Mustaqil taʼlim


Download 5.31 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi5.31 Kb.
#1841942
Bog'liq
Gavhar Hayitova Gavhar Turg\'unboyeva Ozoda mustaqil ta\'lim

Mustaqil taʼlim

Hayitova Gavhar

Turgʻunboyeva Ozoda

O’tkir Hoshimov ,,ikki eshik orasi” haqida

Taniqli o’zbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Do’mbirobod mahallasida tug’ilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida o’qigan. Turli tahririyat va nashriyotlarda ishlagan.

Tarjimalari

  • U E. Xemenguey, K. Simonov, A. Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

O’tkir Hoshimov o’ziga xos yozuvchi. U o’zi bilmagan mavzuni, mohiyatini anglamagan masalani qalamga olmaydi. O’z qahramonlarini xolisona tirik, hayotiy, jonli odam sifatida tasvirlaydi

Nashr etilgan asarlari:

  • Hoshimov O’. Bahor sog’inchi –T. Adabiyot va san’at nashriyoti. 2001. Hoshimov O’. Hadikli tushlar. –T. Adabiyot va san’at nashriyoti. 2002. Hoshimov O’. Saylanma (2 jildlik). T.: “Sharq”, 1993. Hoshimov O’. Bahor qaytmaydi. Toshkent. G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1993.
  • Cho’l havosi” nomli birinchi qissasi 1963 yilda bosilib chiqqan. Talabchan adib Abdulla Qahhorning e’tiboriga sazovor bo’lgan. “Urushning so’nggi qurboni”, “Yanga”, “Muhabbat”, “Dehqonning bir kuni”, “Umr savdosi”, “Quyosh tarozusi”, “Oq bulut, oppoq bulut” singari o’nlab hikoyalari,

“To’ylar muborak”, “Sizdan ugina, bizdan bugina”, “Vijdon dorisi”, “Inson sadoqati”, “Qatag’on” singari pesalar muallifi

“Shamol esaveradi” (1968), “Bahor qaytmaydi” (1970), “Qalbingga quloq sol” (1973), “Dunyoning ishlari” (1982), “Ikki karra ikki-besh” (1987) qissalari, “Nur borki, soya bor” (1976), “Ikki eshik orasi” (1985), “Tushda kechgan umrlar” (1993) kabi romanlar yozgan. Adib asarlarida zamonaviy o’zbek xalqining ma’naviy dunyosi, milliy ruhi, urf-odatlari tasvirlangan.

Ikki eshik orasi

  • 1986-yilda yozilgan ‘’Ikki eshik orasi’’ romani O’tkir Hoshimov adabiy merosida asosiy o’rinlardan birini egallaydi desak adashmaymiz. Bu asar xalqlar boshiga kulfat solgan ikkinchi jahon urushi to’g’risida yozilgan achchiq va alamli yilnomadir

Asarda Qora amma deb ta’riflanadigan mehribon, sodda, bardoshli va jafokor ayol o’zining oltita farzandini yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko’kka ishonmasdan katta qiladi. Na iloj yurtga kelgan osh ekan deb, yakka-yu yolg’iz farzandini urushga kuzatdi. Dilbandining peshonasiga esa urushda halok bo’lish yozilgan ekan, nachora, ona sho`rlik baribir ishonqiramaydi. Yolg’iz Robiyagagina suyanib yashaydi.

  • Asarda Qora amma deb ta’riflanadigan mehribon, sodda, bardoshli va jafokor ayol o’zining oltita farzandini yerga berib, bittagina Kimsanini yer-u ko’kka ishonmasdan katta qiladi. Na iloj yurtga kelgan osh ekan deb, yakka-yu yolg’iz farzandini urushga kuzatdi. Dilbandining peshonasiga esa urushda halok bo’lish yozilgan ekan, nachora, ona sho`rlik baribir ishonqiramaydi. Yolg’iz Robiyagagina suyanib yashaydi.

Asardagi Robiya taqdiri kulib boqmagan obrazlardan biridir. Otasidan ayrilgan qiz Kimsanga ko'ngil qo'ydi. Kimsan va Robiyaning sevgisi chimildiq ko`rmay zavol topdi. Robiya shunday sadoqatli qiz ediki, Kimsanni urush tugaganiga bir necha yil bo'lgan bo'lsa-da kutdi.

Afsuski, kutilgan kunlar urushning tuprog`ini quchoqlagancha Robiya kutgan-kutmagan kun keldi. Kimsanga atab tikilgan qiyiqchalar ming afsuski boshqaga nasib etadigan bo`ldi. Ayovsiz taqdir bechora qizni o`z qaroriga ko`nadi.

Insonlarning murakkab taqdirini yuksak mahorat bilan maromiga yetkazib tasvirlangan roman o`smir yoshdagi bolalar uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.


Download 5.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling