Adabiyot nazariyasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hojib
- Radd-us-sadr ilal-ibtido
19 Hasbu hol - yozuvchi yoki shoirning o'z ahvolini bayon qilishi. Masalan. Mujrim Obid «Arzi ahvol...» asarida o'z hayotini bayon etgan. Boburning quyidagi ruboiysida ham o'z ahvolini bayon etish yaqqol sezilib turibdi: '1'ole' yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi, Ne ishniki ayladim, xatolig' bo 'ldi. О'z yerni qo'yib, Hind sori yuzlandim, Yorab, netayin, ne yuz qarolig' bo'ldi. Husni talil – arabcha “chiroyli dalillash”. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biror sabab ko’rsatish , she’rda biror voqeani unga dahli bo’lmagan boshqa hodisa bilan izohlash. Bu oqshom maxfashim ruxsori oy birla talashibdur, Emas anjum falak ahli ochib ko’zlar qaroshibdur. Jamoling vasfini qildim chamanda Qizardi gul uyatdin anjumanda. (Atoyi) Hojib (ar. Pardali) qofiyadan oldin takrorlanib keluvchi so’z: Kun yuzini aylading mushakkal, Tun ko’zini aylading muhakkal. (Alisher Navoiy) Qaytarish san’ati ( radd-ul-ajuz il as-sadr yoki radd-ul ajuz min-as-sadr) baytdagi mazkur o’rinlardan biridagi so’zning yana boshqa bir o’rinda takrorlanishini nazarda tutadi. Qaytarish san’atida quyidagilarni bilish lozim: Sadr – birinchi misraning boshlanishi. Aruz – birinchi misraning oxiri. Ibtido – ikkinchi misraning boshi. Ajuz (zarb) – ikkinchi misraning oxiri. Hashv – misraning o’rta qismi. Buni quyidagicha ko’rsatish mimkin: SADR HASHV ARUZ IBTIDO HASHV AJUZ Qaytarish san’atining quyidagi turlari mavjud: 1. Radd-us-sadr ilal-ibtido ( bayt boshidagi so’zning ikkinchi misra boshida kelishi) : Husnni to huvaydo qildi xoliq Husn birla vafo bo’lmas muvofiq. (Xorazmiy) 2. Radd-ul-aruz ilal-ibtido ( birinchi misra oxiridagi so’zning keyingi misra boshida kelishi): Ne ravo bo’lg’ay bukim, mehrob ichinda o’lturub, Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling