Adabiyot nazariyasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar
Antiteza (q.Tazod.) Aforizm (Gr. Qisqa, hikmatli so’z)-aniq va ixcham ifodalanib, tugal fikrni anglatuvchi hikmatli so’z. M: A. Navoiy; - Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, Orlanib so’ramagan o’ziga zolim. Arostrofa – Jonlashtirishning bir ko’rinishi bo’lib, jonsiz narsa yoki hodisaga jonli narsa hodisadek murojaat qilish yoxud yo’q shaxsga xuddi bordek qarash Go’zal oy, senga bir gap Demakka ko’p hayronman. Bemahal to’lganingdan Toza ham pushaymonman. Antifraz –shaxs yoki narsaga xos xususiyatni kulgi ohangi bilan inkor qilish. Bunda so’zlarning asl emas, teskari ma’nosi nazarda tutiladi. Erkalanib yotadi U vatan tuprog’ida. Yosh bola yotganiday Onaning quchog’ida. 3 Bu birikmalar aslida ijobiy ma’noni bildiradi, bu yerda esa salbiy ma’noda qo’llangan. Bulug’- (q.Ifrot) Evfemizm (gr. Yaxshi gapiraman) qo’pol, odobga to’g’ri kelmaydigan, noqulay so’z va so’zbirikmalarini so’zlashuv tiliga xos qulay so’z va so’z birikmalari bilan almashtirish : bo’g’oz –ikkiqat, homilador; xotin oldi – uylandi; o’ldi – vafot etdi, qazo qildi. Ba’zan evfemizm tabu bilan bog’lanadi: chechak – gul, er – dadasi. Fard - mumtoz she'riyatdagi eng kichik she'r shakli. U o'zaro qofiyalanuvchi ikki misradan iborat. Ba'zan ular qofiyasiz bo'lishi ham mumkin. Fardlarda turli ichki kechinmalar, tarbiyaviy qarashlar ifodalanadi. «Fard» arabcha so'z bo'lib, «yakka» «yolg'iz», «yagona» degan ma'nolarni bildiradi. Fard ayrim yirik asarlarda qissadan hissa tarzida xulosa aytish uchun ham keltiriladi. Sharq devon tuzish an'anasiga ko'ra fard qit'alardan so'ng eng oxirgi o'rinda beriladi. Qofiyalanishi: a-a yoki a-b Misollar: Bu gulshan ichra yo 'qtur baqo guliga sabot, - a Ajab saodat erur, yaxshilik bila chiqsa ot. - a (A. Navoiy) Muruvvat - barcha bermakdur, yemak yo 'q, Futuvvat - barcha qilmakdur, demak futuvvat-mardlik, yigitlik ; karam, saxovat, jo'mardlik. Kishi aybing desa, dam urmag'ilkim, ul erur ко 'zgu, - a Chu ko'zgu tiyra bo'ldi, o'zga aybing zohir aylarmu?! -a (A. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling