Adabiyot eng kerakli savollar
ADABIYOT ENG KERAKLI SAVOLLAR
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIYOT - kerakli savol-javob 2019
ADABIYOT ENG KERAKLI SAVOLLAR
TELEGRAM MANZIL: @Uztili sababli Husayn Boyqaro kimni Hirot qozisi lavozimiga tayinlashga va’da beradi? mavlono Shahobiddinni 119. “. . . shu qadar qizg‘in ilhom bilan qalam tebratdiki, olti oy badalida milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalq ongining munavvarlashishini tasvirlagan, badiiy jihatdan yuksak asar “. . . ”ni yozib bitirdi” Adabiyotshunos olim Homil Yoqubov ushbu parchada qaysi
ijodkor asari yaratilishi haqida fikr bildirgan? Oybek, “Qutlug‘ qon” 120. "Qissasi Rabg‘uziy"dagi qaysi hikoyatda quyidagi parcha uchraydi? "Qushlar go‘shtni olurmiz, deb uchgan sari go‘sht ham yuqori borur erdi. Yana bir kecha-kunduz uchdi."
"Namrud hikoyati" 121. “Boburnoma”da “latif shahr” sifatida ta’riflangan shaharni toping.
Samarqand 122. Qaysi baytda mubolag‘a san’ati qo‘llangan? Bu shakl-u shamoyil birla xud hur-u parisen Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas. 123. Navoiyning qaysi g‘azalida boshdan oyoq qiyos usuldan
foydalanilgan? “Deyin” 124. Najmiddin Kubroning qaysi nomi (laqabi) “balo- qazolarning oldini oluvchi, buyuk bashoratchi” degan ma’noni anglatadi? Tummat ul-kubro 125. “Alpomish” dostonida quyidagi satrlar kimning tilidan aytilgan? . . . Mard yigitning yori talash bo‘lami, Er yigitning yorin qalmoq olami? Qaldirg‘och 126. Nodiraning qaysi g‘azali mumtoz she’riyatimizda ko‘proq ruboiy bitiladigan an’anaviy hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf vaznida yozilgan? “Kel, dahrni imtihon etib ket. . . ” 127. "Adolat manzili" asari muallifi kim va qaysi janrda yozilgan? Odil Yoqubov, roman 128. “Esingizdami, oyi, ukamga alla aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo‘lib uxlab qolardim. o‘sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman”. Ushbu parcha O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyadan olingan? “Iltijo” 129. Qaysi javobda ocherklardan iborat kitoblar nomi berilgan? “Tubanlik kishilari”, “Yo‘l lavhalari” 130. “Farhod va Shirin” dostonidan olingan quyidagi baytda
qanday she’riy san’at qo‘llangan? Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. istiora 131. “Alpomish” dostonida Boychibordan ko‘ngli to‘lmagan Alpomishga qaysi qahramon “Xafa bo‘lma, bu oting, balki
tulpor chiqar, yomon dema. Bu oting nazarkardadir. Buni
mingan odam ko‘p yerlarni ko‘radi, maqsadini haqdan topib
qoladi”, deya uning ko‘nglini ko‘taradi? Qaldirg‘ochoyim 132. Qaysi ijodkor tarjimayi holida quyidagi ma’lumotlarga duch kelamiz? “Qashqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo‘lib ishlaydi. Ra’no ismli ayolga uylanib, farzandlar ko‘radi. . . ” Furqat 133. Mumtoz she’riyatda qaysi janrdagi she’rlarda mukammal hajm 7 va 9 baytli hajm deb qabul qilingan? g‘azal 134. Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif at-tavoyif” (“Turli toifalarning latifalari”) asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan ijodkor kim? Komil Xorazmiy 135. “Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabar bosilgan. Ushbu asar muallifi kim edi? Abdulla Qodiriy 136. “Ona tilimizdagi ipakdak mayin, kamalakdek rang-barang, go‘yat nozli lutf, beozor qochirimlar, goh hazin, goh samimiy tabassum uyg‘otuvchi tashbehlar, o‘tkir xulosalar − bular bari ulkan shoirimiz qalamiga mansub betakror fazilatlardir”. (A.Oripov) Ushbu e’tirof qaysi o‘zbek shoiri haqida aytilgan? Erkin Vohidov 137. Xo‘jandiyning "Latofatnoma" asari Xorazmiyning "Muhabbatnoma"siga javob-nazira tarzida yozgan bo‘lsa-da, ular keskin farq qiladi. Ushbu farqni aniqlang. "Latofatnoma" boshdan-oyoq masnaviy shaklida yozilgan 138. Hamul erdiki, maftun bo‘lmish erdi, Ko‘rib ko‘zguda majnun bo‘lmish erdi. Birovkim aks ko‘rgach hushi ketsa, O‘zin ko‘rgach, netong, jon tarkin etsa. Berilgan parchada "Xamsa" qahramonlaridan qaysi birining holati aks ettirilgan? Farhodning 139. Quyidagi misralar qaysi adabiy qahramonlar haqida? Biyobonda vahshiy, daryoda baliq, Taniy biladi-ku farzandin aniq, Faqat odam ko‘zin hirs nomli olov, Ko‘r qilib tanitmas kim o‘g‘il, kim yov. Rustam va Suhrob ("Shohnoma") 140. A. Borovkovning e’tirof etishicha, qaysi asar eski o‘zbek
tilining eng yorqin namunasi hisoblanadi? «Tafsir» 141. “Bu daftarkim, bo‘libtur Misr qandi, Yetti yuz elli to‘rt ichra tugandi” Ushbu bayt qaysi asarning tugallanishi haqida bitilgan? "Muhabbatnoma" 142. Qaysi o‘zbek shoiri Samarqandda O‘zbekiston Markaziy ijroiya qo‘mitasining raisi Yo‘ldosh Oxunboboyevning shaxsiy kotibi lavozimida ishlagan? Mirtemir 143. Quyida keltirilgan ruboiylarning qaysi birida “yoyiq radif” qo‘llangan? “Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” 144. O‘n oykim, so‘nmishdir u tanish na’ra. Hamon firog‘ida fig‘on chekar Shosh. Bahor kelayotir, bosh ko‘tar, qara, O, surur kuychisi, dongdor zamondosh. Abdulla Oripovning “Bahor” she’ridan o‘rin olgan ushbu misralarda qaysi ijodkor ko‘zda tutilgan? G‘afur G‘ulom 145. Shekspirning “Otello” fojiasida kim Yagoni “Sparta iti” deb ataydi?
Lodoviko 146. Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il. Ushbu baytda nechta istiora qo‘llangan? to‘rtta 147. Usmon Nosirning “Nil va Rim” she’rida tilga olingan Ro, Azirisa, Tifon qanday nomlar? qadimgi misrliklar tushunchasidagi xudolar nomi 148. A.S.Pushkinning she’ri berilgan javobni aniqlang. “Erkinlik” 149. Men chekib anduh, o‘lay, el joni bo‘lsin ul Masih,
Sovrul, ey charxi nigun, v-ey dahri dun, barbod bo‘l. Berilgan baytda qo‘llangan she’riy san’atlarni toping. talmeh, tazod 150. Men turkcha boshlabon rivoyat, Qildim bu fasonani hikoyat. Kim shuhrati jahonga to‘lg‘ay, Turk eliga dog‘i bahra bo‘lg‘ay. Ushbu misralar “Xamsa”ning qaysi dostonidan olingan? “Layli va Majnun” 151. “Yana musiqiyda yaxshi namalar bog‘labtur. Yaxshi
naqshlari va yaxshi peshravlari bordur”. Ushbu fikr muallifi kim va qaysi ijodkor haqida aytilgan? Bobur, Navoiy haqida 152. Mirmuhsinning "Me’mor"(1) va "Yashil qishloq"(2) asarlari haqida berilgan to‘g‘ri hukmni toping. 1-roman, 2-doston 153. Usmon Nosir dramalarini toping. “Zafar”; “Dushman” 154. “Alpomish” dostonida quyidagi so‘zlar qaysi qahramon tilidan aytilgan? Bu alplarni kuyov qilib olamiz, Mina elga toza erkin bo‘lamiz. Bolalarni tog‘a-jiyan qilamiz, Mina elda bizlar davron suramiz Yortiboy oqsoqol 155. Shabistonda tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu parcha Navoiy “Xamsa”sidagi qaysi qahramon haqida,
baytda qanday she’riy san’at qo‘llangan? Farhod haqida, istiora 156. Odil Yoqubovning mustaqillik yillarida yozgan romanining nomi qaysi javobda berilgan? “Adolat manzili” 157. Muhammad Fuzuliy qaysi asarida Alisher Navoiyni “Manzuri shahanshohi Xuroson” deya tilga oladi? “Layli va Majnun” 158. O‘tkir Hoshimovning qissalari to‘g‘ri sanalgan qatorni toping. “Odamlar nima derkan?”, “Bahor qaytmaydi", “Ikki karra
ikki besh“, "Shamollar esaveradi” 159. Qaysi shoir maktabdorlik, shuningdek, kosiblik bilan shug‘ullangan? Xo‘janazar Huvaydo 160. G‘unchalar ochildi-yu, ko‘nglim ochilmaydur hanuz, Bulbuloso xotirim gul mayli qilmaydur hanuz. Munis qalamiga mansub ushbu baytda quyida berilgan she’riy san’atlardan nechtasi qo‘llangan? tazod, tashbeh, tanosib, tarse’, talmeh, ishtiqoq 3 tasi
161. Mirmuhsin qalamiga mansub “Ziyod va Adiba” asarining janrini ko‘rsating. she’riy roman 162. Qaysi asarda onasini ranjitgan yigitga qarata "Magar
kichiklikni unuttingkim, ulug‘liq etarsan" degan tanbeh
uchraydi? Sayfi Saroyi "Guliston bit-turkiy" 163. Alisher Navoiyning qaysi g‘azalida “Ey yor, yo‘rg‘a oting oyoqlariga bag‘rim qonidan xino bog‘lab, g‘amingda qiynalib, azob-uqubat chekayotgan jon ipini itingning bo‘yniga arqon qilib bog‘la” mazmunidagi bayt keltirilgan? |
ma'muriyatiga murojaat qiling