libosi va u kiyim turlarining eng chidamli
matosidir” degan mazmunda ta’riflaydi? Hilmni
495. Chamanda xizmat uchun bir ayoqda tik turib
shamshod, Tutar yo’lingda nargisdin shamdon lola.
Baytda qo’llanilgan badiiy vositalarni aniqlang.
Tanosub, tashxis, husni ta’lil
496.Qaysi ijodkor 1923-1924-yillarda Moskvaga
ketadi. Sharq tillari institutida mehnat qiladi.
Shuningdek, hozirgi Sankt-Peterburg universitetida
ma’ruzalar o’qib, professor unvonini oladi? – Fitrat
497.“Bolalikda shuurga singdirilgan ona tiligina
qalbni she’riyat bilan sug‘orishi, insonda milliy
g‘ururning ilk kurtaklarini uyg‘otishi va ajdodlar
tilining naqadar serqirra va sermazmun ekanligini
anglatishi mumkin. Bolalik nafaqat quvnoq davr,
bolalik – inson shaxsi shakllanishining ilk davri
hamdir”. Muallifini aniqlang. Chingiz Aytmatov
498.O’zimniki emas bu umr, To’la menikimas sezib
turibman, Bir vaqtlar meni deb halok bo’lgan kimdir,
Men uning uchun yashab yuribman. Ushbu falsafiy
satrlar muallifi kim? Asqad Muxtor
499.Davlat qo’nsa bir chibinning boshig’a, semurg’
qushlar salom berar qoshig’a. ushbu parcha qaysi
qahramon tilidan olingan? Boysari
500.“Men ko’p umrimni shu yurtning tinchligi va
fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, o’zimga azobdan
boshqa hech bir qanoat hosil qilmadim”. Ushbu
parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan? Yusufbek
Do'stlaringiz bilan baham: |