Adabiyot nazariyasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- (A. Navoiy, Shirinning Farhodga maktubidan)
- Musallas
- Muashshar yoki mashru
Mufradot (Ar. Yakka, yolg’iz so’zidan) ayrim baytlardan tuzilgan mustaqil asar. A. Navoiyning “Risolai mufradot” nomli asari muammo qoidalari bilan birga, ana shunday ayrim baytlarni ham o’z ichiga oladi. G’ozlar qisir tug’may qo’ygan. Masnaviy (ar. ikkilik) Har bandi 2 misradan iborat she’r, ya’ni har bir bayt o’zicha qofiyalanadi. Qofiyalanishi: a-a, b-b, v-v, g-g, …Asosan voqeaband, qisman lirik mazmundagi she’rlarga nisbatan qo’llanadi. Bu janr hajm jihatdan chegaralanmagan. Shuning uchun A. Navoiy “Mezon-ul avzon” asarida masnaviyni “Vase’ maydon”(keng maydon) deb atagan. Masnaviy shakl va janr ma’nosida ishlatiladi. Fors- tojik adabiyotida masnaviyning ilk namunasi Firdavsiyning “Shohnoma” asaridir. A. Navoiyning “Xamsa”, M. Solihning “Shayboniynoma”, Muqimiyning “Tanobchilar”… masnaviy yo’lida yozilgan Nedur ahvoling, e yzori g'aribim, -a \ Visolim davlatidin benasibim? -a Chekardin g 'am tog 'in holing nechukdur? - b Buyukdin jismi chun noling nechukdir?... - b (A. Navoiy, Shirinning Farhodga maktubidan) 'Nol - qamish qalam ichidagi ingichka tomir, qiltiriq 10 Musammat (ar. Ipga terilgan marvarid) Bu tushuncha she’rlar bandlarining baytdan tashqari turlarini anglatuvchi umumiy atama hisoblanadi. Musammatlar yaratilish xususiyatiga ko’ra, avvalo, 2 ga bo’linadi: 1. Mustaqil (tab’i xud) musammatlar. 2. Tazmin (biror g’azal asosida-zaminida yaratilgan) musammatlar Musammatlar bandlardagi misralarning soniga qarab ham bir necha turga ajratish mumkin: 1. Musallas (ar. uchlik). Har bandi 3 misradan iborat she’r. G’arbda tersina deb ataladi. Qofiyalanishi: a-a-a; b-b-a ; a-b-b, d-e-e… Bizni Turkiston eli dardiga darmon istamas -a Zulmat ichra kechsa umri, mohi tobon istamas, -a Uxlama ko’p, o’zbek eli, asri taraqqiy vaqtida. -b 2.Murabba (ar. To’rtliklik). Har bandi 4 misradan iborat she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a; b-b-b-a … Ba’zan murabba’ning 1- bandi o’zaro to’liq qofiyalanmasligi mumkin: a-a-a-b; d-d-d-b Hamdu sanolar aytay xudog’a -a Yorga yetar kun bormi, yoronlar? -b Yetgaymi dodim nozik adoga, -a Yorga yetar kun bormi, yoronlar? -b Shum toleimdan ko’rdim jafoni, -d Zolim raqiblar ko’rdi vafoni, -d Holim so’r emdi, bergil davoni -d Uorga yetar kun bormi, yoronlar? -b (Mashrab) 3. Muxammas(ar. beshlik). Har bandi 5 misradan iborat she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a; b-b-b-b-a yoki b-b-b-a-a Muxammaslar qanday asoslarda yaratilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi; A) mustaqil muxammaslar (shoirning o’z ta’bi, ilhomi, istagi natijasida paydo bo’ladi.) B) Taxmis muxammaslar (biror shoir g’azaliga taxmis bog’lash) Mashrabning “Va’da qildi bir kelay deb ko’zga uyqu kelmadi” muxammasi A. Navoiyning “Kelmadi” radifli muxammasi ta’sirida yozilgan. Bunda g’azal necha bayt bo’lsa, muxammas ham shuncha band bo’ladi. Dastlabki 3misra shoirga, keyingi 2 misra esa taxmis bog’lanayotgan g’azaldan iborat. Yaxshi vaqtlar yod etib, о'zdin ketib, eldin qolib 1 , - a Harza tifli ashkdek ayni nazarlardin 2 solib, - a Nosara dirham sifatlik rod qilib, qo’lga olib 3 , - a Dustifarsuda, yuzx katib, ayog'larda qolib, - a Ко'hna tig 7 tax-baton g'am zangi tutgan kundiman - b (Turdi Farog'iy) 11 4..Musaddas (ar. oltilik) Har bandi 6 misradan iborat she’r.Qofiyalanishi: a- a-a-a-a-a; b-b-b-b-b-a; yoki b-b-b-b-a-a… Musaddaslar 2 xil bo’ladi: a) mustaqil yaratilgan musaddaslar; b) o’zga shoir tomonidan yaratilgan g’azallarning vazni va qofiyasiga mos yaratilgan musaddaslar. Sayding qo’ya ber, sayyod, sayyora ekan mendek, -a Ol domini bo’ynidin, bechora ekan mendek. -a O’z yorini topmasdan ovora ekan mendek, -a Iqboli nigin, baxshi ham qora ekan mendek, -a Hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek, -a Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek. -a 5. Musabba’ (ar. yettilik). Har bandi 7 misradan iborat she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a; b-b-b-b-b-b-a; yoki b-b-b-b-b-a-a Ul xoliki kunji labi jonona tushubdur, Jon olmoq uchun ko’zlari mastona tushubdur, Hindu bachae mulki Sulaymona tushubdur, Ul chohi zanaxdoniga bir dona tushubdur, Chun Yusufi Kan’onki bu zindona tushubdur, Vah-vah , na go’zalsan, na ajoyib, na qiyomat Vah-vah, na jafo qilsa sanam jonima rohat. 6.Musamman (ar. sakkizlik). Har bandi 8 misradan iborat she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a; b-b-b-b-b-b-b-a; yoki b-b-b-b-b-b-a-a Ey zulfi binafsha, xati rayhon, Javru sitamingda bag’rimiz qon. Xor ilgida chokdir giribon, G’am shoxida bulbuli xush ilhon, Chun to’tiyi rozi shakkariston, Mushtoq labingda derman, ey jon, Or etma asiru mubtalodin, Darding bila tun-kun oshnodin… 7. Mutassa’(yoki mustasne, tasne) (ar. To’qqizlik). Har bandi 9 misradan iborat she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a-a; b-b-b-b-b-b-b-b-a; yoki b-b-b-b-b-b-b- a-a 8. Muashshar yoki mashru (ar. O’nlik). Har bandi 10 misradan iborat she’r. Qofiyalanishi: a-a-a-a-a-a-a-a-a-a; b-b-b-b-b-b-b-b-b-a; yoki b-b-b-b-b-b-b- b-a-a Nodiraning Amir Umarxon vafotiga bag’ishlab yozgan “Firoqnoma” si muashshar shaklida: Ohkim, behad manga javru jafo aylar falak, Furqat ichra qismatim dardu balo aylar falak, Yordin ayru mango ko’p mojaro aylar falak, G’am bila guldek yuzumni qahrabo aylar falak, 12 Bevafodur, oqibat kimga vafo aylar falak, Hasratu dardu alamga mubtalo aylar falak, Yorni albatta yoridin judo aylar falak, Gul bila bulbulni bebargu navo aylar falak, Hech kim yorab jahonda yoridin ayrilmasun, Jondin ortiq mehribon dildoridin ayrilmasun … Musammat yaratilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi: A) Mustaqil musammatlar (tab’I xud) B) G’azal asosida yaratilgan musammatlar (tazmin) Musalsal va murabba’ faqat mustaqil yaratiladi. Muxammas va undan keyingi turlari mustaqil va g’azal asosida yaratilishi mumkin. Murabba’, musaddas, musamman atamalari aruz nazariyasida baytdagi ruknlar soniga nisbatan ham ishlatiladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling