E) yo’qtur 28. Ko’pdin berikim yor-u diyorim yo’qtur, Bir lahza-yu bir nafas qarorim yo’qtir. Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur. Ushbu ruboiyda radifni toping. A) diyorim B) ixtiyorim D) qarorim E) yo’qtur Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling