Adabiyot darslarida badiiy asarlarni o’rganishda mavjud muammolar va ularning yechimlari “Adabiyot” arabcha so’z bo’lib, “odoblar yig’indisi”, “odoblar xazinasi” degan ma’noni anglatadi. Adabiyotning vazifalari: - Hayotning haqqoniy badiiy in’ikosini yaratish
- Inson obrazini yaratish, uning ichki olamini tasvirlash, tabiati va ruhiyatidagi go’zallik kurtaklarining tashqi olam ta’sirida g’uncha tugishi va gullashi jarayonini ko’rsatish
- Tarixiy o’tmishdagi, shuningdek, hozirgi davrdagi ibratli voqealar va ajoyib kishilar hayotini aks ettirish orqali kishilarga hissiy ta’sir o’tkazish, zavq-shavq bag’ishlash, ularni tarbiyalash, ularning barkamol inson bo’lib shakllanishida faol ishtirok etish.
- Adabiyotning bosh vazifasi esa inson qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafratni uyg’otishga qaratilgan.
Fan “nima bo’lganini” tushuntirsa, adabiyot “qanday bo’lganini” tasvirlaydi. (V.G.Belinskiy)
BADIIY ASAR MAZMUNI
HAYOT
MANTIQIY TAFAKKUR
BADIIY ASAR
BADIIY TAFAKKUR
O’quvchini chalg’ituvchi omillar - Kuchli hissiyot uyg’otuvchi parchalarning maktab darsligida aks etishi
- Orasidagi mazmuniy bog’liqlik juda uzoq bo’lgan parchalar berilishi
- Sharq va G’arb adabiyotining o’ziga xos hususiyatlarini tushuntirmagan holda o’quvchi e’tiboriga havola etish
- O’quvchi yoshiga nomunosib asarlarning berilishi
- Butunlay yaxshi yoki butunlay yomon hususiyatli inson mavjud emasligini anglata olish
- Sabab va oqibat tushunchalarini anglatish
- Mustaqil fikrlarni qo’llab-quvvatlagan holda to’g’ri yo’naltira olish
- Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish
- Kimnidir ayblashni emas, xulosa chiqarishni o’rgatish
- Asar voqealariga qiziqtira olish
- Shukronalik tuyg’usi
- Ichki “men” tuyg’usining meyorda bo’lishi
- Milliylikdan chetlashmagan holda o’zini tuta bilish
- Fikr erkinligi va andisha tuyg’ularini farqlay olish
Do'stlaringiz bilan baham: |