publitsistik va tabiat tasviriga bag'ishlangan bo'lishi mumkin. G'azallarda ko'pincha
2 ta markaz bo'lgan: biri-lirik qahramonning ahvoii, ikkinchisi - ma'shuqa ta'rifi.
Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashgan.
Sharq mumtoz adabiyotining bu shakli Yevropa adabiyotida ham shunday
shakllar paydo bo'lishiga turtki bo'lgan.
Chiston (fors. «chist on?» (nima u?)) - biror narsa yoki hodisaning o'ziga
xos xususiyatlari, belgilarini ta'riflash orqali o'quvchilarni o'sha narsa yoki hodisani
topishga undaydigan topishmoq – she’r chiston sanaladi. Adabiyotda “lug’z”
(“yashirin ma’noli gap”) nomi bilan ataladi. A.Navoiy 10 ta lug’z yaratgan. Qalam,
tanga, igna, miqroz, о'q, anor, bel, yumurtqa, poki, parvona kabi jism va jonivorlarga
bag'ishlangan bu lug'zlar dastlab «Badoe ul-bidoya» devoniga joylashtirilgan,
keyinchalik esa juz'iy islohlar bilan «Xazoyin ul-maoniy» ning «Badoye' ul-vasat»
devoniga ko'chirilib, «Chistonlar» sarlavhasi bilan berilgan. Navoiyning anorga
bag'ishlangan lug'zi (nazmiy topishmog'i) quyidagicha boshlanadi:
Ne mijmardur, to'la axgar, vale ul mijmar andomi,
Erur sun' ilgidin gohe musaddas, gah musamman ham...
Uvaysiy ham bu janrda barakali ijod qilgan. Uning «Anor» chistoni
quyidagicha;
Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yo 'q nishon, - a
Necha gulgunpo 'sh qizlar manzil aylabdur makon. – a
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar, - b
Yuzlarida parda tortig'liq, turarlar bag'ri qon - a
23
24
Do'stlaringiz bilan baham: |