Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
G‘ulom gardish – xizmatkorlar (qadim o‘tmishda qullar) yashashi uchun
qurilgan boshpana. 2 7 qilib qo‘yaman. Boringki, haftada choychaqangizni ham berib turay, illo boshqa pul vajidan uzr... – Xo‘p, xo‘jayin, o‘ylashib ko‘ramiz, – dedi Omon. Xo‘jayin ichkariga kirib ketgandan keyin Omon ikkovimiz maslahat- lashdik. Darvoqe, xo‘jayinning aytgani to‘g‘ri, oldi qish, boradi- gan, yotadigan makonimiz yo‘q. Bundan ko‘ra durust joyning topilishi ham gumon. Mendagi olti tanga bir miri bilan qish chiqarish qiyin. Shu yerda qolishga rozi bo‘ldik. – Bo‘lmasa, – dedi xo‘jayin, – cho‘zilib choy ichishib o‘tir- manglar, ukalar. Bittang bu yerda qol, bittang, otameros, bo- shing toshdan bo‘lgur sigirim bor, shuni olib chiqib ekindan bo‘shagan yerning uvatlarida yetaklab yurib boqib kelasan, bu yerda qolganing bitta-yarimta mehmon-izlom kelsa, choy-poyga qarab turasan, – dedi. Omon uyda qolishni yoqtirib qoldi. Chunki samovarning ja- g‘illaganiga quloq solib, mehmonlarning gapini tinglab o‘tirish- ni yaxshi ko‘rar edi. Undan tashqari, bugun kechasi bechora besh-olti marta «qatnaganidan» dalaga chiqib sigir o‘tlatib yurish unga xiyla jabr bo‘lar edi. Shunday qilib, sigirni men boqadigan bo‘ldim. U uyda qola- digan bo‘ldi. Xo‘jayin og‘ilxonadagi ola sigirni ko‘rsatib olib chiqishni buyurdi. Sigir jonivor og‘ilxonadan olib chiqishda juda yuvosh ko‘rindi. Yetaklab olib ketdim. Sigir orqamdan ergashib kelardi. Biroz yo‘l yurib to‘qayga yaqinlashganda sigirning qadami sustlashib qoldi. Orqaga tortildi. Jonivor charchab qoldi, shekilli, deb o‘ylab, orqasiga qo‘limdagi xipchin bilan bir urar- manmi, sigir o‘zini yerga ko‘tarib urdi. Ko‘zlari olayib ketgan, og‘zidan ko‘pik chiqarib, dag‘-dag‘ titrab, oyoqlarini silkitar edi. Juda ham kayfim uchib ketgan, nima qilishimni bilmasdan sigirning atrofida parvona bo‘lib aylanar edim. Yordamga chaqiray desam, hech kim yo‘q... 2 8 Shu ahvolda tipirchilab yotgan, tering sangob 1 da chirigur sigir birdan irg‘ib o‘rnidan turib dumini xoda qilib bir qochib berdi. Qani endi bu harom o‘lgur o‘ziga yetkazsa. Xo‘jayinning otameros, qadrdon sigiri bo‘lgani uchun ko‘zdan yo‘qolmasin deb men ham oyoq-poyoqlarimga tikan-cho‘kirtak kirganiga qaramasdan jonimning boricha uni quvlar edim. Go‘shting olaqarg‘aga xomtalash bo‘lgur, men yetib borgunimcha o‘t chimdib turadi, yetib borganimdan keyin, menga bir qarab qo‘yadi-da, xuddi sag‘risiga bo‘ka 2 tushganday yana o‘ynoqlab qochadi. Kechgacha shu zaylda sigir quvlab umrim o‘tdi. Kun bo‘yi uning boshbog‘ini qo‘lga kirita olmadim. It quvlagan tulkiday holdan toygan edim. Kun botishga og‘ganda butun kuchimni oyog‘imga to‘plab, astoydil chopib boshbog‘ini qo‘lga kirgizdim. Ming siltashiga qaramasdan mahkam ushlab siltay boshladim. Ming mashaqqatlar bilan qo‘rg‘onga yetkazib og‘il- xonaga bog‘ladim. Rangim o‘chib ketgan bir holatda Omonning yoniga keldim. Omon o‘zining muhabbat qo‘ygan arqon karavotida yonboshlab yotar edi. Hol-ahvol so‘radim: – Ha, ishing qalay, Omon og‘ayni? – E, so‘rama, o‘rtoq, – dedi, – bo‘kib qoldim. – Iye, nimaga bo‘kasan? – Sen ketganingdan keyin xo‘jayinning bir-ikki qur oshnalari mehmon bo‘lib kelishdi, uyda desang, yangalarim tushmagur juda ham pazanda ekan, ming turli noz-ne’matlarni pishirib chiqarib turibdi, hali manti, hali tandir kabob, hali lag‘mon, hali holvaytar deysanmi, ishqilib, noz-ne’matlarning ichiga ko‘milib ketdim. Bitta-bitta cho‘qilab, qornim yorilguday bo‘lib ketdi. Kechagi sabzixo‘rlikning bugun hissasi chiqdi. Undan keyin mehmonlar tarqalishdi. Xo‘jayinning uch-to‘rtta qo‘shni deh- 1 Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling