Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
«Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’NAVIYAT XAZINASI 1 Islom Karimov.
«Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan
yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshu- noslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta». 1 Xo‘sh, inson ma’naviyatining, ruhiyatining yuksalishida ada- biyot, kitob mutolaasi qanday o‘rin tutadi? MA’NAVIYAT XAZINASI 1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. 136-b. ! 5 Inson hayvondan farqli o‘laroq, nafaqat moddiy ozuqaga, balki ma’naviy-ruhiy oziqqa ham muhtojlik sezadi. Bu nima degani? Agar Siz iste’mol qiladigan oziq-ovqatlar jismingiz ehtiyoj- larini qondirib, uni holsizlanishdan asrab, doimiy quvvatlantirib tursa, ma’naviy oziqlanish Sizni ruhiy boyitib, tetiklashtirib, ma’naviy qashshoqlashishdan asraydi. Odamning moddiy boy- liklari ko‘payishi uni o‘z-o‘zidan ma’naviy boy qilib qo‘ymaydi. Inson och-yupun qolmaslik to‘g‘risida qanchalik o‘ylasa, o‘zini ma’naviy yuksaltirish to‘g‘risida ham undan-da ko‘proq jon kuydirishi kerak bo‘ladi. Ma’naviy yuksalishning eng samarali yo‘llaridan biri esa kitobga oshno tutinish, jumladan, adabiy asarlar mutolaasiga ixlos qo‘yishdir. Adabiyotning aynan ma’naviyat xazinasi ekanining yana bir sababi shundaki, uning bag‘rida hozirga qadar insoniyat ardoq- lab kelayotgan eng noyob hislar – insonparvarlik (gumanizm), adolat, shafqat, o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik, mehr va muruvvat, sevgi-muhabbat, go‘zallikka tashnalik singari o‘lmas insoniy tuyg‘ular jamuljamdir. Adabiyotga oshno tutingan odam qalbiga bu hislar ko‘chib o‘tishi, uni hazrati insonga aylantirishi, hayo- tiga nur olib kirib, turmushini turfa mazmun bilan boyitishi aniqdir. Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida xalqimizdan yetishib chiqqan, uning dunyoga ma’rifatli millat sifatida tanilishiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ijodkorlar xizmatiga yuksak baho berar ekan, jumladan, mutafakkir bobo- miz Alisher Navoiyni quyidagicha ta’riflaydi: «Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir». 1 1 Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling