Adabiyot nazariyasi


musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt bog'lab bitib, aning


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana21.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1217393
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
She\'riy san\'atlar

musammani axrabi makfufi mahzuf vaznida anga bayt bog'lab bitib, aning 
misrasidin so'ngra hamul bahrning ikki rukni bila ado qilib, surud nag'amotig'a 
keltururlar ermish va ani mustazod derlar emish...». Mustazod hazaji axrabi 
makfufi mahzuf vaznida yozilgan, g'azalga qo'shimcha ikki rukn (axrab va mahzuf) 
orttirilgan she'r hisoblanadi. Qofiyalanishi: a-a, b-a, d-a... 
O'zbek adabiyotida Ogahiyga nisbatan «mukammal mustazod 
kashfiyotchisi» degan ta'rif qo'llashadi. Chunki u mustazoddagi yarimta misrani 
juftlashtirgan. 
Misol: Ey yor, sango ushbu jahon bog'i aro gul 
Bir oshiqi hayron
Diydoringga shaydo.
Bir sheftadur kokuli mushkininga sunbul, 
Ham holi parishon 
Ham boshida savdo. (Ogahiy) 
 
Noma (xat, maktub) - Sharq adabiyotida yaratilgan asarlarning bir turi. 
Noma o'zbek mumtoz adabiyotida dastlab g'azal shaklida paydo bo'lib, oshiqning 
ma'shuqaga yozgan she'riy maktubidan iborat bo'lgan. Chunonchi, XIV asrda yashab 
ijod etgan Xorazmiy g'azallardan iborat devonini «Muhabbatnoma» nomi bilan e'lon 
qilgan. Keyingi davrlarda biror tarixiy shaxs yoki badiiy asar qahramoni bilan bog'liq 
sarguzashtlarning she'riy va nasriy tasviri noma deb yuritilgan. Ayrim badiiy 
asarlarning nomlaridagi «noma» so'zi («Boburnoma», «Xumoyunnoma») maktub 
ma'nosini yoki «noma» janrini emas, balki o'sha shaxs haqidagi tarixiy asar ma'nosini 
bildiradi. Bu janrga Xorazmiy asos solgan. Noma janrida Xorazmiyning 
«Muhabbatnoma», Xo'jandiyning «Latofatnoma», Amiriyning «Dahnoma» asarlari 
va boshqa shu kabi asarlar bitilgan. 
Noma badiiy asar turi sifatida ilk bor Firdavsiy ijodida paydo bo'lgan. Bu 
turdagi asarlar, o'z navbatida, doston janrining tug'ilishi va shakllanishida poydevor 
vazifasini bajargan. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling