3. Jamolxonov H. Navoiyning fonostilistikaga oid fikrlari// O‗zbek
tilshunosligining dolzarb masalalari 3. – Toshkent.2008
4. Alisher Navoiy tavalludining 560 yilligiga bag‗ishlangan maqolalar to‗plami. –
Termiz.2001
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Alisher Navoiy qachon va qayerda tavallud topgan?
2.Alisher Navoiyning yoshlik yillariga oid qanday ma‘lumotlar
yodingizda
qoldi?
3. Shoir kimlarni o‗ziga ustoz deb bildi?
4. Mir Alisher Navoiy kim bilan maktabdosh do‗st bo‗lgan?
5. Navoiyning davlat arbobi sifatida olib borgan
ishlari haqida nimalarni
bilasiz?
6. Alisher Navoiyning ilk devoni qanday nomlangan? 7.1480-1487
yillar
oralig‗ida tuzilgan ikkinchi devoni qanday nomlangan?
8. Lirik asarlari jamlangan eng katta devoni haqida nimalarni bilasiz?
9. Shoir fors-tojik tilidagi asarlariga qanday taxallus qo‗llagan?
10. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlari haqida nimalarni bilasiz?
11. "Xamsa"ning yaratilish tarixi haqida qanday ma‘lumotga egasiz?
12. Alisher Navoiyning mutasavvuf shoirlar
haqidagi asari qanday
nomlangan?
13. Shoirning hayoti so‗ngida yaratgan
asarining mazmuni nimaga
bag‗ishlangan?
14. Farididdin Attorning asaridan
ta‟sirlanib Navoiy qanday asar yaratgan?
15. Navoiyning epik asarlari haqida nimalar bilasiz?
16. ―Alisher Navoiy – o‗zbek tilining asoschisi‖ mavzusida insho yozing.
17. ―Navoiy nomi barhayot‖ mavzusida buklet tayyorlang.
Quyidagi tayanch so„z va tushunchalarni izohlang:
teran olim, amirzoda, bolalik yillari, yigitlik chog‗i, xalq va davlat taqdiri,
osoyishtalik saqlash, ijod, ijod lazzati, she‘riyat mulki, iqtisodiy qiyinchilik, ijod
mashaqqati, ilmiy meros, badiiy meros.
Do'stlaringiz bilan baham: