1
https://t.me/Ona_tili_va_adabiyot_N1
She’riy san’atlar
2
Adabiyot nazariyasi
Allegoriya (majoz) ramzning bir ko’rinishi bo’lib, voqea-hodisa yoki narsa
buyumning mavhum tushunchasi o’rnida aniq tasvirni ifodalovchi ramziy so’z
(obraz)ni qo’llash, ya’ni adabiy asarda o’quvchiga noaniq bo’lgan tushunchani
ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalash usulidir.Tulki –
ayyor va aldamchi kishi, bo’ri – ochko’z, chumoli – zahmatkash kishi…
Alliteratsiya (Tavzi’) (Lot. Littera- harf) She’r baytlarida bir xil tovush
bilan boshlanadigan so’zlarni keltirish asosida ohangdoshlikni hosil qilish
alliteratsiya deyiladi. M:
- Qaro qoshing, qalam qoshing, qiyiq qayrilma qoshing qiz.
- Baholik dinor ul biliklik kishi,
Bu johil biliksiz, bahosiz bishi.
Alliteratsiya og’zaki adabiyotda tez aytish janrini yuzaga keltirishda asosiy
rol o’ynaydi.
Anafora (gr. Yuqoriga chiqarish, yuqoriga ko’tarish) So’z takroriga
asoslanuvchi san’at bo’lib, bir yoki birdan ortiq so’zning misra boshida takrorlanib
kelishiga asoslanadi.
- Nega shuncha go’zal ko’rinar olam?
- Nega qarrab to’ymas ko’zlarim?( anafora, tajohuli orifona )
Bir yonda zangori bahri Muhit bor,
Bir yonda za’faron Sahroi Kabir. ( anafora, Talmeh )
Do'stlaringiz bilan baham: |