Adabiyot darslarida alisher navoiy ijodini o„rganish muammolari
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Mas‟ul muxarrir:
S.Muhamedova filologiya fanlari doktori,professor Taqrizchilar: M.Abdullayeva O‗zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri , f.f.n Y.Eshmatova Axborot va zamonaviy pedagogik texnologiyalar kafedrasi o‗qituvchisi SO„Z BOSHI Mustaqillik yillarida Alisher Navoiy ijodini o‗rganish tubdan o‗zgardi. 1991 yilni O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti avval-boshdan ulug‗ o‗zbek shoiri va mutafakkiri tavalludining 550 yilligi munosabati bilan ―Alisher Navoiy yili‖ deb e‘lon qilgan edi. O‗zbekiston Prezidenti 2000- yilning 22- yanvarida ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasida Alisher Navoiy ijodining milliy ma‘naviyatimizdagi o‗rni va ahamiyati to‗g‗risida fikr bildiradi: ―Joylarga borganda yangi maktablardagi sinflarni ko‗rsatishadi. Shunda adabiyot sinfini ham ko‗rsatishdi. Shu adabiyot sinfida Alisher Navoiy hayoti va va ijodini o‗rganish metodikasi aks etgan. Shunda men bir savol berganimda, ko‗ngildagidek javob ololmadim. Nima uchun Navoiyni yaxshi bilmaymiz? O‗zbekistonda o‗zini o‗zbek degan, nafaqat o‗zbek, o‗zbek tilini biladigan mahalliy millat vakili bo‗lgan odam Navoiyni sevishi, sevishgina emas, uni yurak to‗rida saqlab, ardoqlashi lozim‖. Bu qimmatli mulohazalar amalda olimlarimizning, o‗qituvchilarimizning Navoiyga munosabatini teranlashtiradi. Sizga tavsiya etilayotgan o‗quv qo‗llanma ana shu mulohazalardan kelib chiqib yaratildi. U adabiyot fani o‗qituvchilari, akademik litsey va kollej o‗quvchilari, oliy o‗quv yurti talabalari hamda adabiyot fani ixlosmandlari uchun mo‗ljallangan. Unda Navoiy ijodining o‗ziga xos qirralari, lirikasining poetik xususiyatlari, ―Xamsa‖ dostonlarining sujet tarkibi, badiiy mahorati masalalari aks ettirilgan. Qo‗llanmaning ―Ilova‖ qismida, ochiq dars ishlanmasi, Navoiy asarlari qisqacha lug‗ati, testlar, tadbir ssenariylari,davlat arboblarining shoir haqidagi fikrlari berilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling