Adabiyot nazariyasi
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
She\'riy san\'atlar
Marsiya- biror mashhur kishining vafoti munosabati bilan g’am-alam va hasratini ifodalagan lirik she’r. M: Xondamir Navoiyning vafotiga quyidagi misralarni bitgan: O’limidan har bir uyga tushti motam, Favti uchun har burchakdan chiqdi fig’on. Temir bo’lsa, tosh bo’lsa ham bag’ri yondi, Bu dahshatli musibatni bilgan hamon. Masallar (ar. Namuna , o’xshashlik , ramzli hikoya) badiiy adabiyotning eng qadimiy janrlaridan bo’lib, ta’limiy-tarbiyaviy mazmunga ega bo’lgan. Qadimgi 8 Yunonistonda masal janrida shuhrat qozongan shoirlardan biri Ezop bo’lib, uning asarlarida achiq kesatiq, piching ustunlik qilar edi. Shu bois keyingi davr adabiyotidagi o’tkir hajv , achchiq kesatiq va pichingga ega bo’lgan asar tiliga nisbatan “Ezop tili” atamasi qo’llanadi.Masalan: 1. “Yovvoyi echkilar”, “Bir cho’pon” masallari yangi va eski do’stlar qadri haqida. 2. “Kiyik bilan tokzor” – kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga yomonlikni sog’insa u albatta Xudoning qahriga yo’liqadi. “Bo’ri va Laylak” – bad’fe’l kishilarning yomonlik qilmagani yaxshilikdir. 3. “Eshak bilan baqa” masali kichkina qiyinchilik uchun cho’kmaslik haqida. 4.”Burgut , zaxcha va cho’pon” – o’zingdan zo’rroqlar bilan bellashma, kulgi bo’lasan. Muhammad Sharif Gulxaniy “Zarbulmasal” asari bilan o’zbek adabiyatida masalchilik rivojiga katta hissa . Muammo (ar. Yashiringan, ko’r qilingan, ma’nosi berkitilgan). Bunda she’r misralari zamirida biror so’z yashiringan bo’ladi, shoir ishoralari asosida kitobxon uni topishi kerak: Muammo 1 yoki 2 baytdan iborat bo’ladi (qofiyalanishi a-a, yoki a-a,b-a) Bu gulshan ichra yo’qdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik birla ot.-Saodat so’zidan ot so’zi chiqarilsa, Sa’d (ism)qoladi Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling