Adabiyot 5-sinf


Download 326.11 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi326.11 Kb.
#1205070
Bog'liq
aruz vazni

Adabiyot 8-sinf


Mavzu: Nazariy ma’lu-mot: tajnis san’ati, tuyuq janri, aruz vazni.

TAJNIS SAN’ATI


TAJNIS– shakldosh so‘zlar
Bo‘ying sarv-u sanubardek, beling qil,
Vafo qilg‘on kishilarg‘a vafo qil
qil:

TUYUQ JANRI


TUYUQ – turkiy janr bo‘lib, 4 misradan iborat, a-a-a-a yoki a-a-b-a qofiyalanadi, qofiyasida tajnis qo‘llaniladi.
Ramali musaddasi maqsur

TUYUQ JANRI


yozamen – yozg‘iraman (shikoyat qilaman);
yoza men – yozga men;
yozamen – yozaman (bitaman).
Charxi kajraftor elidin yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
Har necha ul shahg‘a qulluq yozamen

a
a
b
a

TUYUQ JANRI


Men sening ilkingdin, ey dil, bandamen, a
Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men. a
Bevafolarg‘a meni qilding asir, b
Sen menga sultonsen, ey dil, banda - men. a
  • dil, bandamen - yurak, (men) banddaman (bog'langanman);
  • dilbanda men - dilbandga men;
  • dil, banda - men - yurak, banda (qul) - men.

ARUZ VAZNI


Arab she’riyati ta’sirida paydo bo‘lgan she’riy vazn bo‘lib, qisqa-cho‘ziq hijo, ya’ni bo‘g‘inlarning guruhlanib takrorlanishiga asoslanadi.
BARMOQ
ERKIN
ARUZ

HIJO – BO‘G‘IN


Dil ra bo
- v -
An zi rat
- v -
Na vo iy
v - -
Bobur
- ~
v qisqa hijo: talab kitob
v - v –
  • cho‘ziq hijo:

  • a) unlili ochiq bo‘g‘in: dono ro‘yo
    - - - -
    b) yopiq bo‘g ‘in: malham, gulshan
    - - - -
    ~ o‘ta cho‘ziq hijo: mudom dard
    v ~ ~

“Bu ko‘nguldur, bu ko‘ngul”


Meni shaydo // qiladurg‘on // bu ko‘nguldur,// bu ko‘ngul,//
- v - - - v - - - v - - - v -
Xor-u rasvo // qiladurg‘on // bu ko‘nguldur, // bu ko‘ngul.//
- v - - - v - - - v - - - v -

Ramali musammani mahzuf
foilotun foilotun foilotun foilun
4-MURABBA’
6-MUSADDAS
8 - MUSAMMAN
RAMAL

TUYUQ VAZNI


Charxi kajraf // tor elidin // yozamen //
Chiqmadim hij // ron qishidin // yoza men //
Bir meni yor // liq bila yod // etmas ul //
Har necha ul // shahg‘a qulluq // yozamen //
- v - - - v - - - v -
Ramali musaddasi mahzuf

MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQ

1.Quyidagi so‘zlarning qanday hijolardan tarkib topganini aniqlang.

O‘zbekiston, Namangan, Buxoro, Andijon.

2. Navoiy, Bobur tuyuqlaridagi tajnisli qofiyalarni sharhlashga harakat qiling.

3.Lutfiy tuyuqlaridan birining vaznini aniqlashga harakat qiling.


Download 326.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling