Adabiyot nazariyasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tazmin – arabcha
shabnam, bulbul so’zlari qo’llanilishi mumkin. Masalan :
Olma yanog’ing ko’rgach men bandi nechun olmay, Bodom ko’zi – fitna, pista dahani – nozuk. Uzun sochingdin uzmasmen ko’ngulni, Ayoqing qanda bo’lsa – boshim anda. Zulfing cheriki jamol mulkin Oldi ko’zing ittifoqi birla. Yuzsiz vayronada qon yig’larman oxirsiz qiling Yor birla bog’-u lolazor ey do’stlar. Tajohul ul orif – bilib bilmaslikka olish. Atoyining Mengiz yo ravzayi rizvonmudur bu? Og’iz yo g’unchayi xandonmudur bu? g’azali boshdan oxiragacha shu san’at bilan ziynatlangan. Tazmin – arabcha –“nazarda tutilgan, asos bo’lgan”, “bir narsani ikkinchi narsa orasiga qoymoq”. O’zga shoir she’ridan bir misra yoki bir bayt olib o’sha vazn, o’sha qofiya va radifda mazmunga muvofiq she’r bitish. Mashrabning “Xoh inon, xoh inonma” g’azali Lutfiyning Sensan sevarim xoh inon, xoh inonma, Qondir jigarim xoh inon , xoh inonma g’azaliga tazmin bog’lagan. Furqat Fuzuliyning “Surmadin ko’zlar qaro, allar xinodin lolarang” misrasini olib tazmin bog’lagan. Tashbih – adabiyotda keng qo’llanadigan she’riy san’at, o’xshatish san’ati deb ham yuritiladi. Tashbih ikki narsani bir-biriga o’xshatish orqali ifodalanadi. Tashbih yuzaga kelishi uchun 4 unsur ishtirok etishi kerak: 1) o’xshatilgan narsa (mushabbah) 2) o’xshatilayotgan narsa (mushabbah bihi) 3) asos (vajhi shabah) 4) vosita 18 1 2 3 4 yuzing go’zallikda gul kabidir O’xshatish vositalari: -dek, -dak, -cha, -voy, -saro, -oso, -vash, -i, -oyin, - simon; kabi, singari, misli, go’yo, yanglig’, xuddi, o’xshab, nechukki so’zlari. Tuyuq - bevosita turkiy adabiyotda shakllangan bo'lib, qat'iy ramali musaddasi maqsur (foilotun, foilotun, foilun) vaznida yoziladigan, to’rt misradan iborat bo'lgan, misra oxirida radiflar omonim so'zlardan iborat bo'lgan she'r. Bu janr so'z o'yiniga tayanadi, u tajnisni qofiya qilib keltirish asosida yaratiladi. «Tuyuq» sof turkcha so'z bo : lib, «yechilmaydigan qilib tuymoq», «chigallashtirmoq» ma'nolarini anglatadi. A. Navoiy tuyuqni «turk shuarosining xossasi» deb ta'kidlagan va o'zining «Mezon ul-avzon» asarida quyidagicha ta'rif bergan: «Birisi tuyug'dirkim, ikki baytqa muqarrardur va sa'y qilurlarkim, tajnis aytilg'ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdir...». Tajnis - jinsdosh (shakldosh), omonim so'zdir. U asosan, qofiya yo radif o'rnida kelgan. Demak, Navoiy qaydiga ko'ra, tuyuqlar asosan, tajnisli bo'ladi. Lekin tajnissizi ham uchraydi. Tajnissiz tuyuqqa misol: Yo'qturur nozingdin ozore manga, Noz agar qilsang manga matlubdir. Xoh ко'rsat lutfu xohi javr qil, Har ne voqe' bo'lsa sendin xo'bdur. (Z.M. Bobur) Bobur tajnisli tuyuqlaming olti xilini ko'rsatadi. Ulardan eng xarakterlilari quyidagilardir: a) 1,2,4-misralarida qofiya sifatida tajnis ishlatilgan tuyuqlar, b) har to'rt misrasida qofiya o'rnida tajnis ishlatilgan tuyuqlar; d) qit'a tuyuqlar (juft misralargina qofiyalanadi va ular tajnis so'zlardan iborat bo'ladi). Turkiy yozma adabiyotda dastlabki tuyuq namunalarini Yusuf Xos Hojib yaratgan. A. Navoiy 13 ta, Bobur 17 ta, Lutfiy 70 ta, Ogahiy 8 ta, Habibiy 9 ta tuyuq yozgan va hok, Qofiyalanishi: a-a-a-a yoki a-a-b-a yoki b-a-d-a. Misollar: Tig'i ishqing yorasidur 1 butmagan 2 - a Dardini har kimga aytib butmagan 3 -a . \\ Hajr sahrosidur ohim o'tidin - b Anda gul yoxud giyohe butmagan 4 -a (A Navoiy) 1 - yara 2 - bitmagan 3 - tugatmagan 4 - unmagan, o'smagan Ко 'zyoshim tuproq ila gar qotila . Kelmagayman javridin, haqqo, tila 2 . G 'amzasi о'ltirdi-yu, ul bexabar. Men agar о'lsam, ne g 'am ul qotila 3 . (Lutfiy) 1 - aralashsa 2 - til ocholmayman 3 – qotilga Charxi kajraftor elindin yoza men', Chiqmadim hijron qishindin yoza men . Bir meni yorliq biki yod etmas ul, Har necha ul shahga qulluq yozamen 3 . 2 - yozgamen 3 - iltijo (jilaman, yalinaman(Lutfiy) Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling