Adabiyot fanidan savol – javob


II bob. GANZA VA SHVABIYA SAVDO ITTIFOQLARINING TASHKIL TOPISHI


Download 93.5 Kb.
bet3/4
Sana11.03.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1261246
1   2   3   4
Bog'liq
GANZA VA SHVABIYA SAVDO ITTIFOQLARINING TASHKIL TOPISHI123

II bob. GANZA VA SHVABIYA SAVDO ITTIFOQLARINING TASHKIL TOPISHI
Yevropada тovar-pul munosabatlarining qaror topishi
Rivojlanib kelayotgan savdogarlar tabaqasio`z shaxsiy va mulk dahsizliklarini ta’minlash uchun gildiyalar-maxsus ittifoqlar tuzganlar. Gildiya azolari savdo-sotiq bilan bog’liq safarlarda bir-birlarini himoya qilish majburiyatini olganlar. Ammo ittifoqqa birlashishning yana bir jihati bo’lib, u savdoda asosan gildiya a’zolarini qoldirib, raqobatchilarni surib chiqarishga ham yo’naltirilgan. Mayda savdogarlarga ulgurji savdo bilan shug’ullanish taqiqlangan.O’rta dengiz bo’yi rayonidan tashqari, XI asrda Yevropa savdosining ikkinchi bir markazi- Shimoliy dengiz bo’yida markazi Niderlandiya bo’lgan mamlakat ham ajralib chiqdi. Agar italyan, janubiy fransuz va kataloniya savdogarari savdo-sotiqda asosan vositachilik rolini o’ynagan bo’lsalar italyan, fransuz, ispan savdogarlari Sharqdan kelgan tovarlarni sotib olib, so’ngra ularni Yevropa mamlakatlariga olib borib pullardilar, Niderlandiya, shimoliy fransuz va Reyn bo’yidagi nemis savdogarlari, shuningdek, Shimoliy Italiya shaharlari keng xalqaro savdo-sotiq olib borish uchun hunarmandchilik mahsuloti ishlab chiqaradigan maxsus bazalariga ega edilar. Niderlandiya va Germaniyada – Gent, Bryugge, Ipr, Arras, Bryussel, Kyoln shaharlari, Italiyada – Milan va Florensiya shaharlari bu masalada yetakchilik rolini o’ynadilar. Ammo Shimoliy dengiz va Baltika dengizi bo’yidagi shaharlarga nisbatan O’rta dengiz bo’yi shaharlari bu ilk davrda, ya’ni X-XI va hattoki XII asrlarda savdo-sotiq ishlarida hukmron vaziyatni egallagan edilar. Sharqdan keladigan mahsulotlar qimmatbaho tovarlar bo’lib, ularning bir qismini yuqori sifatli buyum sifatida Yaqin Sharq mamalakatlariga yetkazib turardi va u mahalda G’arbiy Yevropa bu buyumlarni ishlab chiqara bilmasdi. Shuni takidlash kerakki, mag’ribliklar asosan Piza, Genuya, Venetsiya, Marsel savdogarlari bilan faol savdo-sotiq olib bordilar. Yevropalik savdogarlar esa mag’rib shaharlarida savdo qilibgina qolmay balki ushbu hududlarda yashab qolishlari mumkin edi. Barcha cheklov va xavf-xatarga qaramay hukumat ularga joni va molini dahlsizligini ta’minlashni va’da qilgan edi.Ba’zida turli shahar gildiyalari bozor uchun kurashgan. Jumladan Sena daryosi havzasida savdo qilish uchun Parij va Ruan savdo gildiyalari raqobati bir necha asr davom etgan. Ayrim hollarda, aksincha bir necha shaharlar gildiyalari birlashgan. Xususan, XII asr boshlarida Flamandriya ganzasiga 17 shahar a’zo bo’lgan.
O`rta asrlar davrida feodal tarqoqlik yaqqol ustun bo`lgan Italiya va Germaniyada savdo ittifoqlari vujudga kelishi uchun qulay imkoniyatlar mavjud edi. XIII-XV asrlarda Germaniya janubiy va g`arbiy shaharlarning yirik ittifoqlari bor edi. Shvabiya ittifoqi Yuqori Dunay daryosi rayonida joylashgan qariyb 90 ta shaharni o`z ichiga olgan edi. Ularning tepasida sanoati (movut, supp, ip gazlama to`qish va metallurgiya sanoati, qurol-yarog` ishlab chiqarish) ancha-muncha rivojlangan markazlar - Augsburg, Ul'm va Nyurnberg shaharlari turardi.1268 yilda Konrad o‘limi bilan Gogenshtaufenlar sulolasi hukmronligi yakunlandi.Bu davrda nemis knyazliklari o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj oldi. Bu kurashlarda muvofaqiyat qozonish va Germaniyada gegemonlik qilish maqsadida turli shaharlar o‘rtasida ittifoqlar tashkil etila boshladi. Shvabiya hududida hukmronlikni qo‘lga kiritish uchun Badenburg, pfalsgrafom Tyubingenskiy,grafom Gogensoller vaVyurtembergskim o‘rtasida kurash bordi. AmmoimperatorShvabiyahukmronliginio‘znazoratidasaqlabqolishgamuvofaqbo‘ladi.Imperatoro‘zvakililandfogtovorqaliShvabiyaniyuqorivaquyiqismlarininazoratqilishhuquqidanfoydalandi. Shvabiyayirikshaharlariimperatorningturli imtiyozlari va huquqidanfoydalangan.Shaharlarimperatorlandfogtivaimperiyasudigaitoatqilsada,ularningahvoliqoniqarlidebbo‘lmasdi. Misoluchun VyurtemberggrafiRudolfeGabsburg quyiShvabiyava Elzas hududlarinibosibolib oladi. 1291 yil Rudolfa I vafotetishibilanShvabiyadagegemonlikniqo‘lgakiritishuchunyangitdankurashlaravjoladi. O‘zarokurashlar 1307 yilgakelibShpeyereshahridatinchlikshartnomasiniimzolanishibilanyakunlangan. Graf Ulrixa III Vyurtembergqo‘qisdanqilganhujumivauningharakatlariimperator LyudvigBavarskogotomonidanqo‘llabquvvatlanishinatijasida 1331 yilgakelibShvabiyashaharlarittifoqitashkiltopdi.XIV asrgakelibShvabiyadaAvstriyao‘zhukmronligio`rnatdi. 1368yildaFreyburva 1369 yildaBreygauShvabiyadao‘zhukmronliginimustahkamlashgamuvofaqbo‘ldi. 1360 yildakichikShvabiyafeodallario‘zarohamkorlikmazmunidagishartnomaimzolashgaerishgan. Shartnomashartlarigabinoanushbukichikfeodallar «shleglerovittifoqi»gabirlashishilozimedi.EbergardVyutembergskiygaqarshikurashdaAvstriyagaqo‘shilishmaqsadida 1367-yildantomonlaro‘rtasidashiddatliqonlito‘qnashuvboshlandi. ImperatorKarlningshaxsano‘ziniShvabiyagatashrifibirnechavaqtShvabiyaraqobotchilarinijazolashgamuvofaqbo‘ldi. GrafEbergarmag‘lubyatgauchratilishibilanurushlartugadi. LandfogtlikgersogFridrixBavarskiynazoratigao‘tadi.ImperatorVenseslavhukmronligiyillaridamamlakatdagibeqarorlikavjoldi. 1382 yildaShvabiyashaharlariittifoqi LeopoldAvstriskiyhomiyligigao‘tadi. Ittifoqqabudavrdabirnecharitsarlikuyushmalarihambirlashib,ulargaumumiyrahbarlikgrafomEbergardedi.1388 yildaShvabiyashaharlarittifoqiharbiybo‘linmasiVyutembenggrafligitomonidantor-moretildi, 1389 yildaimperator Venseslav buhududlarnidavlatmulkidebe’lonqildi.ShvabiyReynknyazligitarkibigaolindi,budavrdaReyntarkibiga Bavariya, Frankoniya, Gessen, Tyuringiyava Meysenlarkirgan. UshbuuyushmaningrahbariqilibgrafFridrixEttingenskiytayinlandi.Ungamuammolivaziyatlarkelibchiqqanhollardadavlatsudio‘tkazishhuquqihamberilgan.1400 yildaimperatorRuprext shaharlarerkinliginicheklashmazmunidagisiyosatyuritilishinie’lonqildi.Maynsskiy, Vtemberg, Badenkurfyurstlariva 17 Shvabiyashaharlario‘rtasidao‘z-o‘zinihimoyaqilishmaqsadidaMarbaxittifoqiga birlashdi.Imperatorlar Albrexte II vaFridrixe III hukronligidavridatartibsizlikvajanjallardavometdi, garchi 1436 yildaijobiykelishuvgaerishilganbo‘lsa-da. Georgmaqsadibarqarorliktinchliktarafdoriedi. 1487 imperatorEslingeneyig‘ilganShvabiyamansabdorlarnirasmantanolishinima’lumqildivashuerda1488 yil 14 fevraldaKattashavbiyaittifoqituzildidavlathukmatihomiyligida.1512 yildaShvabiyaGermaniyaimperiyasining 10 okrugdatanolingan. Shvabiyataraqqiyotiga 1525 yildabo‘lgandehqonlarqo‘zg‘olonijiddiysalbiyta’sirqildi. BuyukdehqonlarharakatidavridaShvabiyadahududidareformatsiyashiddatbilantarqalaboshladi. BirnechaShvabiyashahrivaknyazliklari (Vyurtemberg, Ulm, Reytlingen, Eslingen, Geylbron va boshqalar) Shmalkaldenittifoqidabirlashdi,ittifoqnitashkiletilishiga 1547 yildabuhududlarningyirikpuljarimagatortilishisababbo‘ldi.XVIasrningikkinchiyarmigakelibShvabiyadahukmronlikqilishuchunVyurtembergom va Avstriyao‘rtasidakurashbordi, ularprotestanvakatoliklargabo‘inganholdakurashniavjoldirgan. Mustaqilimperiyadvoryanlariyanauzoqvaqtmobaynidahududikonstitutsiyagarioyaqilishniistashmadilar, garchi 1563yilda Ulme shahridaShvabiyaokrugiustavitasdiqlnganbo‘lsa-da,Shvabiyadagisiyosiytarqoqlikvahokimiyatuchunkurashdavometdi. VestfalsulhshartnomasigabinoanElzasFransiyagaberilganvaShvabiyaShvetsiyaga 984705 guldenmiqdoridakontributsiyato‘lashibelgilangan. XVII asrningikkinchiyarmi XVIII asrningbirinchiyarmidaShvabiyaturligermanknyazliklariharbiyharkatarolibboruvchimarkazigaaylanibqoldi
Reyn viloyatidagi (Reyin savdo ittifoqi) shaharlar qo`shni Niderlandiyaning iqtisodiy taraqqiyoti bilan mahkam bog`langan edilar, Shvabiya savdo ittifoqi (Yuqori Dunay) shaharlari Italiya bilan olib boriladigan savdodan hatto buyuk geografik kashfiyotlardan keyin uzoq vaqtlargacha katta foyda olib turdilar. Bu shaharlar esa Italiya savdosi bilan chambarchas bog`langan edi. Venetsiyada katta nemis saroyi bo`lib, nemis mollari bilan savdo-sotiqqilish ishlarining hammasi shu saroyga to’plangan.
G`arbdagi Reyn ittifoqi sanoat va ayni zamonda savdo shaharlarining ham xuddi shunday ittifoqi edi. Reyn daryosi bo`yida joylashgan va movut tio`qish hamda metall ishlab chiqarishning rivojlanganligi bilan farq qilgan Kyol'n, Vorms, Strasburg va boshqa shaharlar shu Reyn ittifoqiga kirgan edilar. Bu shaharlar Niderlandiya,Frantsiya va Italiya bilan qizg`in savdo olib bordilar.
Shimoliy savdoda german shaharlari ganzasi alohida o’rin tutgan. 1267-yil Ganza ittifoqining tashkil topishi Yevropa savdogarlarining xalqaro savdo-sotiq qilish maqsadida qo’yilgan qadami edi. Tarqoq bo’lgan Yevropa iqtiodiyoti uchun bu juda ham muhim edi. Savdo yo’llarida bosqinchi va qaroqchilar xo’jayinlik qilar edi, bundan tashqari savdogarlardan o’z mollarini manziliga yetib, toki uni sotgunlariga qadar qirol va feodal yer egalari undan boj va boshqa soliqlar undirirlardi. Hamma savdogarlar hisobidan yashashni xohlardi, natijada ishlash tartibiga bo’ysundiradigan o’g’rilik taraqqiy etdi. Bema’ni gaplargacha olib borilgan qoidalar bir bo’lak gazlamani eni yoki sopol idishning chuqurligiga jarima olish imkonini yaratdi. Shunga qaramasdan dengizsavdosi o’sha paytda allaqachon asosli ahamiyatini rivojlanishiga erishdi. IX asrda savdo-sotiq ishlari Angliya bilan, Shimoliy davlatlar va Guslar bilan olib borilgan18. Saksoniya qiroli Etelred germaniyalik savdogarlarga Londonda ustunlikni berdi, uning namunasida keyinchalik Vilgelm ham bu ishni davom ettirdi. 1143-yil graf Shaunburg tomonidan Lyubek shahri bunyod etildi. Keyinchalik graf Shaunburgiskiy shaharni Genrix Levga berdi, toki podshoh dargohidan quvg’in qilingani e’lon qilinmaguncha. Lyubek imperiya shahriga aylantirildi. Shimoliy Germaniyaning barcha davlatlari kuchli Lyubekni tan oldi va yuz yil ichida Ganza ittifoqi savdogarlarini rasmiylashtirgunga qadar, u ko’p mamlakatlar bilan savdo imtiyozlarini olishga ulgurgan edi.
1158-yilda Lyubek shahri Boltiq dengizidagi savdoning rivojlanishi natijasida tezda gullab yashnashdi. Germaniya savdo kompaniyasi Gotland orolida Visbiga asos soldi.1241-yil Lyubek va Gamburg savdogarlar birlashmasi savdo yo’li himoyasi hamkorligida qilingan Boltiq dengizi Shimoli bilan birlashganligi to’g’risida shartnomani kiritdilar. 1256-yilda dengiz atrofidagi shaharlar ya’ni Lyubek, Gamburg, Lyuneburg, Vismara, Rostok kabilarni birinchi birlashmasi tashkil etildi. Batamom yagona Ganza shaharlar birlashmasi 1267-yil shakllangan. Unga Gamburg, Bremen, Kyoln, Gdansk, Riga va boshqalar (shaharlar soni 70 tagacha) kiritilgan19. Vakillik bosh shahar birlashmasi Lyubekka ixtiyoriy to’liq topshiriq bergan edi, Shunday ekan uning shahar hokimlari va senatorlari yanada uddaburon ishni olib boruvchilar hisoblanardi. Shu bilan bir qatorda bu shahar o’ziga harbiy kemalarni saqlash xarajatlari bilan bog’liq masalalarni hal etgan.
Ganza rahbarlari juda mohirlik bilan qulash holatidan foydalanar edilar, qaysiki o’z qo’llariga Boltiq va Shimoliy dengiz savdosini olish uchun undan o’zlarini monopoliyalarini tuzish, shu tarzda tovarlar bahosini o’rnatish asosiy maqsad edi.Bundan tashqari ular davlatlarni egallashga urindi, qaysiki ular har doim o’z manfaatlarini ko’zlab, ko’p imtiyozlarga ega bo’lishni xohlar edilar. Masalan, mustamlaka mamlakatlarni ixtiyoriy tartibga kiritish huquqi, savdo ishlab chiqarish, tovarlarni soliqlardan ozod qilish, uy va hovli joylarni egallash huquqi, ular tomonidan chet elga xizmat qiladigan diplamatik vakillarining o’sha davlati huquqlariga bo’ysunish va shaxsiy sud qilish huquqiga ega bo’lishni namoyish qilgan. Birlashma tuzilishiga qadar hattoki bu harakat, urinishlari katta qismiga ulgurilgan edi. Ko’rikdan o’tga tajribali va faqat savdo xo’jayinlariga emas, balki siyosiy qobiliyatga ega bo’lgan savdo-sotiqqa oid birlashma rahbarlari qo’shni davlatlarning og’ir sharoitlaridan foydalanib qolardilar. Ular bunday vaziyatni qo’ldan qochirmasdi, xususan bu davlatlar dushmanlarini himoyalash yo’li bilan, yoki to’g’ridan-to’g’ri qaroqchi kema egalari yoki ochiqchasiga jang qilish, bu davlatlarni og’ir ahvolga solish, chekinishga majburlash maqsadida ularga o’z hududlaridan voz kechishni talab qilgan. Shu tarzda Ganza shaharlari qatoriga sekin-asta Lej va Amsterdam, Gannover va Keln. Gettingen va Kil, Bremen va Gamburg, Vismar va Berlin, Frankfurt va Shtettin, Dansig va Kennisberg, Memel(Klaypeda) va Riga, Pernov va Yurev, Stokgolm va Narva kabilar qo’shildilar.20
Ushbu hududdagi savdoda VIII asr oxiridan IX asr o’rtalariga qadar Yutland yarim orolidagi Haytabyu shahri yetakchilik qilgan. XIII asrdan shimoliy hududlarda Lyubek, Gamburg, Vismar va boshqa shimoliy german shaharlari savdogarlari kira boshlaydi. Bu shaharlar asta-sekin ittifoqqa birlashib, XIV asrda ushbu ganzada 70dan ortiq shaharlar bo’lgan. Ular orasida eng nufuzlilari Kyoln, Bremen, Londonlarda joylashgan. Ganza kemalari hatto Fransiyaning g’arbidagi Atlantika sohilidagi portlariga kelib, u yerdan musallas, tuz olib ketgan.
Ittifoq tarkibida Fins ko’rfazidan Sheldgacha bo’lgan shahar, orol bo’yi va ichi tashlandiq bo’lgan maydonlarni va dengiz qirg’oqlaridan to o’rta Germaniyagacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga oladi. Bu shaharlarning manfaatlari qarama-qarshi bo`lsa-da, umumiy manfaatlar ular o’rtasidagi yagona aloqalarni ta`minlashga xizmat qilgan. Ittifoqning ixtiyorida majburiy vosita – unga istisno sifatida ittifoq a’zolari qaysidir yumush bilan alohida shaharda bo’lishlari va shu majburiyatlar bilan bog’liq aloqalarni bekor qilishlari kerak bo’lgan, shuning bilan bir qatorda, shaharda bu ishlar bajarilishini kuzatuvchi politsiya nazorati mavjud bo’lmagan. Shikoyat va da’volarni o’z manfaatlarini talab qiluvchi barcha shahar vakillari hisoblanuvchi shaxslarga shahar ittifoqiga kelibgina bildirishgan. Har qanday holatda ham, shahar ittifoqiga qarshi borishning ta’siri kuchli edi, masalan, 1355-yilda Bremen mustaqil bo’lib chiqiqshga harakat qilgan va natijada katta miqdorda moliyaviy zarar ko`rgan, uch yildan so’ng esa ittifoqqa kirishni so’ragan21. Ganza o’z oldiga sharqiy va shimoliy Yevropadan Boltiq va Shimoliy orol davlatlari o’rtasida bevosita savdo aloqalarini tashkillashtirishni maqsad qildi. Savdo shartlari odatdagidan qiyin emas edi. Mahsulotlarning narxi ancha past bo’lib, shuning uchun savdogarlar ittifoq davrida yaxshigina daromadga ega bo’lishgan. Xarajatlarning kam bo’lishi uchun savdogarlarning o’zlari yuk tashuvchilik vazifasini bajarishgan. Savdogarlar o’z xizmatkorlari bilan dengiz kemasi ekipajini tuzishga va halokatga duch kelmay belgilangan joyga yetib kelsagina savdoni boshlashgan.
Shimoliy dengizdagi savdoda yetakchilikni saqlab qolish uchun ganza shaharlari ittifoqi barcha vositalardan foydalangan. Jumladan, 1284-yili Norvegiyani savdo qamaliga olinishi ganzaga imtiyozlar berilishi haqidagi shartnoma tuzilishi bilan yakun topadi. Flandriya g’alla keltirish va tayyor movutni olib ketilishini to’xtalishi, 1360-yili imtiyozlarni kengaytirilishiga olib keladi. Savdo-sotiqdagi yetakchilik uchun ganza 1370-yilda Daniyaga qarshi urushda g’olib chiqadi. Ayni ana shu voqea uning harbiy-siyosiy va savdo sohalaridagi qudrati cho’qqisi bo’ladi. Ganza ittifoqining shaharlarga birinchi yurishi 1367-yilda bo’lgan. Tanlangan ganzetag (ittifoqning parlamenti) ma’lumot ko’rinishidagi qonunlarni joriy qilib, o’zida o’sha davr ruhiyatini, pretsedent (o’zidan keyin sodir bo’ladigan xuddi shu turdagi voqealarga namuna, o’rnak bo’la oladigan voqea hodisa) odat va an’analarini mujassamlashtirgan. Ganza hukumatining oliy organi umum ganza yig’ini bo’lib, xorijiy davlatlar o’rtasidagi savdo masalalarini ko’rib chiqqan. Yig’in o’rtasidagi mazkur ishlarga rat {shahar kengashi} Lyubek boshchilik qilgan22. Vaqt qiyinchililari moslashuviga qarab, ganzaliklar tezda o’z ta’sirlarini kuchaytirishdi va tez orada ikki yuzga yaqin shaharlarni o’z ittifoqlari a’zoligiga qabul qilishdi. Ganzaning rivojlnishi o’z ona tillari va umumiy nemis tilining tengligiga, yagona pul tizimidan foydalanishga, ganza ittifoqi shaharlarining aholisi kengash ishlarida birdek huquqga egaligiga imkoniyat yaratdi.
Lekin xalqaro savdoda faol bo’lgan ganza shaharlarining o’zaro aloqalari sust edi. Ahyon-ahyonda chaqirilib turadigan ittifoqchi shaharlar qurultoylari iqtisodiy aloqalarga ijobiy ta’si o’tkazolmagan. Ganza ittifoqi rasmiy a’zolarining doimiy ro’yxati ham bo’lmay, uning tarkibi tez-tez o’zgarib turgan23. Qolaversa, turli shaharlar orasidagi tafovutlar savdoda yakka hokimlikka erishilganidan so’ng, yaqqol sezila boshlanadi. Ganza tarkibidagi shaharlarda patritsiat hukmronligini himoya qilishga intilishi qo’zg’olonlarga ham olib kelgan. Xususan, Kyolndagi hunarmandlar qo’zg’oloni shahar hokimiyatini yangilanishga sabab bo’ladi. Niderlandiyada yangi markazlar shakllanib, ular XIV asrdan don, seld, tuz savdosiga ko’shiladilar. Moskva knyazi Ivan III tomonidan XV asr oxirida Novgorod shahrini olinishi, undagi Ganza savdogarlari faktoriyalarini yopilishi bilan tugaydi. Nemis savdogarlari XV asrda Londondagi imtiyozlarini qiyinchilik bilan saqlab qolgan bo’lsada, XVI asrdan ingliz savdogarlari tashqi savdoni uzil-kesil o’z qo’liga oladilar24. Tashqi savdoda inglizlar va gollandiyaliklarning faolligi oshib borishi ganzaliklarning Shimoliy Yevropadagi mavqelarini tobora pasayishiga olib keladi. XVI asrdan buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dengiz savdo yo’llarining Atlantika okeaniga siljishi hamda Germaniyadagi umumiy iqtisodiy inqiroz Ganzaning savdodagi mavqeini uzil-kesil yo’qolishiga olib keladi.
Germaniya shaharlari taraqqiyoti o’ziga xosligini, uning siyosiy-iqtisodiy tarqoqligini belgilagan. XIII asrning birinchi yarmidan shaharlar boshqaruvining knyazlar qo’liga o’tishi, shaharlarning erkinligini cheklab qo’yadi. Faqat qirol yerlaridagi shaharlar o’z imtiyozlarini saqlab qolgan va hatto kengayib, erkin imperiya shaharlariga aylangan. Bu shaharlardagi boshqaruv patritsiylar vakillari qo’lida bo’lib, shimolda ularning aksariyati yirik savdogarlar, janubda esa-yirik hunarmandlar va sudxo’rlardan iborat bo’lgan. XV asrda Augsburgda imperatorga qarz bergan Fuggerlar oilasi yuksaladi. XIII asrning o’rtalaridan zodagonlar anarxiyasining kuchayishi Germaniya shaharlarini ittifoqqa birlashishiga, o’zlarining savdodagi manfaatlarini himoya qilishlariga turtki beradi. Natijada, 1254-yildayoq Reyn shaharlari tinchlikni asrash va talonchiliklarga qarshi kurashish maqsadida birlashadi. Ittifoqqa kirishishga shaharlar ayrim knyazlarni ham taklif qiladilar. Lekin Reyn shaharlari ittifoqi ichki ziddiyatlar sababli, ko’p o’tmay, tarqalib ketib, oradan yuz yil o’tgandan so’ng qayta tiklanadi25.
Germaniyaning shimolidagi shaharlar Ganza ittifoqiga birlashib, u ham katta siyosiy-harbiy kuchga ega bo’lgan. Ammo Ganzaning mamlakat ichki hayotiga qiziqishi va ta’siri deyarlik bo’lmagan. Ganzaning asosiy vazifasi o’z a’zolari ijtimoiy-siyosiy hayotida osoyishtalikning saqlanishi, savdogar patritsiylar doiralari hukmronligini ta’minlash edi.
Shimoliy va Boltiq dengizlarida savdo-sotiq ishlari olib borgan va G’arbiy yevropa mamlakatlarining Shimoliy-Sharqiy Yevropa bilan olib brogan savdo ishlarida vositachi bo’lgan Shimoliy Germaniya shaharlarining rivojlanishi nemislarning Baltika bo’yini istilo qilish oqibatlaridan biri bo’ldi.
Sharqdan tovar olish ishtiyoqi yevropalillarning oltin, kumushlarining sovurilishiga ilb keldi. Chunki Yevropadan chiqariladigan mahsulot yo’q edi. Asta-sekin XIV-XV asrlarda savdo ishlari bo’yicha Shimoliy Yevropa mamlakatlari katta rol o’ynay boshladi, u yerlarda savdogarlar yirik ittifoqlarga birlashganlar. Bulardan eng yirigi Ganza ittifoqi edi. XIV asr o’rtalariga kelib Shimoliy Germaniya Shaharlari qudratli Ganza ittifoqiga birlashdilar.
Ganza savdo ittifoqi zeb-ziynatlar sotib olishga emas, balki Yevropa ishlab chiqarishi uchun mahsulot sotib olishga qaratilgan. Bular: metal, teri, sala, hayvonlar, non, taxta, baliq va boshqalardan iborat bo’lgan. XIV asr o’rtalariga kelib Ganza 100ga yaqin shaharlarni birlashtirgan, Shimoliy Yevropada, Boltiqbo’yida, Rassiyada o’zining tayanch nuqtalariga ega bo’lgan. Bu mamlakatlardan Ganza savdogarlari imtiyozlar olganlar. Savdoni tashkil qilishda Shimoliy va Boltiq dengizi va daryolar asosiy transport yo’llari bo’lgan. Reyn, Elba, Shelda, Sona, Rona, Luara, Temza, Oder, Visla, Neman, G’arbiy Dvina26.
Ganza iqtisodiy ittifoq bo’libgina qolmay, u siyosiy ittifoq ham edi. Lyubekda ittifoqqa kirgan shaharlardagi vakillarning vaqti-vaqti bilan syezdlari bo’lib turardi. Ganza savdosini o’z nazorati ostiga olishga uringan Daniya qiroliga Ganza jiddiy zarba yetkaza bildi. Ganza shaharlarining Daniya bilan olib brogan uch yillik urushini bartaraf etgan 1370-yilgi Shtralzund sulh shartnomasiga ko’ra, Daniya qiroli Ganza ittifoqining ishlariga biror yo’l bilan aralashishdan voz kechdi va Daniya bo’g’ozlarida ganzaga qarashli tovarlardan undiriladigan savdo bojlarini ancha kamaytirdi. Amalda Daniya bo’g’ozlari ganza ittifoqi tomonidan monopoliya qilindi.
Ganza shaharlari bilan savdo qiladigan mamlakatlar – Angliya, Shvetsiya, Rossiya va boshqalar xususiy savdo-sotiq ishlarini rivojlantirib, nemislarning savdo vositachi bo’lishlarini istamaganlaridan keyin, ya’ni XV asrning ikkinchi yarmiga kelib Ganzaning ishi orqaga keta boshladi. Ammo Ganza XVI va XVII asrlarda ham qisman o’z ahamiyatini saqlab qolgan edi.
G’arbdagi Reyn ittifoqi sanoat va ayni zamonda savdo shaharlarining ham xuddi shunday ittifoqi edi. Reyn daryosi bo’yida joylashgan va movut to’qish hamda metal ishlab chiqarishning rivojlanganligi bilan farq qilgan Kyoln, Vorms, Strasburg va boshqa shaharlar shu Reyn ittifoqiga kirgan edilar. Bu shaharlar Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan bilan qizg’in savdo olib bordilar. Reyn ittifoqi XIII-XIV asrlarda mavjud bo’lgan. 1254-yildan boshlab, ichki qarama-qarshiliklar natijasida sekin-astalik bilan parchalana borgan27. Reyn ittifoqi vujudga kelgandan so’ng Germaniyada hukmronlik qilish barobarida shaharlarning feodal anarxiya holatini barham berishga urindi.
Germaniyada siyosiy markazlashish zaiflanishi munosabati bilan tobora katta kuch-quvvatga ega bo’lgan mahalliy feodallarga qarshi nemis shahar ittifoqining qattiq kurash olib borishiga to’g’ri keldi. XIII asr o’rtalarida Shvabiya va Reyn ittifoqlari yuzaga kelishining o’zi feodal tarqoqlikning oqibati edi. Feodal anarxiyasini cheklash va Germaniya ichki savdo yo’llarini ta’minlash uchun ba’zi bir shart-sharoitlarni yaratish shaharlarning ana shunday ittifoqlar tuzish harakatida namoyon bo’ldi. German knyaz-feodallariga qarshi birlashgan ikki shahar ittifoqi o’rtasida 1381-yilda chinakam urush boshlandi. Biroq har ikkala ittifoq, ya’ni Shvabiya ittifoqi bilan Reyn ittifoqi umumiy dushman bo’lgan shaharliklarga qarshi kurashga vaqtincha jipslashgan feodallardan 1388-yilda yengildilar. Nemis shahrlarining yengilishiga asosiy sabab-bu shaharlarda mahalliy, o’lka manfaatlarining ustun bo’lganligi edi. Nemis shaharlari tashqi (ichki emas, albatta) bozorlardan ko’proq manfaatdor edilar, bu bozorlar Ganza, Reyn, Shvetsariya va Yuqori Dunay shaharlarida turlicha bo’lardi. German imperatorlarining tutgan mavqei ham shaharlarning yengilishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. German imperatorlari o’z hokimiyatlarining zaifligi tufayli shaharlar tarafini olishga va ularga biror-bir jiddiy yordam ko’rsatishga jur’at eta olmadilar.
Bu jihatdan german imperatorlari feodallar bilan kurashda xususan shaharlarga tayangan fransuz, ingliz va kastel(Ispaniya) qirollarining siyosatiga tamomila qarama-qarshi siyosat tutdilar.


XULOSA
G’arbiyYevropadashaharlarningvujudgakelishihunarmandchilikishlabchiqarishimustahkamlanib,hunarmandchiliksexlaritarzidao’zigaxostashkiliybirshaklgaegabo’ldi. Savdo-sotiq Yevropaning janubidan shimoliga va g’arbidan sharqiga yoyilib, keng tus oldi. XI asrdagi ijtimoiy mehnat taqsimoti hunarmanchilik sohasini ixtisoslashuni tezlashtirdi. Dehqonchiik texnikasini takomillashuvi ortiqcha qishloq xo`jaligi mahsulotlarini bozorga chiqishini ta`minladi. Shaharlarda mol ayri boshlash uchun mo`ljallangan savdo markazlari (bozorlar, yarmarkalar) paydo bo`la boshladi. Savdo markazlarida turli yumushlar bilan shug`ullanuvchi maxsus lavozim (sarrof, bankir, jarchi) vazifali vakillar faoliyati yo`lga qo`yildi. Savdo markazlari va savdogarlar faoliyatni tartibga solishga qaratilgan huquqiy ba`za mustahkamlandi. Siyosiy tarqoqlik hukm surayotgan bir davrda savdogarlar tabaqasini shiddatli harakati hukumat vakillarini ularga yon berishga majbur qildi. Savdo ishlarida yuzaga kelgan muammolarni hukmat hal qilishga ojiz edi. Feodallar savdogarlardan turli soliqlar talab qilar, ularga tegishli mollarni talar, yo`llarda sun`iy to`siqlar qo`yishgan. Muammoni qal qilish uchun savdogarda turli uyushmalar (gildiya, ganza)larga birlashish ehtiyoji tug`ildi. Savdo ittifoqlari savdogarlarni ixtiyoriy birlashmasi bo`lib, ularning savdo jarayonida bo`ladigan har qanday xavfdan (raqobat, qaroqchilar hujumi, mol saqlashga mo`ljallagan joy xavsizligi, yo`l to`sarlar, pul kabi) himoyalashga qaratilgan edi. Savdo ittifoqlari Yevropada hukm surayotgan feodal tarqoqlik tufayli yuzaga keldi. Markaziyhokimiyat zaifligi shaharlarni ittifoqga birlashib, mustaqil faoliyat yuritishigа imkon berdi. Bu kabi shahar ittifoqlariga siyosiy tarqoq mamlakatlar Italiyada-Venetsiya, Genuya, Parma, Germaniyada-Reyn, Ganza, Shvabiya kabilarni misol keltirish mumkin. Mazkur ittifoqlar asosan xalqaro savdo maqsadida tashkil etilgan bo`lsada, ular siyosiy va harbiy jihatdan o`z davrini istalgan qirolligiga tenglash olardi. Italiya shaharlari asosan O`rta er dengizi havzasi mamlakatlari bilan savdoda monopol huquqga ega bo`lgan. Yevropani shimolidagi savdo-sotiqGanza savdo ittifoqi tomonidan nazorat qilingan. O`rta asrlarda Yevropadagi yuqorida qayd etilgan ikki savdo markazi muhim ahamiyat kasb etgan. Bundan tashqari tarixda Venetsiya, Genuya shahar davlati maqomiga erishagani ham ularning ahamiyatini anglatib turibdi. Shimoliy Yeropada bu davrda Ganza ittifoqi istalga qirolni hokimiyatga ko`tarish, istalgan bir hukmdorni hukmronlikdan mahrum etish darajasidagi siyosiy kuchga ega bo`lgani taqsinga loyiq. Aytish mumkinki 1871 yilga qadar Germaniyada Ganza ittifoqi qudratga tenglasha oladigan davlat bo`lmagan. Ganza shaharlari bilan savdo qiladigan mamlakatlar - Angliya, Shvetsiya, Rossiya va boshqalar xususiy savdo-sotiq ishlarini rivojlantirib, nemislarning savdo vositachisi bo`lishlarini istamaganlaridan keyin, ya`ni XV asrning ikkinchi yarmiga kelib Ganzaning ishi orqaga keta boshladi. Ammo Ganza XVI va XVII asrlarda ham qisman o`z ahamiyatini saqlab qolgan edi.



Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling