Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
«Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum et-
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov.
«Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum et-
moqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saq- lamoqchi bo‘lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug‘ adib Cho‘lpon ayt- ganidek, adabiyot yashasa – millat yashaydi». 1 Demak, adabiyot darsi Siz uchun shunchaki vaqt o‘tkazib, o‘qituvchi savollariga bir amallab javob berib, qoniqarli baho qo‘yganiga xursand bo‘lib chiqib ketadigan dars bo‘lmasligi kerak ekan-da. Adabiyot Sizni nafaqat olim, balki ODAM 1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. 139–140-betlar. 1 0 bo‘lishingizga ko‘maklashadigan eng yaqin do‘stingizga ayla- nishi qanchalar muhim. Bilingki, bu do‘st Sizga hech qachon xiyonat qilmaydi, hech vaqt Sizni yo‘lg‘iz qoldirmaydi, biror payt joningizga tegmaydi, zeriktirmaydi. Adabiyotga qo‘lingiz- nigina emas, qalbingiz, yuragingizni bering, u bilan yorug‘ kunlarni ko‘zlab safarga chiqing. Safaringiz mazmunli bo‘lsin, aziz o‘quvchi! 1. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari- movning badiiy adabiyot va ijodkorlar haqidagi fikrlarini so‘z- lab bering. 2. «Adabiyot» so‘zining lug‘aviy ma’nosini izohlang. 3. Adabiyot nega «ma’naviyat xazinasi» deb nomlanishini tushun- tirib bering. 4. Qaysi adabiy asarni o‘qiganingizdan keyin o‘zingizda jiddiy o‘zgarish his qilgansiz? Shu o‘zgarishni izohlab bera olasizmi? 5. O‘zingizni yetarli darajada kitob o‘qiyapman deb hisoblay- sizmi? 6. «Kitobdan kitobning farqi bor» degan gapni qanday tushunasiz? 7. Sizni va tengdoshlaringizni ko‘proq nimalar qiziqtiradi? Ular orasida adabiy asarlar o‘qishga chanqoqlik ham bormi? 8. Agar bir aylanib yozuvchi bo‘lib qolsangiz, eng avvalo, nimalar to‘g‘risida yozgan bo‘lardingiz? 9. «Ma’rifatli kishi» deganda yaqinlaringizdan kimni ko‘z ol- dingizga keltirasiz? Bunday odamdan nimalarni o‘rgangan bo‘lardingiz? 10. Ota-onangizning vaqti bo‘lmaganda, ukalaringizni atrofingizga yig‘ib biror kitob o‘qib berishni odat qilganmisiz? 11. Yozuvchi Abdulla Qahhor: «Adabiyot – atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak», – degan edi. Shu gapni izohlab berishga urinib ko‘ring-chi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling