1. Mohlaroyim ismli shoiraning adabiy tahallusi qaysi? A nodira b maknuna c komila d mohlaroyim


USMON NOSIR, SAID AHMAD, ASQAD MUXTOR BO‘YICHA TEST


Download 44.36 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi44.36 Kb.
#1159190
1   2   3   4
Bog'liq
8-sinf adabiyot test 12.02.2021

USMON NOSIR, SAID AHMAD, ASQAD MUXTOR BO‘YICHA TEST.
1. Usmon Nosirning qaysi she‘rida shoir ijodining yetakchi mazmuni she‘riyat va hayot oshig‘ligi namoyon bo‘ladi?
A) "Yurak" B) "Bog‘im" C) "She‘rim” D) "Yana she‘rimga"
2. Usmon Nosir nimani "Bahom-umrning bahosiga teng", degin deydi?
A) yurakni B) she‘rni C) ilhomni D) umrini
3. Darslikdagi Usmon Nosir ijodini kim yoritgan?
A) Naim Qayumov B) Najmiddin Komilov C) B.To‘qliyev D) O‘tkir Rashid
4. Usmon Nosir dostonlari berilgan qatorni toping?
A) "Quyosh bilan suhbat", "Safarbar satrlar", "Traktrobod"
B) "Norbo‘ta" "Naxshon" C) "Atlas", "Zafar", "So‘nggi kun" D) "Yurak", "Mehrim"
5. Usmon Nosir qaysi she‘rida vatanga nafi tegmay yashashdan o‘limni afzal ko‘rishini aytadi?
A) "Yurak" B) "She‘rim” C) "Bog‘im D) "Monolog"
6. Usmon Nosir dramalari berilgan qatorni toping.
A) "Quyosh bilan suhbat", "Safarbar satrlar", "Traktrobod"
B) "Norbo‘ta", "Naxshon"
C) "Atlas", "Zafar", "So‘nggi kun", "Dushman" D) "Yurak", "Mehrim"
7. U.Nosir tarjima qilgan asarlarni belgilang.
1. Shekspir "Hamlet"; 2. Gyote "Faust"; 3. Pushkin "Bog‘chasaroy fontani"; 4. Kirshon "Ulug‘ kun"; 5. Dyuma "Uch mushketyor"; 6. Lermontov "Iblis"; 7. Dobrolyubov "Haqiqiy kun qachon keladi?
A) 1, 2, 3, 5 B) 1, 3, 5, 6 C) 3, 4, 6, 7 D) 1, 2, 5, 7
8. Usmon she‘riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki bo‘ronday! U shunday to‘polon va to‘lqin bilan kirib keldiki, uncha-muncha she‘riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi". Ushbu ta‘rif muallifi kim?
A) A.Oripov B) Xurshid Davron C) Turob To‘la D) A. Qahhor
9. "Ufqdan botar quyoshni Shart kesilgan boshga o‘xshatdim", - degan so‘zlar Usmon Nosirning qaysi she‘ridan olingan?
A) "Nil va Rim" B) "Monolog" C) "Yurak" D) "Yana she‘rimga
10. Usmon Nosirning she‘riy to‘plamlarini toping.
1. "Quyosh bilan suhbat", 2. "Safarbar satrlar", 3. Atlas", 4. "Zafar", 5. "Traktrobod", 6."Yurak", 7. "Mehrim", 8. "Norbo‘ta", 9. "Naxshon", 10. "So‘nggi kun", 11. "Dushman" A) barchasi B) 1, 2, 3, 6, 7, 8 C) 1, 2, 5, 6, 7 D) 1, 2, 10, 11

Download 44.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling