Kil 1947 10, Gyottingen nemis nazariyotchi fizigi, kvant nazariya
Download 54.65 Kb. Pdf ko'rish
|
Max Planck - Vikipediya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soʻnggi tahrir 5 oylar avval Asadbek Botirqulov tomonidan amalga oshirildi
Max Planck Maks Plank (talaffuzi: Maks Plank) (1858.23.4, Kil - 1947.4.10, Gyottingen) — nemis nazariyotchi fizigi, kvant nazariya asoschilaridan biri. Berlin Fanlar akademiyasi aʼzosi (1894 yildan). Myunxen (1874—77) va Berlin (1877—78) universitetlarida oʻqigan. Myunxen universitetida oʻqituvchi (1880— 85), Kil (1885 yildan) va Berlin (1889 yildan) universitetlari professor, London Qi roll i k ja-miyati aʼzosi (1926). Ilmiy ishlari termodinamika va issiqlik nurlani-~ shiga oid. Termodinamikaning ikkinchi qonunini asosladi (1879) va koʻpgi-na fizikkimyoviy jarayonlarni yechishda, xususan, gazlar va kuchsiz eritmalar dissotsiatsiyasiga termodinamika qonunlarini tatbiq qildi (1883—88). 1900 yilda nur chiqarayotgan tizim — ossillyatorning nurlanishi uzlukli kattalik (hv) ekanligini faraz qildi (bunda v — nurlanish chastotasi, h — taʼsir kvanti yoki Plank doimiysi). P. shu farazga asoslanib, klassik fizikaga tatbiq etib boʻlmaydigan mutlaq qora jismning elektromagnit nurlanishi spektrida energiya taqsimoti (Plank nurlanish krnuni)ni ifodalovchi formulani topdi. Plank doimiysining kiritilishi kvant fizika rivojlanishining boshlangʻich davri boʻldi.
P.ning nazariy tadqiqotlarida nisbiylik nazariyasiga oid ishlar muhim oʻrinni egallaydi. Xususan, u relyati-vistik dinamikaning tenglamasini keltirib chikardi (1906), termodina-mikani maxsus nisbiylik nazariyasi miqyosida tekshirib, u toʻgʻrisida umumiy xulosalar chiqardi. P. fizika me-todologiyasiga doyr juda koʻp ishlar qilgan. U koʻp jildli nazariya fizika kursi muallifi. Nobel mukofoti laureata (1918). [1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000- yil Manbalar
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000- 2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Max_Planck&oldid=2097599 " dan olindi Soʻnggi tahrir 5 oylar avval Asadbek Botirqulov tomonidan amalga oshirildi Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Download 54.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling