Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Muzd – xizmat haqi, to‘lov. 2 Korafta –
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Muzd – xizmat haqi, to‘lov.
2 Korafta – tajribali, ko‘pni ko‘rgan. 3 Sallox – qassob, teri shiluvchi. 4 Pud – 16,38 kilogrammga teng og‘irlik o‘lchov birligi. 3 4 sal shubha kelib qoldi. «Balki bu gal rostakam qilib mendan o‘chini olar, o‘zi ketib qolar-da, men bu yerda xumchaga tush- gan sichqonday qamalib qolarman», – deb o‘yladim-da, darrov qopdagi go‘shtni bo‘shatib, ichiga o‘zim tushib oldim. Qopning labiga bitta kesak o‘rab, arqonni mahkam qilib bog‘lab «tort» dedim. Omon zo‘r bilan tortib oldi. Men o‘sha paytlarda uch puddan ortiq kelmas edim. Omon meni go‘sht deb o‘yladi. Dar- haqiqat, mening fikrim to‘g‘ri chiqdi. Qopni tortib olgandan ke- yin pastga qarab: – Qo‘lga tushding-ku, qani endi xo‘jayinga javob berib ko‘r, ha, nomard! – dedi-da, inqillab-sinqillab, sekin, avaylab qopni arqon bilan ko‘chaga tushirdi. O‘zi tomning pastroq joyini mo‘ljallab sakrab tushdi-da, qopni ko‘tarib jo‘nab qoldi. Shunday qilib, bir butun sigir go‘shtidan bir chaynam ham bizga nasib bo‘lmadi. Shuncha ovoragarchilik boshimizga yuk bo‘ldi. Omonning orqasida juda sekinlik bilan nafas olib borar edim. Yo‘lda «uh» deb qopni yerga qo‘yib, bir-ikki joyda dam ham oldi. Bilmayman, qaysi qishloqqadir kirib borar edik. Men qop- ning ichida bo‘lsam ham kun yorishayotganligini sezar edim. Yo‘ldan bir it chiqib qoldi. Omonni taladi, qishloqning har to- monidan vovillashib boshqa itlar yetib keldi. Omonni o‘rab olib atrofida turar edilar. Itlardan biri kelib qopni tishladi. Itning tishi qop, kiyim-bosh aralash bo‘ksamga xanjar urganday botgan edi. Chidab turolmadim: – Voydod, Omon, yuqoriroq ko‘tarib ol! – deb qichqirib yuborganimni o‘zim ham sezmay qoldim. Omon sigir go‘shti tilga kirganligidan qo‘rqib ketib, qopni tashlab yubordi. Ana shunda bir qop go‘shtday yerga shilqillab tushdim. – Bu senmisan, go‘shtmisan? Go‘sht bo‘lsang, o‘zing qani, o‘zing bo‘lsang, go‘sht qani? Omon dovdirab, nima deyayotganini ham bilmas edi. Qopdan chiqdim. Ikki kishi bo‘lib qolganimizni ko‘rgan itlar asta-sekin chekina boshladilar. 3 5 – Qani, yuraver, berdisini keyin aytaman. Omon xomush edi. Bir-birimizga qaramay tong azonda qish- loq yo‘lida ketib borar edik... Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling