Ma’lumot turini o’zgartirish Reja


Download 238.61 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.04.2023
Hajmi238.61 Kb.
#1355070
Bog'liq
Ma’lumot turini o’zgartirish Reja (1)



Ma’lumot turini o’zgartirish 
Reja: 
1. Ma’lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga o`zgartirish
2. Shar hajmi va sfera yuzasi ilovasi
3. Ilovalarda o‘zgaruvchilardan foydalanish.
1.Ma’lumotni matn satridan butun son turiga va teskarisiga o`zgartirish. Yodingizda 
bo`lsa, Pascal dasturlash tilida bir turdagi o‘zgaruvchiga ikkinchi turdagi ifodaning qiymatini 
berib bo‘lmas edi. Delphida ham bu taqiq o'rinli. Uni qanday aylanib o‘tish mumkin? Masalan, 
Button1 obyektining eni (Width xossasi) qancha bo‘lishi (butun son turi) Editning Text 
xossasidan (matn satri turi) olinishi kerak bo'lsa, Button1.Width:=Edit1.Text operatoridan 
foydalanish xatoga olib keladi. Natijada ilova dasturi ishlashdan to`xtab, xato to`g`risida 
ogohlantiradi. Object Pascalda o‘zgaruvchini bir turdan ikkinchi turga o‘tkazish uchun bir qator 
standart funksiyalar mavjud. Ulami quyida keltiramiz: 
1) StrToInt (string to integer) - matn satrini butun songa o‘tkazadi; 
2) IntToStr (integer to string) - butun sonni matn satriga o‘tkazadi; 
3) StrToFloat (string to float) - matn satrini haqiqiy songa o‘tkazadi; 
4) FloatToStr (float to string) - haqiqiy sonni matn satriga o‘tkazadi. 
Yuqoridagi operatomi bu funksiyalardan foydalanib, bexato yozamiz:
Button1.Width:=StrToInt(Edit1.Text); 
2
.
Shar hajmi va sfera yuzasi ilovasi. Shar hajmi va unga mos sferaning sirtini 
hisoblaydigan ilova yaratamiz. Buning uchun yangi ilova yaratib, unga uchta Label, bitta Edit va 
bitta Button obyektlarini joylaymiz. Ilova oynasini va undagi obyektlami quyidagi rasmda 
ko‘rsatilgandek qilib o‘zgartiramiz: 
Ilova oynasidagi Button1ni ikki marta bosib, hosil bo‘lgan dastur kodi oynasiga quyidagi 
ikki satmi kiritamiz. Ularning har biri ham bitta satrga sig‘magan bo‘lsada, bittadan qatorga 
kiritilishi kerak. Ikkala satr ham nuqtali vergul bilan tugaydi. 
Label2.Caption:='Shar_hajmi:'+FloatToStr(4/3*pi*sqr(StrToFloat(Edit1.Text))*StrToFlo
at(Editl.Text));  


Label3.Caption:='Sfera_yuzasi:'+FloatToStr(4*pi*sqr(StrToFloat(Edit1.Text))); 
F9 tugmasini ikki marta bosib, ilovani ishga tushiramiz. Dastlab kiritish maydonchasiga 1 ni 
kiritib, Hisobla tugmasini bosamiz, keyin esa radiusi 3 ga teng shar hajmi va sfera yuzini 
hisoblaymiz. 
3.Ilovalarda o‘zgaruvchilardan foydalanish. Oxirgi ikki satr juda murakkab ko‘rinishga ega 
bo‘lib, ularni kiritishda xato o‘tkazib yuborish hech gap emas. Sharning hajmi va sfera yuzasi ; 
formulalar bilan hisoblanishini inobatga olsak, yuqoridagi formulalar rostdan ham g‘aliz 
chiqqanligi yaqqol ko‘rinib qoladi. Bu kamchilikni bartaraf qilishning yo‘li bormi? Albatta bor. 
Buning uchun qo‘shimcha o‘zgaruvchilardan foydalanish kerak bo‘ladi. O‘zgaruvchilar dastur 
matniga qanday kiritilishini eslash uchun dastur kodi oynasi va undagi dastur matni bilan yaqindan 
tanishib chiqamiz
.

Download 238.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling