Adabiyot nazariyasi


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana21.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1217393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
She\'riy san\'atlar

 
- Firoqu rashku hajru oh ila dard, 
Biror harf ibtidodin aylabon fard. 
F-firoq 
A- (arab alifbosidagi so’zlarda so’z o’rtasida tushurilib, zabar belgisi 
qo’yiladi)
R- rashk 
H- hajr 
O-oh 
D- dard 
- Hast dar silsilai hoqoni, 
Muhrdoreki nadorad soniy. (muhrdor so’zidan soniy, ya’ni 2- harf olib 
tashlansa murdor so’zi qoladi) O’zbek adabiyotida eng ko’p muammo yaratgan A. 
Navoiy bo’lib, 500 dan ortiq muammosi “Risolayi muammo” (Mufradot )asaridir. 
“Xazoyin-ul maoniy”da 52 ta muammosi bor. 
Muammo atamasi mumtoz adabiyotda 2 ma’noda ishlatilgan:
1. Badiiy san’at turi. 
2. Shu san’at asosida yuzaga kelgan lirik janr turi. 
Muammo bir baytdan iboratligi, qofiyalanish bilanfardga o’xshaydi. Lekin 
kishi ismi yashiringanligi bilan undan farq qiladi. 
Mubolag’a (Giperbola) (ar. Lof urish, bo’rttirish, kuchaytirish). Badiy 
adabiyotda tasvirlanayotgan narsa, shaxs va voqea-hodisa, belgi, harakat yoki 
holatlarni bo’rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli mubolag’a deyiladi.
Mubolag’a bo’rttirish darajasiga ko’ra 3 ga bo’linadi: 



1. Tablig’ – aqlan ishonish mumkin bo’lgan, hayotda ham yuz berishi 
mumkin bo’lgan mubolag’a turi: 
Kecha kelgumdur debon, ul sarvi gulro’ kelmadi, 
Ko’zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi. 
2. Ig’roq (ar. Kamonni qattiq tortmoq) aqlan ishonish mumkin bo’lgan, 
ammo hayotda yuz berishi mumkin bo’lmagan mubolag’a turi: 
Vujudim yonib ketdi, 
Ko’zlarim qonab ketdi.
- “Farhod va Shirin” dostonida Farhod Shirin va uning otini ko’targan holda 
1,5-2 km yo’lni bosib o’tishi tasvirlanadi. 
3. G’uluvv (ar.qo’lni imkon boricha baland ko’tarmoq) aqlan ham ishonish 
mumkin bo’lmagan, hayotda ham yuz berishi mumkin bo’lmagan mubolag’a turi: 
_ Vah muhabbat kuyida qon yig’ladim, 
Yetti iqlim g’arq bo’ldi yoshima.
Ko’z yoshim daryo bo’lib, 
Baliqlari yutsin seni.
Mubolag’a asosida og’zaki adabiyotda lof janri yuzaga keladi.Mukarrar (ar. 
Qayta-qayta, ust- ustiga). Bu san’at Muayyan so’zning muayyan bir o’rinda yonma-
yon yoki ketma-ket takrorlanishiga asoslanadi :
-Furqatingdan xasta ko’nglim qatra-qatra qon erur ,
Olloh-olloh , bu ne hajru behadu poyonerur. 
-Yuzung Mus’hafi sharhi o’lg’ay necha ,
Kitob-u , kitob-u , kitob-u kitob. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling