Adabiyot fanidan savol – javob


I bob. GANZA VA SHVABIYA SAVDO ITTIFOQLARINING TASHKIL TOPISHI


Download 93.5 Kb.
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1261246
1   2   3   4
Bog'liq
GANZA VA SHVABIYA SAVDO ITTIFOQLARINING TASHKIL TOPISHI123

I bob. GANZA VA SHVABIYA SAVDO ITTIFOQLARINING TASHKIL TOPISHI


I.1. O’rta asr Yevropasida shaharlar rivoji
Rivojlanayotgan G’arbiy Yevropa davlatlarining asosiy tomonlari shundan iboratki, ularning iqtisodiyoti feodal munosabatlarga asoslangan edi. Xo’jalik rivojlanishining hukmronlik shakli, yer egaligi feodallar qo’lida edi. Ularning qo’llarida tobe dehqonlar ishlar edilar. Ularning farqli tomoni, ular qullar singari feodallarning shaxsiy mulklari emas edilar. Chunki ular oz miqdorda yerlardan foydalana olar edilar, qachonki yerlar uchun bir qism soliqlarni to’lagan taqdirda. Davlat ularni aniq feodallarga berkitib qo’yar edi va dehqonlar feodallarni mustaqil ravishda tark etib keta olmas edilar.
Feodallar dehqonlarni ikki uch barobar ko’proq ishlashga majbur qilganlar, agar ular qancha mahsulot ko’p ishlab chiqarsalar, shuncha oilalari ta’minlanishi mumkin deb majburlanganlar. Ular keng ko`lamda ishlar olib borganlar, o’rmonlarni tozalash, ekin maydonlarini kengaytirish, mehnat qurollarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanganlar.
Asosiy munosabatlar shakli feodal renta shakli bo’lgan. Birinchi bosqichda ishlab berish rentasi, keyin natural soliq, keyinroq esa pul rentasi bo’lgan.1
G’arbiy Yevropa iqtisodiyoti feodalizm davrida shartli uch bosqichga bo’lingan.

  1. Ilk o’rta asrlar – V-X asrlar, bu bosqich katta mulk egalari vujudga kelish davri, hukmdorlar va feodallar o’rtasidagi urushlar bilan xarakterlanadi. Yer xo’jaligi oldinlagan davr savdo-sotiq va hunarmandchilikka nisbatan.

  2. XI-XV asrlar feodal munosabatlar gullab yashnagan davr. Shaharlarda katta hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan.

  3. XVI-XVII asrlar keying oxirgi o’rta asrlar davriga to’g’ri keladi. Feodallar iqtisodiyotining bo’linishi vujudga keldi, asosiy bozor xo’jaliklari butun dunyo bozori, mustamlakachilik tuzumi vujudga keldi.2

Aynan feodalizm davrida Yevropada qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tubdan o’zgardi, bir qancha shaharlar paydo bo’ldi, u yerlarda savdo-sotiq, hunarmandchilik, fan, san`at va boshqalar rivojlandi. Feodal iqtisodiyoti quldorlik tuzumiga nisbatan barqaror edi. Dehqonlar o’zlarining xo’jaliklarini yuritishga imkoniyatlarga ega bo’ldilar.Feodal xo’jaliklari bozor iqtisodiyotining ilk boshlanishi sifatida hozirda ham o’rganiladi.
Pul munosabatlarining rivojlanishi savdo rivojiga to’g’anoq bo’la boshladi. Har bir grafliklar, knyazliklar o’zlarining pullarini ishlab chiqara boshladilar. Pul munosabatlari tarixi- bu tanga, ya’ni yengil va arzon metalldan chiqarilishi davlatga foyda keltirdi. Bu an’ana qadimgi Gretsiya, qadimgi Rim davlatlaridan ma’lum. Nafaqat, qirollar, knyazlar puldan foydalanganlar, pulni bir turini ikkinchi turiga ayirboshlaganlar. Ko’p pullarni tashish xavfli bo’lganligi uchun savdogarlar veksellar ishlab chiqdilar.3
XI-XV asrlarda savdo-sotiqning yuksalishiga tovar-pul munosabatlarining sust rivojlangani, katta hajmdagi sifatsiz tanga pullarning muomalada ekanligi ham to’siq bo’lgan. Natijada, XII asrdan sarroflarning nufuzi oshadi. Sarroflar chetdan olib kelingan pullarni mahalliy pulga almashlab berganlar. Keyinchalik o’z xizmat turlarini ko’paytirib, vakillarini Yevropaning turli mamlakatlari yarmarkalariga yuborgan sarroflar savdo-iqtisodiy aloqalarining to’laqonli ishtirokchisiga aylanadilar. O’z shahridagi sarrofga ma’lum miqdordagi pulni to’lagan savdogar o’ziga yozib berilgan chek bilan yo’lga chiqib, manziliga yetib kelganida, sarrofning o’sha shahardagi vakiliga chekni berib, mahalliy puldan belgilangan miqdorini olgan. Shu tariqa X asrda Sharqda paydo bo’lgan chek yevropaliklarga ham o’tib, savdogarni katta miqdorda naqd pul olib yurish bilan bog’liq mashaqqat va xavf-xatardan xalos etadi. Tabiiyki, bu xildagi moliya operatsiya uchun muayyan foiz olgan. Sarroflar uchun bu ish foydali bo’lgani shubhasiz.
Yillar o’tib, kredit operatsiyalaridan pul o’rniga chekdan ham foydalanila boshlanadi. Savdogar chek hisobiga naqd pul olib, unga mol xarid qilgan, uni boshqa shaharlarda yoki mamlakatda sotganidan so’ng qarzini qaytargan. Shu tariqa, XIII-XIV asrlardan savdo-sotiqqa xizmat qiladigan kredit ajratish ham taraqqiy eta boshlaydi.
Xalqaro savdo rivojlanishi munosabati bilan G’arbiy Yevropada muntazam pul operatsiyalari olib boruvchi alohida muassasalar sifatida banklar ham paydo bo’la boshlaydi. Bank ishining rivojlanishida sarrof (pul maydalovchi) lik kasbi katta rol o’ynadi. Har qanday yarmarkada yoki bozorda sarrof odatda zarur shaxs bo’lib hisoblanardi.4 U o’rta asrlar davrida faqat qirollar tomonidangina emas, balki yirik feodallar tomonidan ham zarb etilgan tanga-chaqalarning, odatda soxtami yoki haqiqiy, ya’ni tanga-chaqaning sifatini aniqlab berardi. Tanga-chaqalarni maxsus tarozichada tortib ko’rish yo’li bilangina uning haqiqiy qiymatini aniqlash mumkin edi. Sarroflar pullarni ayirboshlar va ularni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirar edilar, savdogarlarning bekor yotgan mablag’larini omonatga olar, va nihoyat, o’zlarining xususiy pul zapaslaridan savdogarlarga (kredit) qarz berib turardilar. Dastlabki bankirlar ko’proq italyanlardan chiqqan edi. “bank”, “kredit”, “lombard”, “bankrotlik”5 degan so’zlar asli italyancha bo’lib, keyinchalik ular umumyevropa ahamiyatiga ega bo’ldi. Dastlabki banklar Shimoliy Italiyada bo’lib, Genuyada XV asrda eng boy banklardan biriga aylandi, u yerdagi kapital 10 million miqdorga teng bo’lgan. Florensiyada XIV asrda yuzdan ortiq maxsus bankirlar korxonalari, kampaniyalari tashkil topdi. Ular yirik operatsiyalarni amalga oshira bordilar, pul bozorida. Florensiyada papa kuriyasining daromadlari o’sib borishi munosabati bilan bank ishi rivoj topdi. Papalar Yevropaning turli mamlakatlaridagi ruhoniylardan o’zlariga qarashli daromadlarni yig’ishni Florensiya bankirlariga topshirar edilar, buning evaziga bankirlar papa xazinasiga oldindan katta-katta summalarni olib kelib topshirishlari lozim edi.
XV asrda fransuz shaharchasida Bezansonoda xalqaro pul operatsiyalari markazi tuzishga urinib ko’rdilar. Bu urinishga “nomsiz yarmarka” deb nom oldi, lekin muvaffaqiyatsizlikka uchrab, qaysi shaharda o’tkazilsa ham “Bezonson” deb nom oldi. XVI asr boshiga kelib “Bezason” xalqaro fond birjasiga aylandi, u yerda yevropa valyutasining kursi aniqlanardi. Keyinroq “Bezonson” vazifasi Londondagi birjalarga va Amsterdamga ko’chirildi. Shimoliy Italiyada XV asrda garovga berish firmalari paydo bo’ldi. Eng avvalo, bunday operatsiyalar bilan fransuz monarxlari shug’ullanardilar. Ular “mehr-muruvvat tog’lari” deb nom qo’ydilar. Keyinroq “lombardlar” deb yuritildilar. Chunki Lombardiya provensiyasida sos solingan.
Eng mashhur bank uylariga XIV-XV asrlardagi Flarent kompaniyasi, Albert va Medich kompaniyalari kiradi. Dunyoda Venetsiya va Genuyada qimmatbaho pullar-obligatsiyalar chiqarildi, keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqaldi.
Italyanlardan tashqari, o’rta asrlar davrida sudxo’r-bankirlar sifatida yahudiylar katta rol o’ynaydilar, yahudiylar, odatda qirollar va feodallarga qarzga pul berib turar edilar. O’rta asrlar davrida pul qarz berish shartlari hali juda ibtidoiy darajada edi. Qarz pul g’oyat yuqori foizlar bilan berilardi-yu, lekin kreditor (qarz beruvchi)ning o’z kapitalini yana qaytarib olishiga sira ko’zi yetmasdi. Feodallar va hatto qirollar ham qarz olgan pullarini to’lashdan aksariyat hollarda bosh tortar edilar. Bu hol ko’pincha yirik bankirlar xonadonlarining sinshiga sabab bo’lgan edi.6
Pul munosabatlari tarixida senorajlar katta ahamiyat kasb etgan. O’sha paytlarda pul chiqarish huquqiga feodallar ya’ni senyorlar ega bo’lganlar. XVI asr o’rtalarida chiqarilgan “dukat” nomi ostida, bu G’arbiy Yevropada yuqori sifatli hisoblangan. Germaniyada va Gollandiyada shunga o’xshash moneta tangalar “gulden” deb yuritilgan. Ispaniya va Fransiyada asosiy oltin tanga “dublon” bo’lgan. Olti gramm oltin miqdorida bo’lgan. Barcha monetalar XVII-XVIII asrlargacha Yevropada muomilada bo`ladi.
Bu asrlarda sudxo’rlik operatsiyasi ham kengayib, aksari mayda ishlab chiqaruvchilar va zodagonlar pulni qarzga olishgan. Ijtimoiy tuzumning asosini natural xo’jalik tashkil etgan bo’lsada, pul-tovar munosabatlari sekin-asta jamiyatning barcha jabhalariga kirib boradi. Saroy xarajatlari, hukmdor va zodagonlarning tinimsiz urushlariga ham mablag’ yetishmasligi bois, jamiyatning hukmron toifasi vakillarida pulga doimiy ehtiyoj bo’lgan. Sudxo’rlar mijozlari qatorida daromadidan xarajati ko’p graflar, baronlar, ritsarlar, soliqlarni to’lolmagan dehqonlar ham bo’lgan.
Sudxo’rlik bilan faqat sarroflar emas, savdodan tushgan erkin mablag’lari bo’lgan savdogarlar ham shug’ullangan. Bu sudxo’r savdogarlarning italiyalik bo’lganlarini yevropaliklar “lombardiyaliklar” deb atashsa, fransiyaliklarini Kagor shahri nomidan “kagorliklar” deb nomlashgan.
Yirik savdo kompaniyalari, jumladan, Florensiya savdogarlari savdo-sotiqni, bank operatsiyalarini, ba’zida manufaktura ishlab chiqarish bilan qo’shib olib borganlar. Ularning keng qamrovli faoliyatida, Yevropaning turli mamlakatlari qirollariga, dunyoviy va diniy senorlar boy shaharliklarga foizga qarzga pul berishi ham muhim o’rin tutgan. Qirollar qarzini berishdan bosh tortganida, ayrim kampaniyalar kasodga uchragan hollar ham bo’lgan.7
Xristian cherkovi rasman sudxo’rlikni taqiqlasada, sudxo’rlar bu holatdan qutulish yo’llarini ham yaxshi bilganlar. Ammo sudxo’rlar foizga pul berish bilan aksari papalar idorasi (Vatikan) homiyligida shug’ullanganlar. Ularning cherkov soliqlarini undirishlari, papaning o’ziga ham qarzga pul berish odatiy holga aylangan. Sudxo’rlik bilan shug’ullangan tampliyerlar diniy ritsarlik ordeni ko’pchilik nafratiga uchrab, sudga tortilib, oxir oqibatda, taqiqlanadi.
XII-XIII asrlarda Fransiya qishloqlari hayoti iqtisodiy kuchli shaharlar ta’sirida yuksaladi. Bu esa, mahsulot solig’ining juda tez orada pul rentasi bilan almashinuviga olib keladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini bozorga chiqarishda asosiy shaxs dehqon bo’lgan. Ushbu davr iqtisodiyotining eng muhim xususiyatlaridan biri qishloqning bozor orqali shahar bilan aloqa bog’lashi edi.
Yuqoridagi o’zgarishlar oqibatida, XII asrdanoq qaram dehqonlarni to’lov evaziga ozodlikka chiqarish boshlanadi. Ilgarigi servlar Fransiyada shaxsiy qaramlikni ifodalovchi to’rtta asosiy majburiyat: “marhumning qo’li” huquqi (yoki merosga egalik to’lovi); nikoh to’lovi (senor mulkidan chetga turmushga berilgani yoki uylantirgani uchun maxsus “formaryaj” to’lovi; erkin talya to’lash va “shevaj” deb nomlangan jonboshi soliqlaridan xalos bo’lmog’i lozim edi. Ayni paytda, yer feodal mulki bo’lib, undan foydalangani uchun dehqon pul solig’i (senz) to’lagani sababli, senzitariy deb atalsa, yeri senziva deb nomlangan. Bu turdagi soliq miqdori belgilangan miqdorda bo’lgan. Dehqon o’z ijara yerini garovga qo’yishi yoki sotishi ham mumkin edi. Agar yer boshqa kishiga o’tsa, senor qo’shimcha to’lov olar edi. Dehqon majburiyatlaridan senorga sud qaramligi qolsada, erkin kishilar (villanlar) sifatida, senor sudi qaroridan norozi bo’lsa, qirol sudiga appelyatsiya berishlari mumkin edi.
XIII asr pul-tovar munosabatlari bilan bog’liq barshina xo’jaligining gullab-yashnagan davri edi. Angliyada ham yirik yer egalari o’z yerlarini ijaraga berishsada, qit’adagidan farqliroq, ingliz qishloq xo’jaligi bozor munosabatlariga erta tortiladi. Natijada, villanlarning bir qismi XII asrdanoq pul solig’iga o’tkazila boshlanadi.8 Pul solig’i ayniqsa yangi o’zlashtirilgan yerlarda keng tarqalib, villanlarerkin ijarachilarga aylanadilar.
Yangi jarayon XII asr oxiridan qishloqlarga yoyilib, ichki bozorning vujudga kelishi, qishloq xo’jalik mahsulotlariga narxning oshishi, ingliz lordlarining votchinani boshqarishni o’z qo’liga olishiga turtki beradi. Ushbu jarayon barshinaning kuchayishiga olib keladi. Vujudga kelgan vaziyatda kichik yer egalari villanlari kamligidan o’z yerlariga yollanma ishchilar ko’magida ishlov bera boshlaydilar.
Villanlarning o’z xo’jaligi bo’lib, u qishloq jamoasi, mayda tovar ishlab chiqaruvchi hisoblangan. Ayni paytda, lordlarning villanlarni majburiy ishlatishlari, to’lovlar va soliqlarning oshib borishi, ekin maydonlari kam hududlarda lordlar tomonidan jamoa yerlarini tortib olinishi kuzatiladi. Ichki kolonizatsiya natijasida yangi yerlarni o’zlashtirilishi ham lordlar domening kengayishidan tashqari, unga obrok to’laydigan xo’jaliklar sonini ko’paytirgan.
Angliyada XII asrning ikkinchi yarmi –XIII asrda ichki va tashqi savdo yuksaladi. An’anaviy eksport mollari: qalay va junga yangilari-don, chorchalik mahsulotlari qo’shilgan. Chetdan musallas, ziravorlar, qimmatbaho nafis movutlar, temir keltirilgan. Genrix II davrida Angliyani “Anju imperiyasi”ga qo’shilishi uning savdo ko’lamiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Savdo boji qirol xazinasi daromadining muhim manbaiga aylanadi.9
Ichki savdoda ham muhim yutuqlarga erishiladi. Mamlakat bozor va yarmarkalarning keng tarmog’i bilan qoplanib borgan. Genrix II joriy etgan qattiq ma’muriy choralar shaharliklar tomonidan qo’llab quvvatlanadi. Shaharlar qiroldan katta pul to’lash evaziga o’z-o’zini boshqarish, sud, savdo-sotiq, bozor va yarmarkalari tashkil etish, bojsiz savdo qilish huquqlarini oladilar. Lekin faqat ayrim shaharlargina o’z-o’zini boshqarish tashkilotlarini saylash huquqiga erishgan. Bunday yorliqlarRichardI va Ioann Yersiz davrida, asosan qirol yerlaridagi shaharlarga berilgan. XII asrda 79 ta, XIII asrda 113 ta shaharga cheklangan o’z-o’zini boshqarish yorliqlari topshiriladi. Manbalarda yozilishicha, eski burglarning ko’pi o’z huquqlarini kengaytirsa, mayda shaharlar (aksari bozor joylari) yorliqsiz faoliyat olib borganlar. Mamlakatdagi pul-tovar munosabatlari rivojlanishining jadallashuvi aynan shu xildagi mayda shaharlar soni o’sib borishi bilan belgilangan.
Angliya feodallari ikki turga bo’lingan. Birinchi bevosita qiroldan yer-mulk olgan baronlar bo’lsa, ikkinchilari-baronlardan votchina olgan kichik va o’rta ritsarlar hisoblangan. Yirik baronlarning yer-mulklari (minorlari) turli grafliklarda bo’lib, ular ko’plab imtiyozlarga ham ega edilar. Baronlarning imtiyozlarini yanada kengaytirishga intilishi esa, oxir-oqibat qirol va uning ma’muriyati qarshiligiga uchraydi.10 Kichik va o’rta votchina egalari bir yoki bir necha votchinaga egalik qilib, aksari bir graflik chegarasida xo’jalik yuritishgan. Ritsarlar o’z votchinalari hududida villanlarni sud qilish huquqiga ega bo’lishi bilan bir qatorida, o’zlari baronlar sudi tarkibiga kirganlar. Qolaversa, qirollik sudi maslahatchilarining aksari ham ritsarlar safidan chiqqan. Bu esa ritsarlarni qirol ma’muriyati bilan bevosita aloqasini ta’minlab, ularni hukmdorning markazlashtirish siyosatini o’tkazishda asosiy tayanchiga aylantiradi.
Baronlar va ritsarlar orasidagi tafovut ularning ijtimoiy holati bilan ham belgilangan. Yirik yer egalari bo’lgan baronlar o’zlarini qirolning yaqin kishilari maslahatchilari hisoblaydigan nisbatan yopiq, kasta ko’rinishidagi tabaqa edi. Ritsarlar esa, aksincha, ochiq tabaqa bo’lib, Angliyada yer-mulkidan yiliga 20 funt sterling daromad oladigan har qanday erkin fuqaro ritsarlik unvonini olishi shart edi. Buning sababi ritsarlik unvoni qirolga qo’shimcha majburiyatlar o’tash bilan bog’liq bo’lganida edi.11 “Qalqon puli” solig’i joriy etilganidan so’ng, mayda votchina egalari tejamkor qishloq xo’jayinlariga aylanadilar. Endi ular uchun narx-navo va maosh qirolning manfaatlaridan, mamlakat osoyishtaligi o’z senorlari qiziqishlaridan muhimroq bo’lib qoladi. Ritsarlarning siyosiy qiziqishlari, moddiy manfaatlari, xo’jalikyuritish usullari baronlar bilan tafovutga, ayni paytda shaharliklar bilan yaqinlashuviga olib keladi.
Muvaffaqiyatli rivojlanib borgan movutsozlikdan tashqari, shaharlarda boshqa hunarlar: temirchilik, qurolsozlik, ko’nchilik, qalayi buyumlar yasash va hokazolar ham yoyildi. XIII asr boshidayoq Angliyada 80 dan ziyod shahar o’zini-o’zi idora qilish huquqiga ega edilar.12 Shaharlar muayyan yillik venoslar(firmalar) to’lashi evaziga qiroldan shahar kengashini erkin saylab qo’yish huquqini, shaharliklarning o’zlari soliq solish, bozorlarga ega bo’lish huquqini va boshqalarni qo’lga kiritdilar. Shaharlarda sexlar rivojlandi (Angliyada sexlar savdo-sotiq tashkilotlariga o’xshash, gildiyalar deb nom olgan edi). Shahar toifasi muhim ijtimoiy kuchga aylandiki, u bu bilan qirol va feodallar ham hisoblashar edilar.
Mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining umumiy o’sishi va uning iqtisodiyotining mustahkamlanishi sharoitida XIII asrda rivojlanib borayotgan feodal jamiyatining ijtimoiy ziddiyatlari g’oyat keskinlashdi. Ziddiyatlarning bir yo’li feodallar bilan dehqonlar o’rtasida bordi. Ingliz dehqonlari XIII asrdan boshlab og’ir davrni boshdan kechirar edi. XIII asr dehqonlar ommasini eng ko’p asoratga tushirish davri bo’ldi. XIII asrda ingliz qishlog’ida asosiy siymo hisoblangan villanlar turar joyiga biriktirilgan bo’lib haftalik barshchinani (yozgi mavsumda haftada 5 kungacha) o’tashga majbur bo’lgan, lordga nikoh solig’i va boshqa nohaq soliqlar to’lagan, uning sudiga bo’ysundirilgan tamomila krepostnoy kishi edi. XIII asrdagi ingliz dehqoni aslida villanga emas, balki servga o’xshab ketardi. Ingliz yuristlari “Rim huquqi” ni dalil keltirib villanlar Rim qulining bir turi edi deb ochiq-oydin fikr bildirgan edilar. XIII asrda turli manorlarda ko’plab tartibsizliklarning yuz berishi, dehqonlarning tez-tez qochishlari, butun jamoa dehqonlarining lord uchun majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishlari (bordi-yu bu majburiyatlar, ayniqsa eski “manor odamiga” zid keladigan yangi majburiyatlar bo’lsa) bejiz emas edi. Lordlar tomonidan keng yaylovlar va mol boqiladigan boshqa yerlarning bosib olinishi zaminida dehqonlarning lordlarga qarshi olib borgan kurashiga doir ko’pgina faktlar ma’lumdir. Yetarli miqdorda yaylov va mol boqiladigan boshqa joylar bo’lmaganidan keyin dehqonlar keng ko’lamda chorvachilik bilan butunlay shug’ullana olmadilar. Durust ingliz qishlog’ida yana frigolderlar, ya’nierkin dehqonlar bor edi. Ammo bu vaqtga kelib frigolderlarning ahvoli ham yomonlashdi. Ayrim grafliklarda lordlar frigolderlarni ham barshchina ishlashga (garchi villanlarga qaraganda kichikroq masshtabda bo’lsa ham) majbur qilar edilar; bundan tashqari, frigolderlar orasida keskin (villanlardagiga nisbatan ancha jadalroq) tabaqalanish yuz berdi, buning natijasida frigolderlarning ko’plari kam yerli kishilarga aylanib qoldilar.
XIII asrda Angliyadagi ijtimoiy ziddiyatlarning boshqa bir yo’li bir tomondan, yirik feodallar, ya’ni lordlar, yepiskoplar, yirik monastrlarning abbatlari o’rtasida yuz bergan bo’lsa, ikkinchi – mayda ritsarlar o’rtasida kelib chiqdi. Yuqorida aytib o’tilgan yirik feodallar mamlakatdagi yerlarning ko’pchilik qismini egallab olgan edilar. Ularning har biri bir necha o’nlab, ba’zan esa yuzlab manorlarning egasi edi; krepostnoy dehqonlar, asosan shularga qarashli edi. Mayda ritsarlar ozgina haydaladigan yeri bo’lgan kichik manorlarga egalik qilardilar, shu sababli ularda krepostnoylar juda oz bo’lardi yoki hatto butunlay bo’lmasdi; mayda ritsarlar o’z xo’jaliklarida asosan batraklar mehnatidan foydalanib, ularni kam yerli dehqonlar-kotterlar hisobidan yollardilar.13 Shunday qilib, ritsarlar garchi feodallar sinfiga mansub bo’lsalar-da, lekin ular faqat o’z mulklarining katta kichikligi va qirol saroyidan ancha uzoqda turishlari bilangina emas, balki xo’jalik yurgizish jihatidan ham yuqori tabaqa baron aristokratlardan keskin farq qilar edilar. Savdo-sotiq zaminida ritsarlar shaharliklar bilan tobora ko’proq yaqinlashdilar. Ritsarlar soliq to’lovchilar sifatida ham shaharliklar bilan yaqinlashdilar, chunki Angliyada ritsarlar yer solig’i va boshqa soliqlardan ozod qilinmagan edilar, Fransiyada esa buning aksi edi. Bularning hammasi ritsarlar bilan shaharliklarning birgalikda siyosiy chiqiqshlar qilishi uchun sharoit yaratib berdi, XIII asrning ikkinchi yarmidagi siyosiy voqealar xuddi shuni ko’rsatdi.
XIII asrning ikkinchi yarmida va xususan XIV asrda Angliya o’z iqtisodiyotida yana ancha katta siljishlarni boshdan kechirardi. Flandriya bilan va quruqlikdagi boshqamamlakatlar bilan olib borilgan qizg’in savdo-sotiq munosabatlariingliz qishlog’ini keng bozor aloqalariga tortdi. “Flandriyada xalq bizning junimizni qayta ishlash bilan tirikchilik qiladi va busiz uzoq yashay olmaydi yoki halok bo’ladi, yo bo’lmasa, biz bilan tinch osoyishtalikda yashamog’i lozim”,- deyiladi. Yuz yillik urush vaqtlaridagi bir inliz pamfletida. Ingliz junining bir qismi Italiyaga olib ketiladi, u yarda bu junni Florensiya movutsozlario juda qadrlaydilar. XIII-XIV asrlarda Angliyaning o’zida mahalliy sanoat zo’r berib rivojlandi.14
Angliya shaharlarining, avvalo Londonning o’zining o’sishi, Fransiya shaharlaridagi singari qishloq xo’jaligining boshqa mahsulotlariga, teri va hokazolarga bo’lgan talabni tobora oshirdi.
Pul xo’jaligining rivojlanishi Angliyadagi krepostnoy yer-mulkning –manorning yemirilishiga sabab bo’ldi. Lordlar barshchinani pul obrogi bilan ayirboshlashni (kommutatsiya qilishni) foydaliroq deb bildilar. Bunday paytda ular o’zlariga qarashli yerlarni (domenlarni) kam yerli dehqonlar orasidan chiqqan yollanma ishchilar mehnati bilan ishlaydigan bo’ldilar. Ba’zi bir lordlar hech qanday xo’jalik yurgizmay, yillik pul rentasi olishni afzal ko’rib, o’z domenlarini ijaraga berardilar.Kommutatsiya XIII asrdayoq katta yutuqlarga erishdi. XIV asrning birinchi yarmida bir qancha rayonlarda kommutatsiya barshchinani butunlay siqib chiqardi. Qo’l ishchi kuchi talab etmaydigan chorvachilik rivojlangan joylarda kommutatsiya ayniqsa keng qo’llandi. Angliyaning shimoli-g’arbiy va qisman markaziy rayonlarida ana shunday bo’lgan edi. Chet elga g’alla eksport qilish bilan aloqador bo’lgan donchilik xo’jaligi katta rol o’ynagan janubi-sharqiy grafliklarda kommutatsiya jarayoni sekinroq bordi. Yirik lordlarning janubi-sharqidagi manorlarida va ko’p sonli cherkov-monastlarning yer-muliklarida barshchinaga ayniqsa qattiq yopishib olishdi. U yerda hatto barshchinani kuchaytirish hodisalari tez-tez uchratib turilardi. Ammo, shunga qaramay, butun mamlakatda pul rentasi tobora ko’proq tarqaldi. Shu munosabat bilan ingliz krepostnoy dehqoni ham shaxsan ozod dehqonga aylandi. Uning lordga munosabati muayyan pul rentalari to’lashdan iborat bo’lib qoldi. U pul ishlash uchun shaharga ketishi va umuman, o’z istiqomat joyini o’zgartirishi mumkin edi.
Kommutatsiya birinchi galda eng badavlat dehqonlar uchun foydali edi. XIII asr boshida o’rta hol dehqonlar kommutatsiyadan ko’pincha voz kechardilar, chunki ularning pul topishlari qiyin edi. Vaqt o’tishi bilan, qishloqda pul miqdori ko’payishi bilan o’rta hol dehqonlar ham kommutatsiya o’z ahvollarini yaxshilashini bilib, unga boshqacha nazar bilan qaraydigan bo’ldilar. Ammo lord belgilangan pul rentasining g’oyat yuqori ekanligidan dehqonlar norozi edilar. Dehqonlarni g’azablantirgan narsa yana shu bo’ldiki, o’zgarib turuvchi bir sharoitda lordning o’zi ko’pincha kommutatsiyaga ko’nmay, ba’zan oradan bir necha vaqt o’tkazib yana barshchina usuliga qaytar edi. Ba’zi bir grafliklarda, chunonchi, Kent grafligida (janubi-sharqiy graflilar orasida eng seraholiligi) dehqonlar kam yerlilikdan jafo chekar edilar. Lordlar bekor yotgan yerlarni bosib olib va dehqonlarni foydalanib turgan yaylovlaridan siqib chiqarib, jamoa o’tloqlarini qisqartirmoqda edilar. Bularning hammasini dehqonlar orasidagi norozilikning tobora kengroq o’sib borishiga sababchi bo’ldi.
XII-XIII asrlarda Germaniya mamlakatida tovar xo’jaligi rivojlana borishiga qaramay, har qalay tarqoq feodal mamlakat bo’lib qolmoqda edi.15 Gersogliklar ham boshqa dunyoviy va ruhoniy knyazliklar soni ko’payib, imperator boshqa yirik feodallar orasida syuzeron, ya’ni oliy senor bo’lib qolmoqda edi. Yirik feodallar bu vaqtda uzil-kesil voris hududiy knyazlarga aylanib bormoqda edilar. Mahalliy tovar aloqalarining rivojlanishi ularning mahaliy hokim sifatidagi rolini kuchaytirardi. Markaziy qirollik-imperatorlik hokimiyati esa shaharlar bilan zaif bog’langan edi. Fransiya va Angliyada shaharlarning qirol hokimiyati bilan siyosiy ittifoqi bore di. Germaniyada esa shaharlarning qirol hokimiyati bilan bunday siyosiy ittifoqi yuzaga kelmadi. Germaniya qirollari, jumladan, shaharlarning mahalliy feodallarga qarshi olib borgan kurashida shaharlarga biror bir jiddiy ko’mak berganlari yo’q. Qisman bunga sabab shuki, nemis shaharlari siyosiy sahnaga keyinroq kelib chiqdi. Bir qancha hollarda chki savdoga nisbatan tashqi, qisman transit savdo-sotiqning ustunligi ham bu yerda ma’lum rol o’ynadi.16 Ammo Germaniya qirol hokimiyatining shaharlar bilan ittifoqining yo’qligi asosiy sabab-Germaniya qirolining agressiv tashqi siyosat olib borishlari edi.
XIII-XIV asrlarda Germaniya iqtisodiyoti ma’lum darajada yuksaldi. Germaniya to’qimachilik, metallurgiya, noyob madanlar qazib olish va eritish borasida hamda Yevropaning boshqa barcha davlatlarida ishlab chiqariladigan ko’p kumush olgani bilan shuhrat qozongan. Qulay xalqaro savdo yo’llari ustida joylashgani Germaniyaning tashqi iqtisodiy aloqalarini yuksaltirishga imkon bergan. Jumladan, Germaniyaning janubi-g’arbidagi shaharlar Italiya va O’rta Yer dengizi havzasi shaharlari; Reynbo’yi shaharlari esa-Fransiya va Niderlandiya bilan faol savdo-sotiq olib borgan. Shimoliy Germaniyadagi Ganza ittifoqiga kirgan shaharlar Boltiq va Shimoliy dengizlardagi savdoni o’z monopoliyasiga aylantirgan.17
Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi qishloqda ham o’zgarishlarga olib keladi. Dehqonlarning pul rentasiga o’tkazilishi tufayli, ularning qaramlik munosabatlari tobora susayib boradi. XIII asrning o’rtalaridan dehqonlar hayotida ijobiy o’zgarishalar mamlakatning o’zida va Sharqda zabt etilgan yangi yerlarni kolonizatsiya qilish hisobiga ro’y beradi. Shaxsiy erkinlik olgan dehqonlarning bir qismi shaharlarga ketib, hunarmandchilik bilan shug’ullana boshlaydi.

Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling