Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
«SHUM BOLA» ASARI HAQIDA
Xalqimizning «Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r» degan maqolini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu degani «bir falokat ko‘pchilikning boshiga yog‘ilsa ham, u har kimga har xil ta’sir qiladi – «yo‘g‘on cho‘zilguncha, ingichka uziladi» de- ganidir. G‘afur G‘ulom tug‘ilgan oilaning taqdiri yodingizdami? G‘afurjon to‘qqiz yoshida otasidan, o‘n beshga kirib-kirmay mehribon onasidan ajraladi. Ukalari va singillari bilan g‘irt yetim qoladi. Yana qanaqa paytda deng? Aytganimizdek, butun dunyoda urushning sovuq nafasi kezib yurgan, o‘lkamizda iq- tisodiy va ma’naviy tanazzul ayni chuqurlashgan yillarda. Bun- day paytda ota-onasiz qolgan bolalarning hayoti juda og‘ir kechishini tasavvur qilsangiz kerak. Nima bilandir qorin to‘y- g‘azish, egniga kiyim-bosh topish oson ish emas. «Shum bola» qissasining bosh qahramoni ham shunday og‘ir kunlarda otasidan ayrilgan, qariyb siz tengi – o‘n to‘rt yoshli bolakay. Onasi bir etak bolani boqish uchun kun bo‘yi tinim nimaligini bilmaydi. Shum bola bo‘lsa, tengdoshlariga qo‘shilib erta tongdan to qorong‘i kechgacha ko‘chadan kirmaydi. U – yerga ursa ko‘kka sapchiydigan, bir joyda uzoqroq turib qolsa yuragi siqilib ketadigan, tinib-tinchimas bolalar xilidan. Kun- larning birida u onasini xafa qilib qo‘yganidan xijolat bo‘lib, qolaversa, biror oy mehnat qilib pul topib kelish ilinjida yo‘lga tushadi. Uning Toshkent atrofidagi qishloqlarda kechadigan sarguzashtlariga sarguzasht ulanib, yarim yildan ortiq davom etadi. Mana shu vaqt mobaynida Shum bola bir-biridan qiziq voqealar ishtirokchisiga aylanadi. Pochchasi avaylab boqayotgan qimmatbaho qushlarga qatiq, suzma ichirib harom o‘ldirib qo‘- yadi, do‘sti Omonga qo‘shilib Sulton o‘g‘ri boshchiligidagi kissavurlar bilan tunni o‘tkazadi, ko‘chmanchilar ovulida o‘lik 3 6 ! yuvib sharmanda bo‘lishadi, masjid imomining og‘ilxonasida o‘sallab qolgan ho‘kiz o‘rniga soppa-sog‘ eshakni so‘yib qo‘yib rosa kaltak yeydi va hokazo. Shum bola qayerga bormasin, kim bilan to‘qnashmasin, ham- ma joyda kattalarning o‘ziga bepisand qarashi, qo‘pol muo- malasiga duch keladi. O‘zlarini go‘yo yetimning boshini silay- digan himmatli kishilar qilib ko‘rsatadigan turli noinsof kimsa- lar uning navqiron kuchidan suvtekin foydalanib qolishga urinadilar. Bu ham mayli, shu yosh bolani turli qing‘ir yo‘llarga boshlovchilar ham topiladi. Masalan, yuzlab qalandarlarga yo‘lboshchi bo‘lib olib, har gapida qayta-qayta Xudoni tilga oladigan ikkiyuzlamachi Eshon Shum bolani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘g‘irlik qilishga yo‘llaydi. Eshonning Shum bolaga aytgan quyidagi gaplari uning naqadar tuban kimsa ekanidan dalolatdir: «Oyoq-qo‘ling chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan bo‘lsa ham tirikchi- likning payidan bo‘lsang edi, o‘g‘lim... Axir kissa-karmon degan gaplar ham bo‘ladi. Naqdina pul – ham yengil, ham qim- mat, ham yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, bolam, naqdina bo‘lsin...» Shaharning bir chekkasidagi xaroba uyni nashavand-bangilar yig‘iladigan takyaxonaga aylantirgan Hoji bobo ham o‘zicha xudojo‘ylikda boyagi Eshondan qolishmaydi. Biroq uning qila- yotgan ishlari Xudoning aytganlariga mutlaqo teskariligi bilan o‘quvchini hayratga soladi. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling