1. Mohlaroyim ismli shoiraning adabiy tahallusi qaysi? A nodira b maknuna c komila d mohlaroyim


Download 44.36 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi44.36 Kb.
#1159190
  1   2   3   4
Bog'liq
8-sinf adabiyot test 12.02.2021


1.Mohlaroyim ismli shoiraning adabiy tahallusi qaysi?
A)Nodira B)Maknuna C)Komila D)Mohlaroyim
2.Nodira kimning she’riga nazira bitgan?
A)Uvaysiy B)Lutfiy C)Navoiy D)Bobur
3.Musammatlar qatorida musamman necha baytlik?A)5 B)6 C)7 D)8
4.Firoqnoma necha baytlik? A)7 B)8 C)9 D)10
5. “Eshit” radifli g’azali kimlarga qaratilgan?
6.Nodiraning qancha devoni qolgan va turkiy devonida qancha g’azal mavjud?
A)2ta, 188 B)1 ta,189 C)2ta,189 D)3ta,189
7.Nodiraning og’illarining ismi nima?
8.Yetti beytdan iborat bu oshiqona g’azal o’zbek mumtoz she’riyati uchun an’anaviy bo’lgan ramali musammani mahzuf vaznida yozilgan?
A) “Oqibat” radifli g’azal B) “Eshit” radifli g’azal C) “Etib ket” radifli g’azal D) Firoqnoma
9.Kimlar Nodiraning she’rlariga nazira bitgan?
A) Zokirjon,Furqat B)Zokirjon,Muqimiy C)Niyoziy,Furqat D)Furqat,Fitrat
10.Qasi g’azali 9 baytdan iborat bo’lib, vazni hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzufda bitilgan?
A) “Oqibat” radifli g’azal B) “Eshit” radifli g’azal C) “Etib ket” radifli g’azal D) Firoqnoma
11.Tarixiy shaxs,tarixiy joy va tarixiy faktlar keltirilgan she’riy san’at qaysi?
A)Talmeh B)Tazod C)Irsoli masal D)Tashbeh
12. ul Oy, u loy, uloy (ulay) kabi so’zlar qaysi she’riy san’atda qo’llangan?
A)Talmeh B)Tazod C)Irsoli masal D)Tajnis
13.Birinchi jahon urushi yillarida bolaligiga borib,urushning butun dahshati va asoratlarini to’liq his qila olmagan bo’lsa yangi urushni va uni qo’zg’alonlarini ijodkor o’zining shaxsiy ashddiy dushmani deb bildi va shu yillari qanday asarlarni yaratdi?
14. Tong otar chog’ida juda soginib,Bedil o’qir edim,chiqdi oftob. Bu she’r kimning qaysi she’ri va qanday she’riy san’at qo’llangan?
15. …Dur bo’lib taqilar yoring bo’yniga,Sadafday ko’zimga behuda bu yosh.Qanday she’riy san’at qo’llanilgan? A)Talmeh B)Tazod C)Irsoli masal D)Tashbeh
16.G’.G’ulomning ”Sog’nish” she’ri kimga bag’ishlangan?
A)o’g’li Jo’raxon B)o’g’li Jo’rabek C) ukasi Jo’raxon D) ayoli Muharram
17. “Cholg’u tovushi” kimning ilk she’ri? A)M.Shayxzoda B)Oybek C)G’.G’ulom D)Nodira
18. “Bexosdan uzilgan shoda dur kabi” kabi misralar bilan boshlanuvchi she’rning nomi nima?
A) “Qoraxat” B) “Kuz yomg’iri…” C) “Namatak” D) “O’zbekiston”
19.Nodiraning onasining ismi nima? A)Oyishabegim B)Komilabegim
C)Qutlug’nigorxonim D)Mohloroyim
20. Kimlar eridan erta ajralgan?
21.Nodiraning turmush o’rtog’i kim? A)Umarxon B)Olimxon C)Nasurullaxon C)Bobur
22.Nodiraning forsiy devoning nomi?
23.Nodiraning g’azallarini yozing?

24.Qaysi asarning mazmun-mohiyati shoira umumijoddagi mavzu va ohanglar bilan chambarchas bog’liq? A) “Oqibat” radifli g’azal B) “Eshit” radifli g’azal C) “Etib ket” radifli g’azal D) Firoqnoma


25.Qaysi g’azalda qofiyadagi so’zlarning barchasi egalik qo’shimchasi bilan kelgan fors-tojikcha so’zlardan tashkil topgan?
A) “Oqibat” radifli g’azal B) “Eshit” radifli g’azal C) “Etib ket” radifli g’azal D) Firoqnoma
26. “Ahdu paymonlar qilib erdi: “Vafo qilgum”,- debon,
Ayladi tarki vafo ul ahdi yolg’on oqibat” g’azalida qaysi she’riy san’at qo’llanilgan?
A)Talmeh B)Tazod C)Irsoli masal D)Tashbeh
27.Nodiraning qaysi g’azali 9 baytdan iborat bo’lib,ramali musammani mahzufda yozilgan?
A) “Oqibat” radifli g’azal B) “Eshit” radifli g’azal C) “Etib ket” radifli g’azal D) Firoqnoma
28.Shayx san’on va sulaymon kabi tarixiy shaxslar qaysi g’zalda qo’llanilgan?
A) “Oqibat” radifli g’azal B) “Eshit” radifli g’azal C) “Etib ket” radifli g’azal D) Firoqnoma
29.Olam chamanki,bevafodur,Bir oh bila xazon etib ket.Qaysi sh’riy san’at qo’llanilgan?
A)Talmeh B)Tazod C)Irsoli masal D)Tashbeh
30.Eski o’zbek tilida tamsil,maqol va matallar “masal” yoki “zarb ul-masal” bu qaysi she’riy san’at? A)Talmeh B)Tazod C)Irsoli masal D)Tashbeh
31.Asli arabchadan olingan bu so’z lug’aviy jihatdan “jinsdosh”, ya’ni “shakldosh” degan ma’noni anglatadi? A)Talmeh B)Tazod C)Tajnis D)Tashbeh
32.«Farhod va Shirin» dostonida Farhodning dushmani kim?
A) Sheruya B) Xusrav C) Boniy D) Qorabotir
33.Xalq dostonlarini kuylagan mashhur baxshilarni ko‘rsating.
1) Tilla kampir; 2) Sulton kampir; 3) Rasulbek Hasan o‘g‘li; 4) Bo‘ron shoir; 5) Jumanbulbul;
6) Josoq; 7) Yo‘ldosh bulbul; 8) Yo‘ldosh shoir; 9) Suyar shoir.
A) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8, 9 B) ) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 D ) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8, 9
34. Lutfiy g'azalida qo'llangan radifni toping ?
A) Kelmadi, bu kongul B) Xoh inon, xoh inonmi ,qilg'il
D) Xoh inon xoh inonma; bu ko'nguldir bu ko'ngul C) Topmadim; kelmadi
35. Tuyuqning qofiyalanishini toping ?
a) a-a, b-a, d-a b) a-a-a-a-a,b-b-b-b-a d) a-a, b-b. d-d e) a-a-a-a yoki a-a-b-a
36. „... o'z zamonasining malikul kalomi erdi va turkcha devoni mashhurdir". Navoiyning ushbu ta'rifi kirn haqida aytilgan?
A. Abdurahmon Jomiy B. Mavlono Lutfiy C. Xusrav Dehlaviy D. Nizomiy Ganjaviy
37.Lutfiyning ,,Xoh inon, xoh inonma" g'azalida uchramaydigan qofiyadosh so'zni toping.
A. Guzarim B. Xabarim C. Basarim -P. Mehvarim
38.Lutfiyning ,,Bu ko'nguldur, bu ko'ngui" radifli g'azaliga nazira bitgan shoir kirn?
A. Nodira B. Bobur C. Mashrab D. Furqat
39. Husayn Boyqaro tomonidan Alisher Navoiyga berilgan ,,Muqarrabi shohiy", ya'ni shohning cng yaqin kishisi martabasining qanday imtiyozi bor cdi?
A.Shohning o'rniga yorliqlarga muhr bosish huquqi berilgan.
B.Bu martabadagi kishiga shohga bir masala yuzasidan 7 maitagacha murojaat qilish huquqi berilgan.
C.Shohning ishonchli vakili sifatida elchilik qilgan.
D.Saroydagi ichki tartibga, haram ishlariga aralasha olgan.
40.Olimlarning fikriga ko’ra Lutfiy ijodiy merosining necha foizini g’azallar tashkil etadi?
A )75 B)65 C) 45 D)85
41. Lutfiyning ozoq umr ko’rgani va uning qabrining Dehikaronda joylashganligi haqidagi ma’lumotlar A. Navoiyning qaysi asarida uchraydi?
A)Majois un- nafois B) Mahbub ul- qulub C)Nasoyim ul muhabbat D) Muhokamat ul lug’atayin
42.” Gul va Navzo’z ” asarining janrini toping?Roman B) qissa C) doston D) ocherk
43 Lutfiyning “’ Xoh inon, xoh inonma ” g’azalidagi qofiyadosh so’zlar noto’g’ri berilgan qatorni toping?
A) sevarim, jigarim, saharim B) basarim , nazarim siymbarim
C)saharim , guzarim basarim D) go’zalim , xabarim , basarim
44 Lutfiyning “ Xoh inon, xoh inonma ” radifli g’azalining qaysi baytida talmeh sanati qo’llangan? A)1 B)3 C)5 D7
45 Lutfiyga xos lutf bilan yozilgan g’azal qaysi?
A)Ayog’ingga tushar har lahza gisu B) Xoh inon ,xoh inonma
C)Bu ko’ngildir ,bu ko’ngil D)Bu kechar jahonda soqiy
46. Lutfiy o’ziningning qaysi g’azali qofiyasida arabiy forsiy kalimalardan qo’llaydi?
A)Ayog’ingga tushar har lahza gisu B) Xoh inon ,xoh inonma
C)Bu ko’ngildir ,bu ko’ngil D)Bu kechar jahonda soqiy
47 .Lutfiy qaysi g’azalida boshidan oxirigacha maqol ishlatgan?
A)Ayog’ingga tushar har lahza gisu B) Xoh inon ,xoh inonma
C)Bu ko’ngildir ,bu ko’ngil D)Bu kechar jahonda soqiy
48.Navoiyning o’zbekcha ruboiylari qaysi devonda keltirilgan va ularning soni nechta?
49.Navoiyning o’zbek tilidagi ruboiylari qancha?
A)500 dan ortiq B)500ga yaqin C)400 dan ziyod D)400 ga yaqin
50.Navoiyning haykallari qayerlarda joylashgan?
51.Navoiyni qaysi ruboiysi Eronning Mahshad shahrida musofirchilikda yurgan vaqtda yozilgan?
52. “Badoye’ ul-vasat” devoni tarkibiga kirgan ruboiylar soni?A)11 B)15 C)13 D)14
53.”Sarvi gulrux” so’zida qaysi she’riy san’at qo’llanilgan?
A)Talmeh B)istiora C)Irsoli masal D)Tashbeh
54. “Yakka”, “ tanho”, Boshi ochiq” kabi ma’nolarni bildirgan janr?
55.Ulki,Haq borinda maqsud istagay harzotdin,Mehr borinda yorug’lug’ ko’z tutar zarrotdin.Qaysi janrda yozilgan?
56.Olimlarning hisob-kitobiga ko’ra,shoir Lutfiy merosining umumiy miqdori qancha?
57. “…To’qson to’qqiz yoshida olamdan o’tdi. Qabri Dehikanordadur, o’z maskani erdi? Ushbu so’zlar kimga tegishli va kim haqdida?
58.Qaysi janr arab va forsiy tilda yo’q faqat turkiy tilde mavjud?
59.Reyxstag ustiga g’alaba turg’in,Qadashda otilgan jangchining o’qi.Bu misralar kimning she’ri va nomi nima?
60.Poyida yig’laydi, kumush qor yum-yum….Nafis chayqaladi bir tup na’matak. Bu misralarda qaysi sh’eriy san’at qo’llanilgan? A)Tashxis B)Tazod C)Irsoli masal D)Tashbeh

Download 44.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling