Adabiyot nazariyasi


muvashshah - bu g'azalning tuzilishi muvashshahning ayni o'zini eslatadi. 6. G'azal


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana21.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1217393
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
She\'riy san\'atlar

muvashshah - bu g'azalning tuzilishi muvashshahning ayni o'zini eslatadi. 6. G'azal 
mushoira bu g'azal ikki yoki undan ortiq shoirning dialogi - munozarasi tarzida 
tuziladi. 7. G'azal-zulqofiyatayn - bu kam uchraydigan hodisa bo'lib, bunday 
g'azallarda har bir bayt o'zaro qofiyalanadi: a-a, b-b, d-d, e-e... 8. G'azali zeb qofiya - 
bunda g'azalning barcha baytlari qofiyalangan bo'ladi. Bu ham kam uchraydigan 
hodisadir. Sxemasi: a-a, a-a, a-a, a-a... 9. G'azal-chiston - bu topishmoqning o'zi. 10. 
G'azali nazira (tatabbu', tazmin) - shoirning boshqa bir shoir g'azaliga o'xshatib 
yozilgan g'azalidir. 
Tuzilish jihatidan g'azallar quyidagi turlarga bo'linadi: 
1. Mustaqil baytlardan tuzilgan g'azal - har bir baytida alohida-alohida 
mazmun
уaxlit holda bunday turdagi g’azalning g'oyaviy mundarijasini tashkil etadi. 
Bu g'azal turi ko'p mavzuli bo'ladi. Mustaqil baytlardan tuzilgan g'azallarga bir 
paytlar «parokanda» so'zi adabiy atama sifatida qo'llangan. Bu so'zning lug'aviy 
mazmuniga oid «to'zg'itilgan», «tartibsiz» ma'nolari mustaqil baytlardan tuzilgan 
g'azal xususiyatlariga yotdir. Navoiy o'zidan oldingi g'azalnavislar uslubidagi ayrim 
xususiyatlarni tanqid qiladi. G'azallarning kompozitsion jihatdan parokanda («bir 


22 
bayt mazmuni visol bahorida», «yana biri firoq xazonida») shaklda yaratilishi ulug'
san'atkorni qanoatlantirmaydi. U yakpora g'azal shaklini ma'qul 
ko'rgan. Misol: A. Navoiy «Mehr umidi tutmangiz», «Do'stlar, olam eliga 
yoru hamdam bo 'lmungiz...» va boshq. 
2. Musalsal g'azal - tarkibida lirik voqea, manzara, fikr va kechinma satrlar 
silsilasida darajama-daraja rivojlanish xususiyatiga ega bo'lgan g'azal. 
Bu g'azallarning eng oliy navidir. Misol: A. Navoiy «Ishq o'ti - azal qismati» 
(«Jong'a chun dermen...») va boshq. 
3. Yakpora g'azal - har bir baytining mazmuni o'zidan oldingi va 
keyingi baytlarga izchil bog'langan g'azal. Yakpora g'azalning mazmuni matla'da 
ko'tarilgan bir mavzuni izchil yoritish jarayonida vujudga keladi Misol: A. Navoiy 
«Qaro ko'zum», «Kecha kelgumdir debon...», «Ne navo soz aylagay bulbul 
gulistondin judo», , «Do'stlar, ahli zamondin mehr umidi tutmangiz» va boshq. 
4. Voqeaband g'azal - voqelikning bir bo'lagi ifodalanadi, hamma baytlari 
bir mavzuni yoritishga, bir g'oyaviy mazmunni ilgari surishga qaratilgan bo'ladi. 
Sujetli g'azalga nisbatan «voqeaband» atamasi bilan birga «lirik hikoya», «lirik 
novella» istilohlari ham qo'llaniladi. Voqeaband g'azallar ikki xil: biror voqea 
munosabati bilan yozilgan yoki aniq tarixry voqeaga asoslanmay, oddiy lirik sujet 
zaminiga qurilgan bo'lishi mumkin. Misol: A. Navoiy «Orazin yopqach...» va boshq. 
G'azallar g'oyasi va mavzusiga ko'ra oshiqona, orifona, rindona (harobatiy, 
aysh - ishratdan tiyiranovchi kishi haqidagi), hajviy, yumoristik, axloqiyta'limiy

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling