musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt bog'lab bitib, aning
misrasidin so'ngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag'amotig'a
keltururlar ermish va ani mustazod derlar emish...». Mustazod hazaji axrabi
makfufi mahzuf vaznida yozilgan, g'azalga qo'shimcha ikki rukn (axrab va mahzuf)
orttirilgan she'r hisoblanadi. Qofiyalanishi: a-a, b-a, d-a...
O'zbek adabiyotida Ogahiyga nisbatan «mukammal mustazod
kashfiyotchisi» degan ta'rif qo'llashadi. Chunki u mustazoddagi yarimta misrani
juftlashtirgan.
Misol: Ey yor, sango ushbu jahon bog'i aro gul
Bir oshiqi hayron,
Diydoringga shaydo.
Bir sheftadur kokuli mushkininga sunbul,
Ham holi parishon
Ham boshida savdo. (Ogahiy)
Noma (xat, maktub) - Sharq adabiyotida yaratilgan asarlarning bir turi.
Noma o'zbek mumtoz adabiyotida dastlab g'azal shaklida paydo bo'lib, oshiqning
ma'shuqaga yozgan she'riy maktubidan iborat bo'lgan. Chunonchi, XIV asrda yashab
ijod etgan Xorazmiy g'azallardan iborat devonini «Muhabbatnoma» nomi bilan e'lon
qilgan. Keyingi davrlarda biror tarixiy shaxs yoki badiiy asar qahramoni bilan bog'liq
sarguzashtlarning she'riy va nasriy tasviri noma deb yuritilgan. Ayrim badiiy
asarlarning nomlaridagi «noma» so'zi («Boburnoma», «Xumoyunnoma») maktub
ma'nosini yoki «noma» janrini emas, balki o'sha shaxs haqidagi tarixiy asar ma'nosini
bildiradi. Bu janrga Xorazmiy asos solgan. Noma janrida Xorazmiyning
«Muhabbatnoma», Xo'jandiyning «Latofatnoma», Amiriyning «Dahnoma» asarlari
va boshqa shu kabi asarlar bitilgan.
Noma badiiy asar turi sifatida ilk bor Firdavsiy ijodida paydo bo'lgan. Bu
turdagi asarlar, o'z navbatida, doston janrining tug'ilishi va shakllanishida poydevor
vazifasini bajargan.
Do'stlaringiz bilan baham: |