Adabiyot nazariyasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar
Ishtiqoq (ar. So’zdan so’zni ajratish). She’r baytlarida bir o’zakdan yasalgan, ya’ni o’zakdosh so’zlarning qo’llanishi bu san’atni yuzaga keltiradi: - Ganja-vatan, ko’ngli oning ganjxez Xotiri ganjuru, tili ganjrez. (ganjxez-xazina to’plovchi, ganjur- xazina saqlovchi, ganjrez- xazina to’kuvchi; hammasi ganj so’zidan yasalgan) Ishq, oshiq, ma’shuqa; hukm, hokim, mahkum, mahkama; ilm, olim, muallim; nujum, anjuman, munajjim kabi arabcha so’zlar HO’AT uchun tub so’z hisoblanadi. Ammo badiiy adabiyotda ishtiqoq san’atini yuzaga keltiradi. Iqtibos (ar. Ilm o’zlashtirmoq) She’r baytlarida “Qur’on” oyatlari, payg’ambar hadislari yoki ularning mazmunini keltirish demakdir: - “Al-hayou minal imon” – Rasul aytdi. A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Qur’ondagi “Al asmo min as samo” (ismlar osmondan tushadilar) oyatiga ishora qilingan. Kitobat (Harf san’ati) Bu arab alifbosidagi harflar shaklidan foydalanish san’atidir. Nigoro, bori g’am birla faqiri notovon aylab, “Alif”dek qomatimni “lom - alif” yanglig’ duto qilding. Mumtoz adabiyotda tik qomat odatda alif harfi, egilgan qomat dol, yoy harflari, yorning og’zi mim, yorning zulfi jim, dol, yorning ko’zi sod, yorning qoshi nun, yorning xoli harflardagi nuqtalar orqali ifodalangan. - Ko’rmish qaro soch halqasi ostida mengingkim, “Jim” o’rtasida ul kishikim nuqta solibtur. 6 Laff va nashr (ar. yig’moq, yoymoq) bunda oldin bir necha narsa buyumning nomi ketma-ket sanaladi, so’ng ularning belgilari yoki ularga mos keluvchi boshqa tushunchalar o’sha ketma-ketlikda tilga olinadi: Bu orazu zulfu qadu qomatki seningdur, Rashki sumanu sunbulu ar’ar yetilibsen. (Atoyi) Lirika (yunon. «lira jo'rligida kuylash») - badiiy adabiyotning asosiy turlaridan biri bo'lib, biror hayotiy voqea-hodisa ta'sirida inson qalbida tug'ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg'ular orqali voqelikni aks ettiradi. Obrazlilik, jonlantirish, Istiora kabilar shoirona fikr va she'rni shakllantiruvchi badiiy vositalardir. She'r - ohang jihatidan bir tartibga solingan, his-tuyg'u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She'riy shaklning o'ziga xosligini, ya'ni musiqaviyligi va ohangdorligini ta'minlovchi bir qancha unsurlar bor. Ulardan asosiylari quyidagilar: 1. Misra (ar. «eshikning bir tabaqasi») - bir qator she'r. 2. Bayt (ar. «uy») - ikki misra she'r. 3. Band - she'rning o'ziga xos qofiyalanish tartibiga ega bo'lgan qismi. Bandlar ikkilik, uchlik, to'rtlik, beshlik, oltilik, yettilik va hokazo bo'ladi. 4. Raviy (ar. «yukni tuyaga bog 'laydigan arg 'amchi») - qofiya asosini tashkil etgan, tub so'zlarda o'zak oxirida, yasama so'zlarda esa negiz so'ngida keluvchi cho'ziq unli yoxud undosh harf, ya'ni tirgak tovushdir. Misol: shaydo, paydo, yo qofiyadosh so'zlaridagi «o» unlisi, jonimsan, zabonimsan so'zlaridagi birinchi «n» undoshi, ko'zimdan, yuzimdan, о 'zimdan so'zlaridagi «z» tovushi raviy hisoblanadi. Raviydan keyin turuvchi undosh yoki cho'ziq unli (ba'zan qo'shimcha) vasl deb («ko'zimdan», «yuzimdan», «o'zimdan» so'zlaridagi «im» qo'shimchasi), vasldan keyin turuvchi undosh yoki cho'ziq unli huruj deb, hurajdan keyingi undosh yoki cho'ziq unli mazid deb, maziddan keyingi undosh yoki cho'ziq unli noyira deb yuritiladi. Misol: «savdosittin», so'zidagi «o» tovushi raviy, «ч» - vasl «i» - huruj, «d» - mazid, undan keyingi «i» - nafoz (qisqa unli, eski o'zbek yozuvida yozilmaydi), «n»-noyiru hisoblanadi. 5. Qofiya (ar. «ergashtiruvchi») - ritmik jihatdan uyushgan nutqda, ya'ni she'riy misralarning muayyan bir o'rnida, ko'proq misra so'ngida so'zlarning ohangdosh bo'lib kelishi. Misol: qon,fig'on, osmon va boshq. Raviy bilan tugallangan qofiyalami muqayyad deb, raviydan keyin harflar kelgan qofiyalarni mutlaq qofiya deb atash qabul qilingan. She'riyatda qofiyaning bir necha turlari mavjud: to 'liq (to 'q) va to'liqsiz (och) qofiya, unlilar yoki undoshlar ohangdosh hgiga asoslangan qofiyalar. To 'liq (to 'q) qofiyada qofiyadosh so'zlarning tovush tarkibi to'la mos keladi:«bahorim - dildorim», «so'ralar-mo'ralar», «yuragimgacha - suyagimgacha» va boshq. To 'liqsiz (och) qofiyalarda so'zlarning tovush tarkibi qisman mos keladi: «dahriy- qahridan». «tutun - Alovuddin» singari. 7 Qofiyalaming tartibi degan tushuncha ham bor. U she'r bandidagi misralarning o'zaro qofiyalanish tartibini anglatadi. She'riy asarlarning qay tarzda qofiyalanishi, ko'pincha uning janrini belgilaydi. Qofiyalanish tartibini ko'rsatish uchun alifboning kichik harflaridan foydalanish qabul qilingan. Misol: Andin berikim, qoshimda yorim yo 'qtur, - a Hijronida juz nolayi zorim yo 'qtur. - a Dashl uzra quyun kibi qarorim yo 'qtur, - a Sargashtaligimda ixttyorim yo'qtur. -a (A. Navoiy ruboiysi) 6. Radif (ar. «otning orqasiga ergashib boruvchi», «izma-iz keluvchi») - qofiyadan so'ng butun she'r davomida aynan takrorlanib keluvchi so'zlar va so'z birikmalari. She'rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni ta'kidlash, o'quvchi e'tiborini asosiy g'oyaga jalb etib, shoirning g'oyaviy niyatini o'quvchi qalbiga to'laroq yetkazish maqsadida xizmat qiladigan va aynan takrorlanadigan so'z va so'zlar birikmasi radif deyiladi. Misollar: Ashkima gar kanora yo 'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay, Ohima ham shumora yo 'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay. (Ogahiy) t Yod etmas emish kishini g 'urbatda kishi, Shod etmas emish ко 'ngulni mehnatda kishi. (Z. M. Bobur) 7. Ritm (zarb) - she'riy asarda misralarning bir o'lchovli, bir hajmli bo'lib kelishi, ya'ni bir xil takrorlanuvchi ohangdir. Uning she'riy asarlardagi aniq ko'rinishi yoki she'riy nutqni o'lchaydigan mezon vazn deb ataladi. 8. Hojib (ar. «darvozabon; pardali») - she'rda'qofiyadosh so'zlar orasida aynan takrorlanib keladigan so'z yoxud so'zlar birikmasi. Misol: Biri ulki yuz luft erur zotig'a, Ki «Farhodu Shirin» erur otig 'a. (A. Navoiy, «Xamsa»dan) Litota (Tafrit- mo’tadillikdanpastki holat) (Gr. soddalik)- majoziy iboralardan biri , ifrotga qarama- qarshi tarzda bo’lib, narsa yoki hodisani atayin kichraytirish, zaiflashtirib tasvirlash. - Aning teshasi ollida qaro tog’, Aningdek kim pichoq ollida sari yog’. Bo’yung sarvu sanubardek, beling qil, Vafo qilg’on kishilarga vafo qil. Ul sanamkim suv yaqosinda paridek o’ltirur, G’oyati nozukligidin suv bila yutsa bo’lur. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling