Adabiyot nazariyasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tazod
- Xorut ila Morut
Tadrij (ar. Darajama –daraja) Bunda g’azalning 1 – baytida ifodalangan fikr, kechinma, manzaralar butun g’azal doirasida satrlar silsilasida darajama-daraja rivojlantiriladi. (Voqeaband she’r) Na bo’lg’ay bir nafas men ham yanog’ing uzra xol bo’lsam, Labing yaprog’idan tomgan ki go’yo qatra bol bo’lsam. Butog’ingga qo’nib , bulbul kabi xonish qilib tunlar, O’pib g’unchagni ochmoqlikka tong chog’i shamol bo’lsam. M: Navoiyning “Yordin ayru ko’ngil mulkedurur sultoni yo’q”, “Jonga chun derman”, “O’n sakkiz ming olam oshubi…” Yordin ayru ko’ngul mulke durur sultoni yo’q, Mulkkim, sultoni yo’q, jisme durur kim joni yo’q. Jismdin jonsiz ne hosil, ey musulmonlar, kim ul, Bir qaro tufroqdek durkim, gulu rahhoni yo’q. Bir qaro tufroqdek, yo’qtur gulu rayhon anga, Ul qarong’u kechadekdurkim, mahi toboni yo’q. Tavze’ (q. alleteratsiya) 15 Tajnis (jinos) (ar. Hamjins , jinsdosh , shakldosh) She’r misralarida shakli bir xil, ma’nosi har xil (omonim) , shakli va talaffuzi bir-biriga monand, ammo ma’nosi turlicha bo’lgan (paronim) so’zlarni qo’llash tajnis deyiladi. Agar desam seni Rustam, yorarsen, (yaraysan) Qiliching birla saflarni yorarsen. (yorasan) Yo rab ul shahdu shaker yo labmidur, (lab ma’nosida) Yom agar shahdu shaker yolabmidur. (yalamoq) Jonima payvasta novak otqali G’amza o’qin qoshig’a yolabmidur. (joylashtirmoq, o’qlamoq) Tazod (ar. Zid, qarama-qarshi qo’yish) she’r misralarida qarama-qarshi so’zlardan foydalanish. Podshoh yo’qlatsalar nogoh, gado deb axtaring. (Muqimiy) Talmeh (ar.”chaqmoq chaqilishi”, “bir nazar tashlash”) – she’rda o’tmishdagi mashhur zotlarga, mashhur qissa, mashhur bayt yoki mashhur maqolga ishora qilish, mashhur tarixiy yoki adabiy qahramonlar nomini keltirish. Bir ko’rib chohizaqan Xorut ila Morut ikov, Chohi Bobil ichra qolmishlar bo’lak tadbirda. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling