Voqeaband g’azallar
860. Baytlar o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘ladi,
ma’no-mantiq jihatidan kuchli tarzda biri ikkinchisini
taqozo etib kеladigan g’azal turi qaysi? Musalsal
g’azal
861.Navoiy qaysi g’azal turini qattiq tanqid qilgan?
Parokanda g’azallarni
862.Navoiyning qaysi g‘azallari musalsal
g’azallarning yorqin namunasi hisoblanadi? “”Jong’a
chun dermen” va “Bo’l”
863. Qaysi janr shе’riy shakl sifatida u adabiyotda
qasida va g‘azaldan oldin paydo bo‘lgan? Qit’a
864. Qit’aning ilk namunalari kimning ijodida
uchraydi? “Qisasi Rabg’uziy”da
865. «Xazoyin ul-maoniy»da nechta qit’a mavjud?
210 ta
866.Navoiyning qaysi devonida qit’alar soni 60ta?
«Badoе’ ul-vasat»da
867.Nodiraning qaysi g‘azalida bir yo‘la ham Amir
Umarxon, ham Yaratganga ishora bor? “Sog’indim”
g’azalida
868.Nodiraning qaysi musammati o‘zbek so‘z
san’atining ajoyib namunasi hisoblanadi?
“Firoqnoma”
869.Nodiraning forsiy she’rlari qaysi devonda
jamlangan? Devoni Maknuna
870. Nodiraning “Eshit” g’azali qaysi vaznda? ramali
Do'stlaringiz bilan baham: |