Adabiyot 6 (I qism) 2017. p65
Download 1.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot. 6-sinf. 1-qism (2017, S.Ahmedov, R.Qo\'chqorov)
Savol va topshiriqlar
1 3 8 O‘ZBEGIM (Qasida) Tarixingdir ming asrlar Ichra pinhon, o‘zbegim, Senga tengdosh Pomir-u Oqsoch Tiyonshon, o‘zbegim. So‘ylasin Afrosiyob-u So‘ylasin O‘rxun xati, Ko‘hna tarix shodasida Bitta marjon, o‘zbegim. Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forob avlodidan, Asli nasli balki O‘zluq, Balki Tarxon, o‘zbegim. O‘tdilar sho‘rlik boshingdan O‘ynatib shamshirlarin Necha qoon, necha sulton, Necha ming xon, o‘zbegim. Tog‘laring tegrangda go‘yo Bo‘g‘ma ajdar bo‘ldi-yu, Ikki daryo – ikki chashming, Chashmi giryon, o‘zbegim. Qaysari Rum nayzasidan Bag‘rida dog‘ uzra dog‘, Chingiz-u Botu tig‘iga Ko‘ksi qalqon, o‘zbegim. Yog‘di to‘rt yondin asrlar Boshingga tiyri kamon, 1 3 9 Umri qurbon, mulki taroj, Yurti vayron, o‘zbegim. Davr zulmiga va lekin Bir umr bosh egmading, Sen – Muqanna, sarbador – sen, Erksevar qon, o‘zbegim. Sen na zardusht, sen na buddiy, Senga na otash, sanam, Odamiylik dini birla Toza iymon, o‘zbegim. Ma’rifatning shu’lasiga Talpinib zulmat aro, Ko‘zlaringdan oqdi tunlar Kavkabiston, o‘zbegim. Tuzdi-yu Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy jadvalin, Sirli osmon toqiga ilk – Qo‘ydi narvon o‘zbegim. Mir Alisher na’rasiga Aks sado berdi jahon, She’riyat mulkida bo‘ldi Shoh-u sulton o‘zbegim. Ilm-u she’rda shoh-u sulton, Lek taqdiriga qul, O‘z elida chekdi g‘urbat, Zor-u nolon o‘zbegim. Mirzo Bobur – sen, fig‘oning Soldi olam uzra o‘t, 1 4 0 Shoh Mashrab qoni senda Urdi tug‘yon, o‘zbegim. She’riyatning gulshanida So‘ldi mahzun Nodira, Siym tanni yuvdi ko‘z yosh, Ko‘mdi armon, o‘zbegim. Yig‘ladi furqatda Furqat Ham muqimlikda Muqiym, Nolishingdan Hind-u Afg‘on Qildi afg‘on, o‘zbegim. Tarixing bitmakka, xalqim, Mingta Firdavsiy kerak, Chunki bir bor chekkan ohing Mingta doston, o‘zbegim. Ortda qoldi ko‘hna tarix, Ortda qoldi dard, sitam, Ketdi vahming, bitdi zahming, Topdi darmon o‘zbegim. Bo‘ldi osmoning charog‘on Tole xurshidi bilan, Bo‘ldi asriy tiyra shoming Shu’la afshon, o‘zbegim. Men Vatanni bog‘ deb aytsam, Sensan unda bitta gul, Men Vatanni ko‘z deb aytsam, Bitta mujgon o‘zbegim. Faxr etarman, ona xalqim, Ko‘kragimni tog‘ qilib, 1 4 1 Ko‘kragida tog‘ ko‘targan Tanti dehqon o‘zbegim. O‘zbegim deb keng jahonga Ne uchun madh etmayin! O‘zligim bilmoqqa davrim Berdi imkon, o‘zbegim. Men buyuk yurt o‘g‘lidurman, Men bashar farzandiman, Lekin avval senga bo‘lsam Sodiq o‘g‘lon, o‘zbegim. Menga Pushkin bir jahon-u Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor, Ko‘ksim osmon, o‘zbegim. Qayga bormay, boshda do‘ppim, G‘oz yuraman gerdayib, Olam uzra nomi ketgan O‘zbekiston, o‘zbegim. Bu qasidam senga, xalqim, Oq sut-u tuz hurmati, Erkin o‘g‘lingman, qabul et, O‘zbegim, jon o‘zbegim. Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling